Namangan muhandislik pedagogika instituti


ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari
asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o’quv 
vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, bilish, 
tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida 
uni referat, xisobot shakliga keltira bilish; qo’yilgan talablarga muvofiq o’z matnini tuza 
olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharx qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga 
oshirishda faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, 
taxlillash va qiyoslashga, o’rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va 
boshqalar) o’rtasidagi aloqalar va o’zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual 
xarita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda 
muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan ESSE va o’quv 
loyihasi bajarilishi to’g’risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi; 
192


 
taqdimot ko’nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o’quv topshirig’ini bajarilishi 
natijalari bo’yicha, talaba o’qituvchi va boshqa talabalar bilan o’zini ishonchli tuta oladi va 
har xil vositalardan foydalanish ko’nikmasini egallaydi;  
kommunikativ ko’nikmalar: o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’quv munosabatlarini 
yarata olish xususiyati, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga 
qo’shilish, mohiyati bo’yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya 
qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish ko’nikmasini 
egallaydi; 
 hamkorlikdagi ishlash ko’nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo’lish – 
o’quv toshirig’ini bajarish bo’yicha qo’shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy 
masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o’zaro aloqada bo’lish; 
muammoli holatlarni tahlil qilish ko’nikmalari, o’quv vazifasini yechish, g’oyalarni 
generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o’z 
navbatida talabaning muammoli ma’ruza, tahlilda va o’quv holatlarini (Keys stadi) hal 
etishda faol ishtirokini ta’minlaydi. 
ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy 
kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olishning amaliy ko’nikmalari: 
mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, 
o’quv loyihalari va boshqalar).    
Mustaqil ta’limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod 
axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to’g’ri baho berish, ushbu axborotdan 
o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo’lga kiritilgan 
axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish amaliy faoliyatida zarur 
bo’ladigan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlaydi. 
Mustaqil ta’limning muhim metodlaridan biri talabalarning o’zaro muloqatidir. Mustaqil 
ta’limning pirovard maqsadi talabalarning ijodiy izlanishiga, o’z ustida ishlashga, xar 
tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir. 
Mustaqil ishning o’ziga xosligi shundaki, o’quv faoliyatining bu qismi talabalarning 
mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o’qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, 
o’quv rejada semestrlar bo’yicha belgilangan soatlar hajmiga ko’ra amalga oshiriladi. 
Xususan, bakalavriat bosqichi 
5230200 – Menejment (ishlab chiqarish) 
ta’lim yo’nalishi uchun 
“Innovatsion menejment” fani bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy hajmi o’quv rejada 6 
semestr uchun 44 soat, 6 semestr uchun 70 soat miqdorida belgilangan.  

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish