turganga o‘xshaydi (Ya.)
Vositali to‘ldiruvchi o‘z hokim bo‘lagiga bog‘lanib, shu bo‘lak orqali ifodalangan
harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini vositali to‘ldiruvchi bajaradi.
Vositali
to‘ldiruvchilar vositali kelishik shaklidagi so‘zlar va ko‘makchili
konstruksiyalar bilan ifodalanadi hamda ularning so‘roqlariga javob beradi: Kelin kattakon
doka ro‘molga burkangan. (A.Q.)
Vositali to‘ldiruvchilar o‘timsiz fe’llarga bog‘lanib keladi: Men bahorda Qatortolga
borgan edim. (A.Q.)
Aniqlovchi. Predmetning belgisi, qarashligiligini ifoda qiluvchi gap bo‘lagi aniqlovchi
deyiladi.
Aniqlovchilar otga bog‘lanib, aniqlovchi ot aniqlanmish sanaladi. Aniqlovchilar
anglatgan ma’nolariga ko‘ra, sifatlovchi va qaratqichli aniqlovchilarga bo‘linadi.
Sifatlovchi bog‘lanib kelgan bo‘lak sifatlanmish hisoblanadi. Qancha odam kelibdi?
(A.Q.)
Predmetning qarashliligini ko‘rsatib, kimning? nimaning? qaysi? qanday? kabi
so‘roqlarga javob bergan aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi deyiladi. Qaratqich vazifasida
qo‘llanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida, qaralmish egalik shaklida bo‘ladi: tog‘ning
havosi, Navoiyning g‘azali
Izohlovchi predmetga boshqacha nom berish, uni boshqacha atash yo‘li bilan aniqlaydi.
Izohlovchi aniqlab kelgan bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish bitishuv yo‘li
bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo‘lak, asosan, ot bilan
ifodalanadi: To‘xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko‘rdi.(I.R.)
Hol. Hol ikkinchi darajali bo‘laklarning eng murakkabidir. Hol harakat-holatning qanday
holda, qanday vaziyatda, qay usulda, qachon qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart
bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, harakat-o‘olatning bajarilishida sub’ektning qanday
holatda bo‘lishi kabi bir qancha belgilarni ko‘rsatadi; sub’ekt, predikat va ob’ekt munosabatlarini
reallashtiradi, ularning ob’ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi.
Hol boshqaruv va bitishuv yo‘li bilan hokim bo‘lakka ergashadi. Holning boshqarilishi
kelishikli, ko‘makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagida yelpinib dam
oldi. (O.)
Hol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab holi,
maqsad holi, daraja-miqdor holi, shart va to‘siqsizlik holi kabi turlarga bo‘linadi.
Ravish holi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi. (O.)
Payt holi: Jo‘raxon zalni anchagacha tinchitaolmadi. (A.M.)
Maqsad holi: Ular atayin aylanma yo‘ldan yurdilar (A.M.)
Sabab holi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi. (A.M.)
Daraja-miqdor holi: U ikki hovuch tutni og‘ziga tikdi-yu, yana bir hovuch terib,
Do'stlaringiz bilan baham: |