Namangan muhandislik pedagogika instituti


Innovatsion menejmentga ilmiy yondashishlar



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

4.1. Innovatsion menejmentga ilmiy yondashishlar 
  “Boshqaruv” tushunchasi har xil ob’ektlarga ta’sir ko’rsatish sifatida talqin qilinadi, u 
tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega. Boshqaruvning ilmiy 
asoslari bo’yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni boshqarish odamlar jamoalariga 
ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun 
maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining 
inglizcha ma’nosi “menejment” so’zi bilan aks ettiriladi. Menejment mazmuniy nuqtai 
nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mehnat 
sarmoyalar va boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. SHunday 
nuqtai nazar asosida innovatsion menejment – bu innovatsion faoliyat, uning resurslari,  
yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda sotsial – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim 
omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok 
etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir. 
XIX asrning oxirida paydo bo’lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning murakkab 
yo’lini bosib o’tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga birinchi harakatlar 
ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U. Teylor uning asoschisi bo’lgan. 
Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o’rniga ilmiy-texnik va sotsial – texnik va sotsial-
iqtisodiy omillarni murakkab yig’indisini hisobga olishni talab qiluvchi  nazariyalar kelgan. 
Menejmentning keyingi maktablari boshqaruv fikrini evolyutsiyasiga asoslangan. Masalan, 
belgilangan  bosqichda olimlar boshqaruv nazariyasini ikkita: yopiq va ochiq tizimlar va 
menejmentning ratsional va sotsial omillar nuqtai nazarda ko’rib chiqa boshlaganlar. 
Ilmiy – texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyutsiyasi sharoitida 
boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyutsiyasi sodir bo’lgan. Boshqaruv haqidagi 
fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi evolyutsiyasi asosiy bosqichlari 4.1 
– jadvalda berilgan. 
51


  
 
4.1 – jadval 
Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi 
evolyutsiyasi asosiy bosqichlari. 
 
Boshqaruvning 
maktablari va 
yondashishlari 
Vaqtli darv, yil 
+1885 
1920 1930  1940 1950 1960 
Hozirgi 
vaqtda 
Boshqaruvning 
Klassik maktabi 
Hulqiy maktabi 
Ilmiy maktabi 
Jarayonli 
yondashish 
Tizimli 
yondashish 
Yashash davrli 
yondashish 
Miqdoriy 
matematik 
yondashishlar 
Sotsial-
psixologik 
yondashish 
Loyihali 
yondashish 
Marketingli 
yondashish 
 
 
 
 
Ilmiy fan sifatidagi boshqaruv evoliyutsiyasining xususiyati shundan iboratki, u 
boshqaruv fikrining bir necha maktablari asosida rivojlangan, ular ko’pincha mos kelganlar, 
qisman esa bir birlarini to’ldirganlar, takomillashtirganlar. Bu shuning bilan izohlanadiki, 
ham an’anaviy va ham innovatsion menejmentda har xil maktablarning bilimlari va 
usullaridan foydalanilgan, boshqaruv jarayoni esa ham menejmentning nazariy 
kontseptsiyalariga va ham har xil nazariy maktablar va ilmiy yondashishlarga suyangan. 
Bu boshqaruv ob’ektining yuqori murakkabligi va kamroq determinatsiyalanganligi 
(asoslanganligi) bilan izohlanadi. Aslida ilmiy, texnik, texnologik, sotsial va aralash 
tizimlarni muvofiq boshqarishning algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan. 
Menejment fan sifatida sotsiologiya, psixologiya, mantiq, pedagogika, fanshunoslik, 
matematika va kibernetika, har xil texnik va iqtisodiy fanlar usullarining keng turli 
tumanliklaridan foydalanuvchi fanlararo tadqiqotdir. 
Boshqaruv fanining evolyutsiyasi boshqaruvning mazmuni va tamoyillarini boyitish, 
hamda uning vazifalari, usullari va yo’llarini takomillashtirishga asoslanadi. 
Innovatsion menejmentga fan sifatidagi har xil kontseptsiyalar va yondashishlar 4.2 – 
jadvalda berilgan. 
52


  
 
4.2 – jadval. 
Innovatsion menejmentdagi kontseptsiyalar va yondashishlarning tasnifi
5
 
 
Asosiy, bazaviy yondashishlar va 
kontseptsiyalar 
Ularni amalga oshirish shakllari va natijalar 
Klassik maktab 
1.Mehnat taыsimoti tamoyillari. 
2.Maqsad va rahbarlikning umumiyligi. 
3.Hokimiyat va javobgarlik. 
4.Markazlashtirish va markazlashtirmaslikning 
nisbati. 
5.Menejmentning vertikal zanjiri. 
1.Intizom. 
2.Tartib. 
3.Adolat va mukofot. 
4.Samaradorlik. 
5.Kompaniyaning asosiy maqsadiga 
bo’ysunish 
 
Hulqiy maktab 
1.E’tibor markazida insoniy resurs. 
2.Tashkilotni shaxslararo munosabatlarning 
o’ziga xosligini hisobga olish bilan 
shakllantiish. 
3.Xodimlar hulqini ehtiyojlar, 
manfaatlar,boyliklar orqali tartibga solish. 
4.Xodimlarni unvovchi sabablar 
1.Xodimlar salohiyatidan samaraliroq 
foydalanish. 
2.Unumdorlikni oshirish. 
3.Xodimning qanoatlanganligini oshirish. 
4.Mukofotlashlar va rag’batlantirishlarning 
egiluvchan tizimi. 
Ilmiy maktab 
1.Menejmentning faoliyati va vazifalarining 
tahlilidan foydalanish. 
2.Xodimlarni tanlash, o’qitish va joy-joyiga 
qo’yish. 
1.Muvofiq faoliyat yuritish uchun sharoitlar 
yaratish. 
2.Mehnat unumdorligini ko’paytirish. 
 
Jarayonli yondashish 
1.Menejmentni jarayon sifatida tushunish. 
2.Jarayonga ta’sir ko’rsatish omillarining 
tahlili. 
3.Boshqaruv jarayoni o’zaro bog’liq vazifalar 
tizimi sifatida. 
4.Muvofiqlashtiruvchi farmoyish beruvchi va 
nazorat qiluvchi vazifalarning roli. 
 
1.Boshqaruvning egiluvchanlik, uzliksizlik va 
intensivlik. 
2.Boshqaruv vazifalarini ishlab chiqish va 
muvofiqlashtirish. 
3.Boshqaruv usullarining o’zaro bog’liqligi va 
bir birlarini taqazo qilishi. 
4.Boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish. 
Tizimli yondashish 
1.Menejmentni murakkab ierarxik sotsial-
iqtisodiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik tizim 
sifatida ko’rib chiqish. 
2.Tizimning tashqi va ichki muhitining tahlili. 
3.Tizimni boshqaruvchi, boshqariladigan 
ta’minlovchi va xizmat ko’rsatuvchi 
tizimchalarga bo’lish. 
4.Tizimdan ilmiy-texnik va “insoniy” tashkil 
qiluvchilarni ajratish 
5.To’g’ridan to’g’ri, teskari aloqalar, o’zaro 
hamkorlik va bir birlarini  taqazo qilish 
samaralarini hisobga olish. 
6.Kutishlar nazariyasini qo’llash. 
1.Ta’sir qilish yo’llari va usullarining 
mantiqiyligi, menejer vazifalarining 
muvofiqligi. 
2.Tahlil asosida sintetik va asoslangan 
qarorlarni qo’llash. 
3.Boshqaruv qarorlarining samaradorligi, 
ularning natijaviyligini oshirish. 
4.Texnik, sotsial-psixologik, ekonometrik, 
ergonomik va boshqa usullari qo’llanma. 
5.Tashkilotning talablari va maqsadlariga 
epchillik, moslashuvchanlik va uyg’unlik. 
6.Ishdan chuqur qanoatlashish va o’zini o’zi 
aks ettiriish o’zini o’zi amalga oshirishga 
erishish. 
                                                 
5
 «Теп: Управление инновациями:Статистический подход: Гибкие корпоративные стратегии выживания и 
лидерства в новой экономике (на спирале). Котельников В.Ю. – М.: ЭКСМО, 2007 
53


  
 
Yashash davrli yondashish 
1.Tashkilotning yashash davrini sotsial 
organizm sifatida ko’rib chiqish. 
2.Yashash davrlari bosqichlarini o’rganish. 
3.Rivojlanishning keskin nuqtalarini belgilash. 
4.Yashash davrlari asosida bashoratlash va 
rejalashtirish. 
5.O’tish tendentsiyalarini aniqlash. 
 
1.Aniq rejalashtirish, muvofiqlashtirish va 
rahbarlik. 
2.Menejerning xabardorligi va omilkorligini 
oshirish. 
3.Aniqroq va muvofiqroq qarorlar qabul qilish. 
4.Samarali strategiyani ishlab chiqish ehtimoli. 
5.Firmaning rivojlanishini o’sishini 
bashoratlash va har tomonlama rivojlanish va 
yangi bozorlarga bostirib kirish yo’llarini 
topish. 
Miqdoriy matematik yondashishlar 
1.Ekonometrik modellarini qo’llash. 
2.Ishlab chiqarish vazifalari apparatini 
qo’llash. 
3. “Xarajatlar-samaradorlik” usuli bo’yicha 
ko’plik regressiyasi (orqaga qaytish) usullarini 
qo’llash. 
4.Stoxatik (ehtimolli) modellarni qo’llash. 
1. Boshqaruv qarorlarining yuqori aniqligi, 
samaradorligi va sifati. 
2. Firma rivojlanishining ustuvor 
yo’nalishlarini tanlash. 
3.Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy 
samaradorligi hisob-kitoblarining aniqligi. 
4. Natijalarning noaniqligini bartaraf qilish, 
xatarlarni pasaytirish. 
Loyihali yondashish 
1.Innovatsion loyiha turidagi yangiliklarni 
ishlab chiqish, tadbiq etish va tijoratlashtirishni 
tashkil qilish. 
2.Loyihani biznes-rejalashtirish 
 
 
 
3.Loyihaning tahlili. 
 
 
4.Loyihani baholash. 
 
 
 
 
 
5.Innovatsion loyihani moliyalashtirilishini 
tashkil qilish. 
1.Strategik rejalashtirishning alohida turi, 
kerakli ishlab chiqarish-texnik va marketing 
tadbirlarini tanlash. 
2.Yangilik, uning iste’mol va qiymatiy 
ko’rsatkichlarini tadqiqot qilish bo’yicha ko’p 
qadamli tadbirlar. Resursli, texnologik va 
moliyaviy imkoniyatlarni tadqiqot qilish. 
3.Balansli hisobot va pul oqimlarini 
harakatlanishi asosida texnik-iqtisodiy, rejaviy, 
tijorat, ekologik va moliyaviy o’tkazish. 
4.Loyihaning moliyaviy barqarorligi va tijorat 
samaradorligini baholash. O’zini o’zi oqlash 
muddati, daromadlik indeksi, sof 
diskontlashtirilgan daromad va rentabellikning 
ichki me’yorini hisoblash, xatarlarni hisobga 
olish. 
5.Moliyalashtirishga ehtiyojni belgilash, 
manbalarni qidirib topish va loyiha ostidagi pul 
oqimlarini tashkil qilish. 
Marketingli yondashish 
1.Innovatsion firmani marketing strategiyasiga 
qaratish. 
 
 
2.Innovatsion marketingning aniq 
strategiyalari: raqobat afzalligi startegiyasi, 
importni o’rni bosish, xarajatlardagi 
yetakchilik, yangi bozorlarga bostirib kirish va 
h.k.ishlab chiqish. 
3.Yangilikni bozorga kirib borishi 
strategiyasini ishlab chiqish. 
1.Firma, uning tizimchalari va xodimlari 
faoliyatining bo’lajak iste’molchining 
so’rovlarini hisobga olish bilan yangiliklarni 
tijoratlashtirishga yo’naltirish. 
2.Bozorning nomlanish tadqiqoti. Bozor 
holatining tahlili va bashorati. Bozor sig’imi, 
tuzilishi va segmantlarga bo’linishining 
tadqiqoti. Talab, raqiblar hulqi, raqobat turlari 
va shakllarining tadqiqoti va bashorati. 
3.Yangilikni bozorga kirishining maqsadini 
belgilash, varianti va vaqtini tanlash. 
54


  
 
 
 
4.Operativ taktik innovatsion marketing. 
Marketingning turini tanlash. 
 
 
 
 
 
 
5.Marketingning xarajatlari va daromadlarini 
bashoratlash va rejalashtirish. 
Yangilikni joylashtirish tadbirlari va 
bosqichlarini ishlab chiqish. 
4.Yangilikni bozorga kirib borishining aniq 
tadbirlarini ishlab chiqish. Marketinning 
kreativ, konversion, rahbatlantiruvchi va 
boshqa turlari tadbirlari. Sotish kanallarini 
shakllantirish. Reklama kompaniyasi, 
ko’rgazmalar, prezentatsiyalar, sinovli va 
to’g’ridan to’g’ri sotishlar, servisli va kafolatli 
xizmat ko’rsatish va h.k. tashkil qilish. 
5.Yangilikni sotishlar hajmining tahlili va 
bashorati, marketing daromadlarini baholash. 
Daromadlar bo’yicha narxli egiluvchianlikni 
belgilash. Raqiblarning narx siyosatini 
o’rganish. Innovatsiyalarning narx siyosatini 
ishlab chiqish. Marketing xarajatlarining 
tahlili. Yangilikni bozor tomon harakatlantirish 
xarajatlarini shakllantirish. 
 
 
 4.
2 – jadvaldan kelib chiqishiga, innovatsion menejmentga har xil 
kontseptsiyalar va yondashishlarning ahamiyati teng emas. Tizimli, marketingli, yashash 
davrli va loyihaviy yondashishlar strategik va ham operativ innovatsion menejmentda eng 
katta o’rinni egallaydilar. Ular innovatsion boshqaruvning alohida turini shakllantiradilar. 
Sotsial-psixologik va miqdoriy ekonometrik usullar boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, 
bashoratlash va ishlab chiqishda qo’llaniladilar. 
  Jadvalda tizimga keltirilgan ma’lumotlar innovatsion menejmentning quyidagi 
eng xarakterli alomatlarini ajratishga imkon beradi: 
  murakkab ierarxik aralish ilmiy-texnik va sotsial-iqtisodiy tizimlar innovatsion 
menejmentning ob’ekti bo’ladilar; 
  innovatsion menejmentning maqsadga erishish haqidagi har xil tasavvurlarga ega 
turli tuman innovatsion tizimlardan iborat; 
  innovatsion jarayonlar ehtimoli xarakterga egalar va o’zining mohiyati bo’yicha 
kuchsiz determinatsiyalangan (asoslangan)lar; 
  innovatsion jarayonlar ijodiy xarakterga ega; 
  innovatsion tizimlarda innovatsion soha xodim-innovator markaziy sub’ekt 
bo’ladi; 
  novator va innovatsion menejerning innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatidagi 
shaxsini ta’sir ko’rsatishning eng yangi usullarini qo’llashni talab qiluvchi murakkab sotsial 
tizim sifatida ko’rib chiqish kerak; 
  innovatsion faoliyatning natijaviyligini oshirish uchun egiluvchan, moslashuvchi 
ma’naviy-ahloqiy va shaxsiy yondashishlardan foydalanish kerak. 
 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish