Asosiy tarmoq – dehqon va fermer xo‘jaliklarining jami tovar
mahsulotida yoki yalpi mahsulotida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan, uning
maqsad va vazifalarini ifodolovchi hamda ixtisoslashishini belgilovchi
tarmoq.
Almashlab ekish – ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali
tartibda navbati bilan almashib turilishi.
Asosiy ish haqi – agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo‘jalik
talablariga ko‘ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini
bajarganligi uchun oldindan belgilab qo‘yilgan stavka yoki rassenka, lavozim
okladi uchun to‘lanadigan ish haqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |