14
II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR VA
ULARNI HISOBLASH
2.1. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va
nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi
iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy
ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot
me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab
chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning
o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib,
tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati
uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida
davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi,
YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish,
taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali
shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor
va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari
muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur
mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor
ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM),
sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD),
ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga
kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi,
15
aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi
ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy
ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa,
davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy
imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun
ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab
chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy
ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab
chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar
ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar)
xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan
mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam,
milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan
daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul
xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi
tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat
xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq
natijasida,
mamlakatlar
o’zining
mazmuniga
ko’ra
ajratib
turuvchi
ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni
milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;
1) Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi
ichki mahsulot.
2) Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.
3) Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad
4) Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga
soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy
daromad.
16
5) Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |