Qaldirg`ochbiy maqbarasi
BO` maqbara XV asrning 1- yarmida qurilgan me`morchilik yodgorligi bo`lib, SHayx
Xovandi Taxur maqbarasidan shimolroqda. Maqbarani kim qurganligi va unga kim dafn
qilinganligi noma`lum. Rivoyatga ko`ra, bu erga Qaldirg`ochbiy ismli nufuzli a`yon, boshqa bir
rivoyatda Qaldirg`ochbibi ismli kifchoq malikasi dafn etilgan. Maqbaraga janubiy tomondagi
peshtoqsiz taxmonsimon ravoqdan kiriladi. Xona chortoq bo`lib, to`rt tomonidagi taxmonlar
orasida kichik hujralar va g`ishtdan ishlangan aylanma zina joylashgan. Beshta ravoq gajaklari
pastak, bu uslub Toshkent maqbaralariga xos. Maqbara devorlari to`rtburchak pishiq g`ishtdan
terilgan. Maqbaraning 12 qirrali tashqi gumbazi 1970 yilita`mir qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |