Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti. Dehkan farming economy


Dehqоn хo‘jaligining iqtisоdiy negizi. Хo‘jalikdagi mulkiy



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/387
Sana14.07.2021
Hajmi4,52 Mb.
#118535
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   387
Bog'liq
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti

4.4. Dehqоn хo‘jaligining iqtisоdiy negizi. Хo‘jalikdagi mulkiy 

munоsabatlar 

 

Dehqon xo‘jaligi oila a’zolarining birgalikdagi mehnatiga asos-

lanadi va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaradi. Dehqon xo‘jaligi 

o‘z mahsulotini bozorga olib chiqib yoki o‘z oilasini oziq-ovqat 

mahsulotlari bilan ta’minlab turib ham davlatga, ham jamiyatga juda 

katta foyda keltiradi. Endilikda dehqon xo‘jaligida ishlayotgan barcha 

oila a’zolarining mehnat faoliyati ish stajiga qo‘shiladi. Hatto keyin-

chalik nafaqa olish huquqi ham qonunlashtiriladi. Bu tadbir orqali 

ularning moddiy manfaati kafolatlanadi.  

Davlat esa bosh islohotchi sifatida dehqon xo‘jaliklari bilan 

iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar orqali o‘z manfaatini ko‘zda tutadi. Chunki 

turli yig‘imlar, soliqlar orqali davlatning ham manfaatini ikki yoqlama 

ko‘rish mumkin. Davlat rag‘batlantiruvchi, islohotlarni amalga 

oshiruvchi, ham soliqlar orqali «aylanma oborot» da ishtirok etuvchidir.  

Dehqon xo‘jaliklarining tashkil etilishi, ularning faoliyati va 

tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar 1998-yilda qabul 

qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni, «Yer Kodeksi» va 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 

300-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy 

yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish tartibi»ga 

muvofiq amalga oshirilib, tartibga solib turiladi. Dehqon xo‘jaliklari 

a’zolari, ya’ni birga yashayotgan va faoliyat yuritayotgan oila boshlig‘i, 

uning xotini yoki eri, bolalari, shuningdek, farzandlikka olingan bolalari 

yoki tarbiya qilishga olgan bolalari, uning ota – onalari, shu bilan birga 

mehnatga qobiliyatli boshqa qarindoshlari ham yuqoridagi qonun 

hujjatlari asosida faoliyat yuritishadi.  

Dehqon xo‘jaligi, umuman boshqa turdagi mustaqil xo‘jalik 

yurituvchi subyektlar faoliyatida huquqiy va jismoniy shaxslar bilan 

munosabatlar xo‘jalik nomidan uning boshlig‘i orqali amalga oshiriladi. 

Shu sababdan ham Qonunda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i kim bo‘lishi 

alohida ta’kidlangan. Qonunning moddalarida aytilganidek, tomorqa yer 

uchastkasiga ega oilaning boshlig‘i yoki oilaning muomala layoqatiga 

ega a’zolaridan biri dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin va u 

huquqiy yoki jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda 

dehqon xo‘jaligi nomidan faoliyat ko‘rsatadi. Agar dehqon xo‘jaligi 

boshlig‘i mehnat qobiliyatini yo‘qotsa, undan tashqari uzoq vaqt 




 

87

xo‘jalikda bo‘lmagan taqdirda, u o‘zining majburiyatlarini bajarish 



vakolatini xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir. Agar dehqon 

xo‘jaligi boshlig‘i vafot etsa, unda tomorqa yer uchastkasiga egalik 

qilish huquqini xo‘jalik a’zolari o‘zaro kelishgan holda, dehqon 

xo‘jaligining faoliyatini davom ettirishni xohlagan xo‘jalik a’zolaridan 

biriga o‘tkazadi.  

Dehqon xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali 

mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga kеng jаlb etish orqali ishlab chiqarish 

kuchlaridan  оqilоnа foydalanishga erishish ham shu аsоsda eng kаm 

sаrf-xarаjаt birligi evaziga mahsulot yetishtirishni hаr tоmоnlаmа 

ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli 

foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini 

qоndirishga hissа qo‘shish, o‘zi joylаshgan hududlarning ijtimoiy 

rivojlanishini ta’minlashda ishtirоk etish kаbi bir qator vazifаlarni 

yеchishda hamda dehqon xo‘jaliklari o‘z hissаlarini qo‘shishlari lоzim.  

Dehqon xo‘jaliklarida asosiy turdagi ekin turlarining hosildorligi 

respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan  1,2-1,5 marta yuqoriligi 

diqqatga sazovordir. Paxta va g‘allani hisobga olmasak (bu ekin turlari 

bo‘yicha fermer xo‘jaliklari yaxshi ko‘rsatkichga ega), boshqa ekin 

turlari bo‘yicha yuqori hosildorlikka erishilgan. Xususan, kartoshka 

bo‘yicha 2005–2013-yillar mobaynida 2,3 barobar, sabzavot ekinlari 

bo‘yicha hosildorlik 1,25 marta, poliz, meva-sabzavot bo‘yicha hosil-

dorlik 1,4 barobar oshgan. Bunday ko‘rsatkichga erishilishiga asosiy 

sabab, dehqon xo‘jaliklari haqiqiy mulk egasi bo‘lib, egalik hissining va 

o‘z yeri, yetishtirayotgan mahsulotiga ishonchining ortib borishi deb 

o‘ylaymiz.  

Qashqadaryo viloyatida ham dehqon xo‘jaliklari samarali faoliyat 

yuritmoqda, buni quyidagi 4.4.1-jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rish 

mumkin. 


4.4.1-jadvalda biz Qashqadaryo viloyatining 2011–2014-yillarda 

kichik biznes korxonalarining o‘zgarish ko‘rsatkichlarini keltirdik. 

Bunda fermer xo‘jaliklari soni 2012–2014-yillarda 7139 tani, yuridik 

maqomga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining soni esa 28329 tani 

tashkil etgan.   



 

88

4.4.1-jadval  




Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish