G‘arbda huquqning axloqdan, Sharqda axloqning huquqdan ustuvorligi masalasi
12
kelib chiqqan. Garb yoshlari balogatga yetgach, ota-onaga teng huquqli fuqarolar
sifatida munosabat qiladi, o’zining qarshi fikrlarini to‘ppa- to’g’ri, ota yo
onasining yuziga tik qarab bayon qiladi va buni inson huquqlaridan, shaxs
erkinligidan foydalanish deb biladi.
Sharq yoshlari, masalan, yapon yoki o’zbek ota-onaga tik gapirishni,
to’g’ridan - to’g’ri qarshi chiqishni an‘anaviy axloqiy qoidalarning oyoq osti
qilinishi deb tushunadi, padari yoki volidasi ko’ziga qaramay muloyim, o’z fikrini
tovush ko’tarmay aytishini, ba‘zan esa sukunat saqlashni afzal biladi. Ularga
bo’yso’nishni burch sifatida olib qaraydi. Sharqona etiket odobi, qonun –
qoidalarda insoniylik va mehr-oqibat tuyg’ulari mustahkam ildizga egadir.
Axloq - kishilarning bir–biriga oilaga, vatanga, jamiyatga bo’lgan
munosabatlarida namoyon bo’ladigan hatti – harakatlar yig’indisidir.
Axloq normalari –yaxshilik, yovuzlik, vijdon, sha’n, qadr – qimmat , adolat va
nohaqlik, burch va mas’uliyat, baxt haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq
ravishda jamiyatda o’rnatilgan xulq – atvor qoidalaridir. Axloqiy tushunchalar
o’zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi. Masalan:
Yaxshilik bu– dil ravshanligi va yurak pokizaligini namoyon etuvchi insoniy
fazilat. Yaxshilik ishonch, mehr – oqibat kabi odob–axloq sifatlari balan
chambarchas bog’langan. Yaxshilik hamisha odamlarga yaxshilik qilish, ularning
og’irini engil qilish, vatan mustaqilligi va farovonligi uchun halol mehnat qilish,
o’z ota – onasiga mehr oqibatli bo’lish demakdir.
Vijdon kishining hatti – harakatiga o’zining munosabatini, kishining o’z xulq –
odobi uchun manaviy, qalban mas’uliyat hissini ifodalaydi. Vijdon har bir
insonning qilgan ishlari uchun o’z qalbi oldida xolisona javob berishidir.
Sha’n tushunchasi – shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni belgilovchi va
shaxsiy qadr qimmatni ifoda qiluvchi kategoryadir , har bir insonning avvalo,
yoshlarning ona – vatan, o’z xalqi, prezidenti, ota – onasining or – nomusini
saqlash uchun butun faoliyatini, kerak bo’lsa jonini fido qilishi – uning sha’nini
belgilab beradi.
13
Baxt bu – insonning orzu istaklari, maqsadlariga etishib yashashidir. Baxt har
bir insonning o’zi istaganicha hayot kechirishi demakdir. Lekin hayotda cheksiz
narsa bo’lmaganidek, to’la baxtli bo’lish mumkin emas. Shuning uchun baxt
tushunchasi, juda oliy ne’mat hisoblanadi. Baxtga erishish uchun har bir inson o’zi
kurashishi, halol mehnat qilishi kerak. Har kim o’z hayotini Vatanining,
vatandoshlarining baxtli hayotga erishishi uchun sarflashi zarur.
Adolat - tushunchasi o’zida poklik, to’g’rilik, haqiqat tushunchalarini
mujassamlashtiradi. Insoniyat yaratilgandan beri adolatni qadrlab yashagan.
Adolat bo’lgan joy gullab yashnagan, xalq erkin bo’lgan. Adolatparvarlik
insondagi o’tkir aql, sof mulohaza, toza ko’ngil, oliyjanob va mard ekanligini
ko’rsatuvchi dalildir.
Umuman axloq kategoriyalari inson yurish turishiga baho beradi, uni jamiyatda
mavjud ko’pchilik ma’qullagan hatti harakatlarga boshlaydi.
Demak, axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri, shaxsning manaviy hayot
kechirishi usuli, jamiyat taraqqiyotining manaviy vositalaridan biri. Axloq, axloqiy
ong va axloqiy munosabatni o’z ichiga oladi. Insonning dunyoga va o’z – o’ziga
nisbatan munosabati axloqiy ong sohasida rivojlanadi. Bu munosabat kishilarning
xulq atvori, urf – odatlari, xarakteri, etiqodlariga yaxshilik va yomonlik nuqtai –
nazaridan baho berilishida ifodalaniladi.
Muhabbat va nafrat- axloqshunoslikda juft kategoriya (tushuncha) bo’lib
hisoblanadi. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha bo’lib, barcha asosiy tushuncha va
tamoyillarga
ta‘sir
qiladi.
Muhabbat
me‘yorlar,
an‘analar,
qonunlarga
bo’ysunmaydi. Lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas‘uliyat
yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. Muhabbat – insonni tashqi va transtsendental
olam bilan bog’laydigan, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch.
Muhabbatning obe`kti go’zallikdir. Insonning ona tabiatga, yoriga, ota-onasiga,
Vataniga … bo’lgan muhabbatni… Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zgani o’ziga
aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Muhabbat inson axloqiy
hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Haqiqiy muhabbat g’oyalari yoshlar
tomonidan doimiy axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farhod va Shirin, Romeo
14
va Juletta, Otabek va Kumush va hokazolar. Demak, muhabbatni shaxs
erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning
asosiy omili deyish mumkin. Muhabbat - oliy tuyg’u, shu ma‘noda u oliy
tushuncha. Muhabbatning ziddi-nafrat bo’lib, u ham muhabbat singari keng
qamrovli tushuncha emas.
Nafratning aksi muhabbat tarzda namoyon bo’ladi, obe`ktdan chetlashishni,
undan begonalashishni taqozo qiladi. Xazar, jirkanch hissi nafratning kundalik
turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishdir . Nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U
g’azabga o’xshab, o’z obe`ktini yo’qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. U
muhabbatga zid holda noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli
qo’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin.
Ko’rinishidan nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg’otsa-da, ko’p hollarda u
illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan
dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi mavjud bo’lib, u ijtimoiy hodisa
emas, ko’p hollarda jinsiy munosabat bilan yonma-yon keladi. Muhabbat egasi o’z
sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish
hissi me‘yordan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashkning mohiyati xudbinlikka
borib taqaladi. Ba‘zi hollarda rashk fojiaga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |