10. «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturini
amalga oshirishda 2009-yilda qishloq joylarda uy-joy, ijtimoiy va
kommunal obyеktlarni barpo etish uchun barcha mablag‘lar
hisobidan:
A) 3,0 trillion so‘m pul mablag‘i sarflandi;
B) 1,5 trillion so‘m;
C) 2,2 trillion so‘m;
D) 2,6 trillion so‘m.
343
XVI bob. DEHQОN VA FERMER ХO‘JALIKLARIDA ХARAJATLAR,
ULARNING TARKIBI VA KAMAYTIRISH YO‘LLARI
O‘quv maqsadi: xo‘jaliklarda mahsulot yetishtirish uchun
sarflanadigan xarajatlar, ularning tarkib, turkumlanishi, o‘rtacha
xarajatlar, ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx va mahsulot
tannarxini pasaytirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |