Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi


 Mehnatning xarakteri va ishlab chiqarish jarayoni turlari



Download 101,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.07.2021
Hajmi101,78 Kb.
#118590
1   2   3
Bog'liq
Ma'ruza matni

2. Mehnatning xarakteri va ishlab chiqarish jarayoni turlari 

Ishlab chiqarish jarayonining strukturasini o‘rganish uchun jarayon 

qanchalik  oqilona  loyihalanganini,  uning  tarkibi  va  tarkibiy  qismlari 

texnologik va tashkiliy jihatdan bir-biriga uyg‘unligini aniqlash kerak. 

Mehnatni  normalash  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga 

oshiradigan mehnatning xarakteri asosiy rol o‘ynaydi. Bu jihatdan ishlab 

chiqarish  jarayonlari:  qo‘lda  bajariladigan  mehnat  jarayoniga,  qo‘lda 

bajariladigan  mexanizatsiyalashgan  jarayoniga,  avtomatlashtirilgan 

jarayonlarga bo‘linadi. 

Qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoni deganda, ayrim yoki bir guruh 

(brigada) ishchilarning bevosita odam a’zolari yordamida yoki odamning 

o‘z energiyasi hisobiga ishlatiladigan oddiy qo‘l mehnati qurollari (kurak, 

bolg‘a, arra va h.k.) yordamida yoki bularsiz ishlab chiqarish jarayonini 

amalga  oshirishi  tushuniladi.  Masalan,  qolip  quyish,  tayyor  mahsulotni 

idishlar (taralar)ga joylash, detalni egovlash, paxta, sabzovatlarni yig‘ib-

terish  kabilar  qo‘lda  bajariladigan  mehnat  jarayoniga  kiradi.  Qo‘lda 

bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan jarayon deganda, biron energiya 

turi  hisobiga  ishlatiladigan  oddiy  mehnat  qurollari  yordamida  qo‘lda 

bajariladigan jarayon (elektr parmada parmalash kabi) tushuniladi. 

Mashina mexanizmlari yordamida (apparatlardagi issiqlik energiyasi, 

elektr  energiyasi  yoki  kimyoviy  energiya  hisobiga)  texnologik  ta’sir 

etiladigan, yordamchi ishlar esa qo‘lda bajariladigan (yarim fabrikatlarni 

to‘ldirish,  uzilgan  iplarni  ulash  kabi)  jarayon,  mashina  (apparatura) 

jarayoni  deb  ataladi.  Yigiruv,  to‘quv  ishlab  chiqarishidagi  (qo‘lda 




tekislashdan  tashqari)  hamma  jarayonlar  (xom  surpni  qozonlarda 

qaynatish va h.k.) mashina jarayonlariga kiradi. 

Avtomatlashtirilgan  ishlab  chiqarish  jarayoni  mashinalashgan 

jarayondan  shu  bilan  farqlanadiki,  unda  mashinaning  o‘zi  avtomatik 

suratda harakat qiladi, xodim esa uning avtomatik ishlashini faol kuzatib 

boradi. Bunga avtomat jihozlar, robotlar, avtomat to‘qimachilik jihozlari 

va h.k.lar misol bo‘la oladi. 

Ishlab chiqarish jarayonining yuqorida ko‘rsatilgan tartibda turlarga 

bo‘linishi  faqatgina  xodmlar  mehnatini  tashkil  etishdagina  emas,  balki 

xodimlarni  mehnatining  turlari  bo‘yicha  statistik  taqsimlashda,  mehnat 

jarayonini  mexanizatsiyalash  va  uni  tashkil  etishni  takomillashtirishda 

ham  katta  rol  o‘ynaydi  hamda  ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish)ni 

kompleks  mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish  hisobiga  mehnat 

samaradorligini yanada o‘stirish yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlarining  vaqt-vaqti  bilan  takrorlanib  turishi 

ularning  asosiy  qismi  bo‘lgan  texnologik  jarayon  qanchalik  davom 

etishiga  bog‘liq.  Shunga  qarab,  ishlab  chiqarish  jarayonlari  to‘xtab 

ishlaydigan  (bu,  o‘z  navbatida,  siklli  va  davriy  jarayonga  bo‘linadi)  va 

to‘xtovsiz ishlaydigan jarayonlarga bo‘linadi.  

Siklli  jarayonlarda  ishlab  chiqarish  jarayoni  dam  to‘xtab,  dam 

takrorlanib  turadi,  davriy  jarayonlarda  esa  bir  siklning  boshidan  to 

oxirigacha  u  qadar  to‘xtalish  bo‘lmaydi,  shuning  uchun  bu  yerda 

jarayonning uzoq davom etishi bilan o‘lchanadigan to‘xtalishni siklli deb 

ayta olmaymiz. 

Siklli  to‘xtab  ishlaydigan  jarayonlarga  asosan  mexanik  jarayonlar, 

davriy to‘xtab ishlaydigan jarayonlarga avtomatik jarayonlar, to‘xtovsiz 

ishlab  chiqarish  jarayoniga  apparaturalarning  ishlashi  kiradi.  Bunda 

issiqlik  energiyasi  yoki  yana  boshqa  turdagi  energiyalar,  kimyoviy 

moddalar ta’siri ostida ishlov berilayotgan mehnat predmetining jismiy-

kimyoviy xususiyatlarida to‘xtovsiz o‘zgarishlar yuz berib turadi. 

To‘xtovsiz  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  texnologik  omil  sifatida 

davriylik alomatlari bo‘lmaydi, chunki ish jarayonining to‘xtab - to‘xtab 

davom etishi va qaytalashi texnologik jihatdan qancha davom etishi bilan 

belgilanmasdan,  balki  bir  ta’mirlash  bilan  ikkinchi  ta’mirlash  o‘rtasida 

jihozlarning  ishlash  muddati  bilan  yoki  turli  tashkiliy  -  texnikaviy 

sabablarga  ko‘ra  ishlanadigan  xom  ashyoning  berilmay  qolishi  bilan 

belgilanadi. 

Har bir ishlab chiqarish jarayonida ishlov berish (qayta ishlash) sikli 

bo‘ladi.  Bu  sikl  ishlov  beriladigan  har  bir  mahsulot  birligiga  ketgan 



vaqtdir.  Jarayon  qanchalik  avtomatlashtirilgan  bo‘lsa,  undagi  sikllilik 

shuncha  kamayadi.  Bunda  ijrochining  mashinani  rostlash,  texnologik 

jarayonning borishini kuzatib turish, ish joyiga xizmat ko‘rsatishga doir 

yordamchi  ishlar  bilan  shug‘ullanish,  ish  joyini  joriy  ta’mirlash  kabi 

vazifalari  ko‘payadi.  Aksincha,  ishlab  chiqarish  jarayoni  qancha  kam 

avtomatlashtirilgan bo‘lsa va uzoq davom etsa, sikllilik shuncha ortadi, 

ishchining operativ vazifalari shuncha ko‘payadi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlari  asosiy  va  yordamchi  ishlab  chiqarish 

jarayonlariga bo‘linadi. 

Asosiy  ishlab  chiqarish  jarayonlari  shunday  jarayonki,  ularning 

yordamida xom ashyolar, yarimfabrikatlar, materiallar tayyor mahsulotga 

aylanadi.  To‘qimachilik  korxonalarida  bunday  jarayonlarga  surplarni 

to‘qish,  arqonlarni  yigirish,  to‘qilgan  surplarni  qozonlarda  qaynatish, 

ularni bo‘yash va h.k.lar misol bo‘ladi. 

Yordamchi  ishlab  chiqarish  jarayoni  esa,  asosiy  ishlab  chiqarish 

jarayoni to‘xtovsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi (davom etishi) uchun 

kerakli  sharoit  yaratib  beradi.  Bunga  korxonaning  o‘zi  uchun  elektr 

energiya,  bug‘,  issiq  suv,  ehtiyot  qismlar  ishlab  chiqarish,  jihozlarni, 

asbob-uskunalarni  ta’mirlash,  xom  ashyolarni,  tayyor  mahsulotlarni 

omborxonada saqlash kabilar misol bo‘la oladi. 

 


Download 101,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish