Aholining pul daromadlari – bu aholining barcha pul mablag‘lari
tushumi: pensiya, stipendiya, nafaqa; mulkdan foiz, dividend, renta, aksiya,
qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, chorva mollari, tomorqa
mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan, turli
xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan pul tushumlaridir.
Aholining real daromadlari – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib,
aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va
xizmatlar miqdori, ya’ni, aholi ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvati.
Do'stlaringiz bilan baham: |