O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi
Ushbu o’quv mashg’ulotini tayyorlashda o’qituvchining roli
quyidagilardan iborat: loyiha topshirig’ini ishlab chiqish;
talabalarga ma’lumotlarni izlashda yordam berish; o’zi
axborot manbai bo’lishi; butun jarayonni muvofiqlashtiri;
ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish;
uzluksiz qayta aloqani amalga oshirish; maslahat berish.
Ushbu o’quv mashg’ulotida guruhlar o’z faoliyatining
natijalari to’g’risida ma’ruza qilishadi va uni belgilangan
shaklda taqdim etishadi (loyihaviy faoliyatning
natijalarini, hamda loyiha maxsulotini tasviriy va og’zaki
taqdimot ko’rinishida).
O’qituvchi guruhlarning o’zaro baholanishini
tashkillashtiradi va loyiha ishtirokchining faoliyatini
baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |