4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar Eng ko’p tarqalgan xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: hujjatlar tizimini
yaratish; maslahatchilik xizmat haqi; xodimlarni ISO 9000 seriya standartlari
tamoyillariga o’rgatish; SMTni joriy etish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash; ishlab
turgan xodimlarning SMTni joriy etishga sarflaydigan vaqtinchalik xarajatlari;
sertifikatsion audit haqi; axborot texnologiyalariga qo’shimcha investitsiyalar (ehtimol,
yangi dasturiy ta’minotni sotib olish uchun). SMTni joriy etish va sertifikatlashga
ketadigan xarajatlarni batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Hujjatlar tizimini yaratish SMTni yaratishda eng ko’p uchraydigan
qiyinchiliklardan biridir
8
. Bu fakt ISO 9000 seriya standartlarining avvalgi tahririga
ko’proq taalluqli bo’lib, unda sifat tizimining 20 ta element bo’yicha muvofiqligini
tasdiqlash kerak edi.
2. Maslahatchilar mehnatidan foydalanish asosan kompaniyada SMTning asosiy
tamoyillarini kiritish bilan bog’liq. Bu shu bilan izohlanadiki, ISO 9000 seriya
standartlarida bu tamoyillarni kiritish usullari namunasi berilmagan va xodimlar
standartlarni tushunish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch keladi
9
.
Standartni to’g’ri tushunmaslik, noto’g’ri talqin qilish tashkilotda sifatni boshqarishga
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
3.
Xodimlarni ISO 9000 standartlariga o’rgatish ko’p xarajatlarni talab qiladi. Bu
masalaga kam e’tibor qaratilsa, xodimlar yoki SMTni joriy etilishiga loqaydlik bilan
qaraydilar, yoki unga hatto to’sqinlik ham qilishlari mumkin. SMTni joriy etilish va
sertifikatlashning muhim qiyinchiliklaridan biri – xodimlarning uyushib ishlamasligi
hisoblanadi.
4.
Hujjatlarni yuritishdan tashqari, SMT talablari va tamoyillarini amalga oshirish
uchun ham qo’shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.
5.
Xodimlarning vaqtinchalik xarajatlari SMTni muvaffaqiyatli joriy qilish va
sertifikatlash uchun zarur to’lovdir. SMT butun korxona faoliyatiga ta’sir etishini
inobatga olib, har bir xodim faoliyat samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini
yaxshilash borasidagi umumiy ishga u yoki bu darajada jalb etiladi.
ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni
vaqtning katta davrini o’z ichiga olishi sababli, mazkur omil sertifikatlashning xarajatli
jihatini ko’rib chiqishda o’ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi dalolat
berishicha, ro’yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi.
6.
Sertifikatsion audit uchun to’lov SMT uchun ISO 9000 sertifikatini olish bilan
bog’liq xarajatlarning eng ko’zga tashlanadigan qismlaridan biri. Uning narxini
belgilovchi asosiy omillar: kompaniya miqyosi; sertifikatlash o’tkazilayotgan mamlakat;
sertifikat beruvchi organning nufuzi hisoblanadi
8
Mezher T., Ramadan H. The costs and benefits of getting ISO 9000 certification in the manufacturing sector in
Saudi Arabia. Quality Assurance. №6 1999. pp. 107-122.
9
Lee-Peng Tan. ISO 9000: The answer for total quality management implementation? The Malaysian case. // Total
Quality Management. Vol.12. №2. 2001. pp. 223-229