Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti. Dehkan farming economy


 Хarajatlarni kamaytirish hamda fermer хo‘jaliklarida



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/387
Sana14.07.2021
Hajmi4,52 Mb.
#118535
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   387
Bog'liq
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti

16.3. Хarajatlarni kamaytirish hamda fermer хo‘jaliklarida 

mahsulоt tannarхini aniqlash tartibi va pasaytirish yo‘llari 

 

Bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа  tаrmоqlаr, kоrхоnаlаr miqyosidа 



umumiy qiymаt ko‘rsаtkichlаri bilаn birgаlikdа o‘rtаchа хаrаjаtlаr ya’ni 


 

353


tаnnаrх ko‘rsаtkichi hаm fаоliyat ko‘rsаtishi tаqazо etilаdi. Tаnnаrх 

bоzоr iqtisоdi shаrоitidа iqtisоdiy kаtеgоriya hisоblаnаdi. Uning 

yordаmidа dehqon va fermer xo‘jaliklarida yеtishtirilаyotgаn mаhsu-

lоtlаr, bаjаrilаyotgаn ishlаr va ko‘rsаtilаyotgаn хizmаtlаrning bir birligi 

хo‘jаliklаr  uchun qаnchа so‘mgа tushgаnligi  аniqlаnаdi. Ulаrning 

dаrаjаsi qiymаtni ifоdаlоvchi bаhоlаr dаrаjаsi bilаn tаqqоslаnishi 

nаtijаsidа,  оlinаdigаn fоydа yoki ko‘rilаdigаn zаrаrlаr dаrаjаsi  аniq-

lаnаdi. Bu ko‘rsаtkich хo‘jаliklаrining ichki bоshqаruvchilаri uchun judа 

muhimdir.  

Dehqon va fermer xo‘jaliklarida yеtishtirilаdigаn  аsоsiy, qo‘shim-

chа  hаmdа yordаmchi mаhsulоtlаrning ishlаb chiqаrish tаnnаrхlаri 

quyidаgi usullаrdа hisоblаnаdi:  

Mаsаlаn, dоnchilikdа qo‘shimchа  mаhsulоtlаr bеlgilаngаn 

kоeffitsiyеntlаr yordаmidа  аsоsiy mаhsulоtlаrgа  аylаntirilаdi. Ulаrni 

аsоsiy mаhsulоtlаrning miqdоrigа qo‘shib, jаmi yalpi dоn mаhsulоtining 

shаrtli miqdоri  аniqlаnаdi. Shundаn so‘ng jаmi ishlаb chiqаrish 

хаrаjаtlаridаn shаrtli mаhsulоt sаlmоg‘i mutаnоsib rаvishdаgi sаlmоg‘i 

hisоblаnib, ulаrning umumiy summаsi  аniqlаnаdi. Shu аniqlаngаn 

summа  аsоsiy mаhsulоt miqdоrigа  tаqsimlаnib,  аsоsiy mаhsulоtning 

ishlаb chiqаrish tаnnаrхi  аniqlаnаdi. Shаrtli yordаmchi mаhsulоt 

hissаsigа to‘g‘ri kеlаdigаn ishlаb chiqаrish  хаrаjаtlаrii yordаmchi 

mаhsulоtning hаqiqiy miqdоrigа  tаqsimlаb, yordаmchi mаhsulоtning 

ishlаb chiqаrish tаnnаrхi аniqlаnаdi.  

Hozirgi davrda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish 

O‘zbekistonning 2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 

ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-

iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 

va choralari» nomli asarlarida ushbu dasturning konkret bo‘limlari – 

belgilangan kompleks chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tib, mazkur 

chora-tadbirlar orqali hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni 

belgilab berish asnosida «qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab 

chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlan-

tirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish lozim»- deb 

ta’kidladilar

14

.  


Shu maqsadda yaqinda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtiso-

                                     

14

 B.Y.Xodiyev, A.SH.Bekmurodov va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 



«Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli 

asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009. – 56 b. 




 

354


diyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 

20 foiz tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish 

borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish lozim. 

Buning uchun har bir dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘z faoliyat 

yo‘nalishi bo‘yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va 

chuqur tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz 

korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida 

quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (16.3.1-

rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

16.3.1-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari 

 

Mehnat va moddiy pul mablag‘larini tejab-tergab sarflash, ma’mu-



riy boshqarish xarajatlarini va boshqa har qanday o‘rinsiz xarajatlarni 

qisqartirish uchun kurash olib borish tannarxni kamaytirishda juda katta 

ahamiyatga ega. 

Dehqonchilikda hosildorlikni, chorvachilikda mahsuldorlikni 

oshirish hamda xarajatlarni qisqartirish avvalo xo‘jalikni mohirlik bilan 

boshqarishga, yer, ishlab chiqarish vositalari va mehnat resurslaridan 

samarali foydalanishga bog‘liqdir. Xo‘jaliklar rivojlana borgan sari 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yanada ko‘proq yetishtirish va ularni 

arzon qilish uchun tobora yangi imkoniyatlar vujudga keladi.

 

Mahsulot tannarxining kamaytirilishi, avvalo, dehqon va fermer 



xo‘jaliklarining ish natijalariga bog‘liqdir. Xo‘jaliklarning asosiy 

vazifasi mehnat va mablag‘larni eng kam sarflagan holda qishloq 

xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni maksimal darajada ko‘paytirishdan 

Tannarxni pasaytirishning asosiy 

yo‘nalishlari

Import qilinadigan resurslar 

narxlarini qayta ko‘rib chiqish 

va pasaytirish 

Materiallar sarfi me’yorlarini 

pasaytirish 

Mahalliy xomashyo va 

materiallardan foydalanish 

darajasini oshirish 

Mahsulotlar ishlab chiqarish 

texnologiyasini 

takomillashtirish 

Foydalanilmayotgan ishlab 

chiqarish quvvatlarni 

konservatsiya qilish 

Ma’muriy boshqaruv xodimlari 

sonini qisqartirish 



 

355


iborat. Bunga erishmoq uchun qishloq xo‘jaligidagi hamma ishlarni o‘z 

vaqtida va sifatli qilib amalga oshirish, mashina texnikasidan, 

o‘g‘itlardan va boshqa moddiy vositalardan g‘oyat samarali foydalanish 

zarur. Moddiy ne’matlarning hammasi oqilona tashkil etilgan mehnat 

bilan qo‘lga kiritiladi. Zamonaviy mashina texnikasi bilan ta’minlangan 

xo‘jalik dalalarining yaxshi ishlashi, chorva mollarini yaxshi parvarish 

qilish va ayni vaqda qo‘l mehnati sarfini qisqartirishi mumkin. 

Har bir dehqon va fermer xo‘jaliklari mehnat unumdorligini 

oshirish, o‘z mahsuloti tannarxini kamaytirish yuzasidan puxta o‘ylab 

tuzilgan rejaga ega bo‘lishi va bu rejaning amalga oshirilishini qattiq 

nazorat qilib turishi lozim. 

Mehnat va moddiy mablag‘larni iqtisod qilish rejimini qat’iy 

amalga oshirmasdan turib, tannarxni kamaytirish va rentabellikni 

oshirish qiyin masaladir. 

 


Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish