4.3. Yangiliklar yashash davri kontseptsiyasining mohiyati
Jahon va mamlakatimiz texnik – iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli
tendentsiyalarni tadqiqot qilish shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotlar tuzilmalarining
o’zgarishlari va olg’a siljishlari va xalqaro mehnat taqsimot bilan birga bo’luvchi qayta
ishlab chiqarish jarayonlarining dinamikasi ilmiy – texnik taraqqiyot va innovatsion
o’zgarishlar bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq iqtisodiyotning davriy tebranishlariga bog’liqdir.
Xuddi innovatsion rivojlanishning davriy kontseptsiyasi ilmiy-texnik taraqqiyotni bir
tomondan ishlab chiqarish takomillashtirishning muhim yo’li sifatida tushunishga olib
keladi.
6
Innovatsion jarayonlar, mahsulotlar va tizimlarning yashash davrlari kontseptsiyasi
asosida ishla chiqarishning barcha jarayonlari va bosqichlarini vaqtli, resursli va tashkiliy
sinxronlashtirish mumkin. Innovatsion jarayonlarni darajalar bo’yicha va bosqichma
bosqich o’rganish uchun mahalliy, vaqtda bo’lingan axborotlar xarakterlidir, shuning bilan
bir vaqtda yashash davrali yondashish yangiliklarni yaratish va o’zlashtirish jarayonini
dinamik sinxronlashtirilgan tizim sifatida ko’rib chiqadi.
Innovatsion faoliyat bitta mantiqiy zanjirga birlashtirilgan bir qator tadbirlardan
tashkil topadi. Bu zanjirning har bir bo’g’ini (innovatsion davraning) har bir bosqichi
rivojlanishning o’zining mantiqiga bo’ysunadi, o’zining qonuniyatlari va xususiyatlariga
ega. Ilmiy izlanishlar, tajriba – konstruktorlik va texnologik ishlamalar, investitsion –
moliyaviy, marketing tadbirlari, ishlab chiqarish quvvatlari va tashkiliy tuzilmalar birga
birlashgan holda bitta asosiy maqsad – yangilikni yaratishga bo’ysunadi.
Marketing tadqiqotlari bag’rida vujudga kelgan tovarlar, talab va texnologiyalarning
yashash davralari qisqa vaqt ichida iqtisodiy ob’ektlar, jarayonlar va tizimlarni o’rganishda
ustuvor holatni egallaganlar. Misol uchun, tashkilotlar, sanoat ishlab chiqarishi sohalari,
texnik buyumlar, qurilish konstruktsiyalari, mashinalar va mexanizmlar yashash davralari
kontseptsiyasi ancha rivojlanganlar.
Innovatsion faoliyatni o’rganish uchun yangi tovar, yangi texnika va texnologiyalar,
hamda ochiq tizimlar sifatidagi innovatsion tashkilotlarning yashash davralari eng katta
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy ob’ektlar sifatidagi texnologiyalarning evolyutsiyasi va o’zgarishni o’z
ichiga oluvchi katta texnologik tizimlar kontseptsiyasi yashash davralarining unumdorroq
zamonaviy g’oyasi bo’ladi. Masalan, katta texnologik tizimlarning yashash davralarini
tadqiqot qilish ham an’anaviy ham yangi texnologik paradigmalar (namunalar) doirasida
rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar avlodlarining nazariyasiga olib keladi.
Texnologik tizimlarni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha: bazaviy texnolgiyalarni
takomillashtirish va tubdan yangilarni yaratish bilan amalga oshiriladi. Texnologiyalarni
yaxshilanishi va modernizatsiyalanishi, ularni yetuklik bosqichiga o’tishi va bozorni ushbu
tovarlar bilan to’ldirilganligi sari eski pragdama doirasidagi bundan keyingi texnologik
rivojlanish foydasiz bo’lib qoladi, sotishlar hajmi va foyda pasayadi. Vujudga kelgan
texnologik tartib doirasida tubdan yangi qarorlar, “yorib o’tuvchi” texnologiyalar vujudga
keladilar, bu yangi texnologik tartiblar, ishlab chiqarishlar, sohalarga asos soladi.
Barcha iqtisodiy ob’ektlar, jarayonlar va tizimlarning yashash davrasi bir xildagi
nazariy bazaga ega: har qanday yashash davrasi yaratilishdan boshlanadi, o’sish, yetuklik,
so’nish va tanazzul bosqichlarini o’tadi.
Tovarning namunaviy yashash davrasi 1 - rasmda berilgan. Innovatsion
menejmentning ko’p sonli ob’ektlari: innovatsion korxonalar, yangi texnika va texnologiya,
6
А.М. Мухамедияров “Инновационный менеджмент”-М.: Инфра-М., 2008
60
yangi tovarlar va xizmatlar yashash davrasining xuddi shunday dinamikasi tuzilishiga
egalar.
Bosqich
Tovarning
sotishlar
hajmi
vaqt
Do'stlaringiz bilan baham: |