Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. Ularga barcha turdagi
kreditlar bo‘yicha, mol-mulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
kiradi.
Favqulotda yuz beradigan hodisa, voqealarni qoplash bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Ularga xo‘jaliklarning odatdagi faoliyatidan
chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga
keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar kiradi.
Masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, zararkunandalarni ko‘payishi,
qurg‘oqchilik, suv tanqisligi xarajatlarini ma’lum miqdorda qoplash
xarajati. Chunki ular asosan davlat va mahalliy budjet hisobidan
qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |