2 1
!
kor, o‘zining fashistlar qo‘lidan osonlikcha qutula olmasligini,
aziz umri mana shu tutqunlikda xazon bo‘lishi ehtimolini o‘y-
lamasligi mumkin emas edi.
Qolaversa, dushman ham o‘z chan-
galida oddiy odam emas, balki fashizm
kirdikorlarining tub mo-
hiyatini teran anglaydigan, agar qamoqxonadan
tirik chiqib ketsa,
bu yerda ko‘rgan-kechirganlarini dunyo afkor ommasiga oshkor
qilishi mumkin bo‘lgan qalami o‘tkir
ijodkor turganini yaxshi bi-
lardi. Shu tufayli ham fashistlar shoirni xufiyona o‘ldirishni
maqsad qilgan edilar. Ularning bu niyatini ichdan his qilgan
Musa Jalil o‘limni
mardonavor qarshi oladi, uning qoshida tiz
cho‘kmaydi. Garchi o‘zining jonsiz
vujudi tuproqqa qorishib
ketsa-da, misralar aro uning o‘lmas ruhini o‘zida mujassam
etgan she’r-u dostonlari mudom tirik bo‘lishini bashorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: