Ta’limning kompyuter texnologiyasi - kompyuter texnikasi, kommunikatsiya
vositalari, shuningdek, axborotlarni ifodalash, uzatish va yig‘ish, bilish faoliyatini
nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchining vazifalarini
modellashtiruvchi interaktiv dasturiy mahsulotlar asosida pedagogik sharotini
yaratishning metod, shakl va vositalari majmui.
Teleanjuman – turli geografik joyllashtirilgan ikki va ko‘proq foydalanuvchilar
guruhlarini o‘qitish maqsadida tv-texnologiyalari orqali axborotlar almashinish
shakli.
Tizim (system) - yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro
bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |