A-72 benzini katalitik jarayonlarning komponentlaridan, asosan katalitik kreking
va platforming benzinlarini aralashtirib tayyorlanadi.
A-76 benzini A-72 benzinini etillab tayyorlanganidir. A-76 benzinini etilsiz qilib
tayyorlanganda uning tarkibi o’zgartirilib ko’proq katalitik kreking (k.k) jarayonida
olingan komponentlar qo’shiladi.
1.1-jadval
Frakstiya
Ai
A
Butan
94
89
Izobutan
101
97
Izopentan
93
90
Pentamilinovaya
90
87
Gazovыy benzin (fr. 33-103
0
S)
89
86
Diizobutilen
100
88
Polimer benzin
100
85
Alkillat
92
90
Alkilbenzin
70-94
88-92
Toluol
115
103
Pirobenzol
102
88
Alkilbenzol
107
100
Izooktan texnich.
100
100
C
5
-C
6
fraksiyasining izomerlash mahsulotlari
81-87
79-85
AI-80 riforming benzini asosida olinadi. Frakstiya tarkibiga quyilgan talablarni
bajarish uchun birlamchi haydalgan benzinni fr.b.q.h.-62
0
S qo’shiladi, alkillash va
izomerizastiya mahsulotlari ham aralashtirilishi mumkin.
AI-80 M-5 riforming benzini asosida olinadi va 5 % methanol qo’shish orqali
tayyorlanadi.
AI-93 platforming benzini asosida olinadi. Frakstiya tarkibiga quyilgan talablarni
bajarish uchun birlamchi haydalgan benzinni fr.b.q.h.-62
0
S qo’shiladi, alkillash va
izomerizastiya mahsulotlari ham aralashtiriladi.
AI-98 ni AI-93 ga etil suyuqligini qo’shib tayyorlash mumkin.
Frakstiya tarkibiga va to’yingan bug’ bosimiga qarab avtomobil benzinlari qishki
va yozgi turlarga bo’linadi. Qishki benzinlar shimoliy va sharqiy viloyatlarda 1
oktyabrdan 1 aprelgacha qo’llaniladi. Bu benzin bilan sovuq dvigatelni -30
0
S da
oldindan qizdirmasdan ishga tushiradi va yoqilg’ini ta’minlash sistemasida +30
0
S bug’
tiqinini (probkasini) hosil qilmaydi. Yozgi benzinni ishlatilganda bug’ tiqini +45,
+50
0
S dan yuqorida hosil bo’ladi, sovuk dvigatelni ishga tushirish esa –10
0
S gacha
bo’ladi. Qishki nav benzinlarni tayyorlashda NQIZavodlarida maxsus past haroratda
qaynaydigan komponentlar (butan-butilen frakstiya, texnik izopentan va h.k.)
qo’llaniladi. Benzin motorni ishga tushirish qobiliyatini oshirishi uchun butan
aralashmasi foydali, lekin bug’ tiqini hosil qilish xavfi bor. Shuning uchun
butanlarning benzindagi miqdori 10 % dan oshmasligi kerak.
Benzinlar quyidagi sifatga ega bo’lishi kerak:
1. Ma’lum frakstiya tarkibiga;
2. Tuyingan bug’ bosimiga;
3. Detonatsiya va kimyoviy barqaror;
4. Qurilmalarga nisbatan korrozion agressivligi past bo’lishi kerak.
Avtomobil benzinlarining kislotali xususiyati 0,1-0,3 mg KON/180 mldan yukori
bo’lmasligi kerak. Benzinlarni saqlash muddatini uzaytirish uchun ularga
antioksidlovchilar (0,05 % - 0,1 %) qo’shiladi. Benzinlarda oltingugurtning umumiy
soni 0,1-0,15 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: