Sun’iy intellekt (artifical intelligence) - inson intellektining ba’zi xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar majmausi.
Tasvir –o‘quvchilar tomonidan ko‘rish orqali qabul qilishga mo‘ljallangan axborot
shakli.
Ta’lim jarayonini masofaviy o‘qitish texnologiyasi – zamonaviy axborot va
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘quv jarayonini masofadan turib
ta’minlaydigan o‘qitish usuli va vositalari hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish
majmui.
175
Ta’lim maqsadi – tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish,
faollik va mustaqillikni rivojlantirish, butun dunyoqarashni shakllantirish va
rivojlantirish.