13
Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning o’zaro
munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra
ularni ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar
ortib boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil
qilsa, u holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi,
buyurtmachiga montaj qilish va o’rnatish bosqichida – 100 ming so’m, foydalanish
bosqichida u 1 mln. so’mni tashkil qiladi (agar bartaraf etishning iloji bo’lsa).
Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish
xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z
aksini topgan.
Sifatni ilgarigi tushunishga qaytish yuz beradi. Bunday tushunishda mahsulotlar
yoki xizmatlarning 100%i o’rnatilgan talablarga to’liq mos keladi, lekin sifatning
bunday darajasini ta’minlash murakkab xususiyatga ega.
Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari,
talab va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining
raqobat kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga
erishish yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga
erishish strategiyasi umumiylik kasb etib boradi.
2- jadval
Mahsulot hayotining bosqichlari bo’yicha umumiy harajatlarning sifat
darajasini
ta’minlashga ta’siri
Buyum hayotining bosqichi
Umumiy harajatlardagi
ulushi (%)
Bosqichning
umumiy
harajatlarga ta’siri (%)
Tadqiq
qilish
va
ishlab
chiqish
1 – 6
60 – 80
Ishlab chiqarish
40 – 45
5 – 10
Ekspluatatsiyalashgacha olib
borish
5 – 15
20 – 30
Ekspluatatsiya
40 – 54
15 – 25
Masalan, ATT, “Eyvon”, “Korping Glase”, “Deneral Motorz”, “Xьyulett –
Pakkard”, “IBM”, “Polaroid” kabi Amerikaning turli kompaniyalari sifatni boshqarish
sohasida o’zlari uchun yagona bo’lgan o’n asosiy yo’nalishlarni ishlab chiqqanlar:
1. Yuqori pog’onadagi rahbariyatning qiziqishiga erishish.
2. Sifatni yaxshilash bo’yicha boshqaruv kengashini tashkil qilish.
3. Butun boshqaruv jamoasini jalb qilish.
4. Sifatni oshirishda jamoa ishtirokini ta’minlash.
5. Sifatni oshirishda shaxsiy ishtirokni ta’minlash.
6. Tizimlarni takomillashtirish, jarayonlarni tartibga solish guruhini tashkil qilish.
7. Ta’minotchilarni sifat uchun kurashga yanada ko’proq jalb qilish.
8. Boshqaruv tizimlari faoliyatining sifatini oshirish tadbirlari.
9. Ishni yaxshilashning qisqa muddatli rejalari va uzoq muddatli strategiyasi.
10. Xizmatlarni tan olish tizimini yaratish.
Bu yo’nalishlar sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy asoslarining mazmunini
ifodalaydi.