1.3. Innovatsion menejmentning maqsadlari
Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi,
an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq.
Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma,
korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat
oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi
hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki
ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan
strategik maqsadlari tizimi 1.2. – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan
maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali
foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va
sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va
litsenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar
belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam
holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish
asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor
tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni
26
faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish
imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va
o’zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o’zgartirishga
o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi,
boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
1.3 rasm. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari tizimi
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, ITTKI,
xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi bilan bog’liqdir.
Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy mezonlar
bo’yicha o’tkaziladi:
darajasi (strategik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o’rtacha muddatli, qisqa muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing,
menejment);
tashkilotning mavjud bo’lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o’sish,
balog’atga yetish, pasayish va mavjud bo’lish davrasini tugallanishi).
Davlat – siyosiy maqsadlar: ishlab chiqarishni o’sishi, byudjetga soliq, nafaqa va
boshqa to’lovlar
Iqtisodiy maqsadlar:
Foydalar va sotishlar
hajmini ko’paytirish
Sotsial maqsadlar:
jamiyat ehtiyojlarini
qanoatlantirish
Tashkilot
Huquqiy maqsadlar:
qonunga rioya qilish va
ijro intizomi
Ilmiy – texnologik
maqsadlar:
yangicha yondashishlar
va usullarni topish,
yangiliklarni yaratish
Ekologik maqsadlar:
chiqindilar va atrof
muhitga chiqarishlarni
kamaytirish
Bozor maqsadlari:
hulqning faol
strategiyasi yangi
segmentlar va
bozorlarni o’zlashtirish
27
Katta tashkilotlarda, qoidaga ko’ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish
mumkin. Bu holda maqsadlarning ierarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi bo’g’in
maqsadlari yuo’orida turuvchining maqsadlariga bo’ysunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |