Kirish
Ushbu ishning maqsadi AAO ning metall nanostrukturalarni shakllantirishda shablon sifatida
qo‘llanilishini tavsiflash va ushbu sohada ilmiy tadqiqotchilar tomonidan olingan tajriba natijalarini taqdim
etishdir. Hozirgi vaqtda tabiatda keng tarqalgan metallar texnologiya va ishlab chiqarish sohasida muhim
rol o‘ynaydi. Ularning kimyoviy va fizik makroskopik xususiyatlari, masalan, boshqa moddalar bilan
reaksiyasi, rangining o‘zgarishi va mexanik xususiyatlari og‘ir metallardan sezilarli darajada farq qiladi.
So‘nggi o‘n yillikda olib borilgan ilmiy izlanishlar va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida ishlab
chiqarish sanoatida tabiatda keng tarqalgan metallar tarkibidagi materiallardan samarali foydalanish va
joriy etishga olib keldi.
Qattiq nanozarrachalar - bu turg'un bo'lmagan termodinamik holat tizimidir hisoblanadi, shuning
uchun bunday shaklda qimmatbaho metallar ham tabiatda uchramaydi.
Tabiatda keng tarqalgan metallarning asosiy xususiyatlari Romanovskiy [1] monografiyasida
tavsiflangan. Ilmiy jamoa metall nanozarrachalarini o‘z ichiga olgan sistemalar amaliyotda qiziqarli
ekanligini ta’kidlashdi, chunki ularning sintezi va kimyoviy modifikatsiyasi jarayoni oddiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |