Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

III

Yo‘qsillar mulki

Har  qanday  fitnalardan  xoli  yuradigan 

shafqatli kyure qishloq aholisi uchun Xu doning 

marhamati.



Fleri.

Shuni aytib o‘tish kerakki, bu yerdagi tog‘larning hayotbaxsh 

musaffo havosi tufayli sihat-salomatligi g‘oyat yaxshi bo‘lgan sakson 

yoshli qariya, Verrer kyuresi qamoqxona, kasalxona va, hatto, ye-

timxonaga istagan paytda kirish huquqiga ega edi. Parijda kyurening 

nomiga tavsiyanoma yozdirib olgan janob Apper ushbu sinchkov 

shaharchaga ertalab roppa-rosa oltida yetib kelib juda aqlli ish qildi. 

U darhol ruhoniyning uyiga bordi.

Fransiya peri va shu muzofotdagi zamindorlar orasida eng ba-

davlati markiz de lya Molning maktubini o‘qir ekan, kyure Shelan 

chuqur o‘yga toldi.

«Men keksa bir odamman, boz ustiga, bu yerda meni yaxshi ko‘ri-

shadi, – dedi u nihoyat o‘ziga o‘zi ohista, – ular jur’at etishmaydi». 

So‘ng u parijlik mehmon tomon o‘girildi va ko‘zlarida keksaligiga 

qaramay, tavakkal bilan bo‘lsa-da, olijanob ish qilayotganidan qu-

vonayotganini ko‘rsatuvchi ajib bir yolqin yilt etib dedi:

– Mayli, yuring, afandim. Lekin bir iltimosim bor: ko‘rajak narsala-

rimiz haqida qamoqxona qorovuli va, ayniqsa, yetimxona nazoratchi-

lari oldida miq etib og‘iz ochmasligingiz lozim.

Janob Apper keksa kyurening naqadar mard odam ekanini 

tushundi, u muhtaram ruhoniy bilan birgalikda qamoqxona, kasal-

xona va yetimxonani aylanib chiqdi, ko‘plab savollar berdi, biroq 




18

javoblarning g‘alati eshitilishiga qaramay, bir og‘iz ham ta’nali so‘z 

aytmadi.

Bu ko‘rik bir necha soat davom etdi. Ruhoniy janob Apperni tush-

lik qilish uchun uyiga taklif etgan edi, biroq mehmon, hali bir talay xat 

yozishim kerak, degan bahonada unikiga borishdan bosh tortdi, – u 

olijanob hamrohining obro‘siga ortiq putur yetkazishni istamasdi. 

Soat uchlarda ko‘rikni tugatish uchun ular yetimxonaga borishdi-da, 

so‘ng yana qamoqxonaga qaytishdi. Eshik oldida ularni qamoqxona 

qorovuli – barzangi maymoq qarshi oldi: uning razil basharasi qo‘rquv 

zo‘ridan battar jirkanch bo‘lib ketgandi.

– Taqsir, – dedi u kyureni ko‘rgan zahoti, – siz bilan birga kelgan 

ushbu zot janob Apper emasmilar mabodo?

– Shunday bo‘lsa nima qilibdi? – dedi kyure.

– Axir bu xususda kecha qat’iy buyruq olganman, – janob prefekt-

ning ushbu buyrug‘ini olib kelgan jandarm tuni bilan ot choptirib 

kelibdi. – O‘sha buyruqda, janob Apper qamoqxonaga mutlaqo kiri-

tilmasin, deyilgan.

– Sizga shuni aytishim mumkinki, janob Nuaru, – dedi kyure, – 

men bilan kelgan ushbu mehmon chindan ham janob Apper bo‘ladilar. 

Qamoqxonaga istagan paytimda kirish va istagan odamni boshlab 

kelishga haqim borligidan xabaringiz bo‘lsa kerak, har qalay.

– Shundaylikka shunday-ku-ya, janob kyure, – deb javob qildi 

qorovul tovushini pasaytirib va xuddi tayoq o‘qtalib buyruqni bajar-

ishga majbur etishayotgan itdek boshini quyi soldi. – Ammo, janob 

kyure, mening xotinim, bola-chaqam bor. Mabodo ustimdan shikoyat 

tushsa, meni ishdan quvishadi, unda holimiz nima kechadi, axir bo-

la-chaqamni shu yerdan oladigan maosh bilan boqaman.

– Men ham qavmdan mahrum bo‘lishni aslo istamasdim, – deb 

javob qildi sofdil kyure, hayajondan tovushi titrab.

– Sizning yo‘lingiz boshqa! – dedi jonlanib qorovul. – Sizning 

sakkiz yuz livr rentangiz va bir parcha bo‘lsa ham o‘z yeringiz bor, 

janob kyure. Buni hamma biladi.

Bu voqea haqida bichib-to‘qib og‘izdan-og‘izga o‘tgan va mubo-

lag‘ali tafsilotlar bilan boyitilgan turli-tuman mishmishlar so‘nggi ikki 

kun davomida Verrer shaharchasini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborgandi. 

Xuddi ana shu voqea hozir janob de Renalning rafiqasi bilan xiyol araz-

lashib qolishiga ham sabab bo‘ldi. Ertalab janob de Renal yetimxona 

direktori janob Valeno bilan birgalikda o‘zining qattiq norozi ekani-



19

ni izhor etmoq uchun kyurening huzuriga bordi. Janob Shelanning 

bironta ham homiysi yo‘q edi; keksa ruhoniy bu suhbatning oqibati 

yomon bo‘lishi mumkinligini his etdi.

– Nimayam derdim, janoblar, chamasi, sakson yoshga kirganda 

bu o‘lkada xizmatdan chetlashtirilgan uchinchi ruhoniy bo‘ladiganga 

o‘xshayman. Bu yerga kelganimga ellik olti yil bo‘libdi. Men ilk bor 

qadam qo‘yganimda hali qishloq bo‘lgan bu shaharchaning deyarli 

barcha aholisini o‘zim cho‘qintirganman. Har kuni yosh kelin-ku-

yovlarni nikohlab qo‘yaman. Bir vaqtlar esa ularning bobolari bilan 

buvilarini nikohlagan edim. Verrer mening oilam bo‘lib qolgan, biroq 

uni tark etishdan qo‘rqish meni vijdonimga xilof ish qilishga majbur 

eta olmaydi. O‘sha mehmonni ko‘rgan zahotim men o‘zimga o‘zim: 

«Ehtimol bu parijlik janob chindan ham liberaldir, – hozir ular juda 

ko‘payib ketishgan, – ammo u bizning mahbuslarimiz va yetimlari-

mizga nima ham yomonlik qilishi mumkin?» – degan savolni berdim. 

Biroq janob de Renal va, ayniqsa, yetimxona direktori janob Valeno 

aytayotgan ta’nalar borgan sayin haqoratli tus ola boshladi.

– Mayli, janoblar, qavmni mendan tortib oling, – dedi mo‘ysafid 

kyure tovushi qaltirab. – Men baribir bu yerlarni tark etmayman. Bun-

dan qirq sakkiz yil muqaddam menga bir parcha yer meros qolganini 

hamma biladi. O‘sha yerdan yiliga sakkiz yuz livr daromad olaman. 

Xuddi ana shu pulga yashayveraman. Sizga ochig‘ini aytsam, janoblar, 

xizmat haqimdan sira ham pul jamg‘argan emasman. Ehtimol, shu 

boisdan bo‘lsa kerak, ishdan bo‘shatishlaridan sira ham qo‘rqmayman.

Janob de Renal rafiqasi bilan juda ahil yashardi, biroq xonim 

jur’atsizlik bilan: «O‘sha parijlik janob bizning mahbuslarga nima ham 

yomonlik qilardi?» – deb savolini takrorlaganida u nima deb javob 

qilishini bilmay zardasi qaynagan edi, shu payt de Renal xonim birdan 

qichqirib yubordi. Uning ikkinchi o‘g‘li panjara ustiga sakrab chiqib, 

garchi devor narigi yoqdagi uzumzordan uch-to‘rt odam bo‘yi baland 

bo‘lsa-da, uning ustidan yugura boshlagan edi. Bola cho‘chib ketsa 

yiqilib tushishidan qo‘rqqan de Renal xonim uni chaqirishga jur’at 

etmadi. Nihoyat, bolakay o‘zining jasurligidan gul-gul ochilib, onasi 

tomon o‘girildi-yu, uning oppoq oqarib ketganini ko‘rib, panjaradan 

sakrab tushdi-da, uning oldiga yugurib keldi. Bolani yaxshilab koyishdi.

Bu voqea er-xotinni mavzuni o‘zgartirishga majbur etdi.

– Men anovi arrakashning o‘g‘li Sorelni uyimizga olishga jazm 

etdim, – dedi janob de Renal, – u bolalarimizga qarab yuradi, bo‘lmasa 



20

zumrashalar juda haddilaridan oshib ketishyapti. Bu talaba yigit de-

yarli ruhoniy emish; u lotin tilini juda yaxshi biladi va bolalarimizni 

o‘qishga majbur etadi, kyurening aytishicha, yigitcha juda talabchan 

emish. Men unga uch yuz frank maosh belgilayman-da, ovqatini 

ko‘taraman. Uning xulq-atvoridan biroz shubhalangan edim. Axir u 

Faxriy Legion ordenining kavaleri anovi tabib cholning erkatoyi edi-

da. O‘sha chol qandaydir qarindoshligini bahona qilib, Sorellarnikiga 

kelgandi-yu, o‘sha-o‘sha ularnikida boqim bo‘lib qolgan edi. Ehtimol, 

bu odam aslida liberallarning maxfiy agenti bo‘lgandir, chol bu yer-

ning musaffo havosi ziqqinafas kasaliga davo ekanini bahona qilardi, 

ammo kim bilsin? U Buonaparte  bilan Italiya kampaniyalarining 

barida qatnashgan, ammo aytishlaricha, hatto imperiya uchun saylov 

bo‘lganida ham «yo‘q» deb javob yozgan ekan. O‘sha liberal Sorelning 

o‘g‘lini o‘qitibdi va unga o‘zi bilan kelgan bir talay kitoblarni meros 

qoldiribdi. Men duradgor Sorelning o‘g‘lini bolalarimga tarbiyachi 

qilib olishni xayolimga ham keltirmagandim, albatta. Biroq kyure bilan 

butunlay yuzko‘rmas bo‘lishimga sabab bo‘lgan o‘sha voqeadan bir 

kun avval u menga Sorelning o‘g‘li uch yildan buyon ilohiyotdan saboq 

olayotgani va seminariyaga kirmoqchi ekanini aytgan edi. Demak, bu 

yigitcha liberal emas, buning ustiga lotin tilini biladi.

– Ammo bu o‘rinda yana ba’zi bir mulohazalar bor, – deb davom 

etadi janob de Renal rafiqasiga ma’nodor nazar tashlar ekan. – Janob 

Valeno karetasiga qo‘shish uchun bir juft ajoyib normand otlarini 

xa rid qilganidan juda gerdayib yuribdi. Lekin bolalarining guverneri 

yo‘q.


– U hali o‘sha Sorelni o‘ziga og‘dirib olishi ham mumkin.

– Demak, rejamni ma’qullaysan, – dedi darhol janob de Renal hozir 

aytgan ajoyib fikri uchun xotiniga qarab minnatdorlik bilan jilmayar 

ekan. – Bo‘pti, kelishdik.

– Eh, azizim, hamma ishni darrov hal qilib qo‘ya qolasan-a.

– Chunki men shunaqa irodali odamman. Endi anovi kyuremiz 

ham bunga ishonch hosil qiladi. O‘zimizni aldashdan foyda yo‘q – te-

varak-atrofimizda liberallar to‘lib yotibdi. Manavi barcha manufak-

turachilar meni ko‘risha olmaydi, bunga ishonchim komil, ulardan 

ikki-uchtasining hamyoni ancha qappayib qolgan. Shuning uchun 

ham ular janob de Renalning bolalari guverner nazoratida sayr qilib 

yurishini bir ko‘rib qo‘yganlari ma’qul. Shundan keyin biroz popuk-

lari pasayib qoladi. Mening bobom bolaliklarida doim guvernerlari 



21

bo‘lganini bizga tez-tez hikoya qilib berardilar. Tarbiyachi menga 

taxminan yuz ekyuga tushadi, lekin nachora, bizning mavqeimizni 

nazarda tutganda bu xarajat obro‘ni saqlash uchun kerak.

Qo‘qqisdan qabul qilingan bu qaror de Renal xonimni o‘ylatib 

qo‘ydi. Baland bo‘yli, qaddi-qomati kelishgan de Renal xonim bir vaqtlar 

butun viloyatda eng sohibjamol ayol hisoblanardi. Uning butun qiyo-

fasida, o‘zini tutishida qandaydir yosh qizlarga xos soddadillik sezilib 

turardi. Bu sodda nazokat, ehtimol, biror parijlikni pinhoniy ehtirosi 

bilan o‘ziga maftun etishi mumkin edi. Biroq de Renal xonim o‘zining 

shunday taassurot qoldirishi mumkinligini bilganida uyalganidan yer 

yorilib, yerga kirib ketgudek bo‘lardi. Uning qalbi har qanday tannozlik 

va munofiqlikdan butunlay xoli edi. Aytishlariga qaraganda, yetimxona 

direktori, katta mulk egasi janob Valeno uning ko‘nglini olishga ancha 

urinibdi-yu, biroq hech nimaning uddasidan chiqa olmabdi. Shundan 

so‘ng de Renal xonimning xushxulq ayol sifatidagi shuhrati yanada 

oshib ketdi, chunki janob Valeno ayni kuchga to‘lgan, norg‘ul, ikki yuzi 

qip-qizil va bakenbardlari qop-qora kishi bo‘lib, viloyatda «kelishgan 

erkak» deb atalgan dag‘al, behayo va shang‘i odamlar toifasidan edi. 

Tabiatan g‘oyat tortinchoq de Renal xonimning kayfiyati sal narsaga 

o‘zgarib turgani boisidan janob Valenoning doimo hovliqib yurishi va 

shang‘illab gapirishi uning zardasini qaynatardi. Xonim Verrerda ko‘ngil 

ochish deb atalgan narsalardan o‘zini olib qochib yurishi tufayli sha-

hardagi g‘iybatchilar, u o‘z nasl-nasabi bilan kekkayadi, deb gap tarqa-

tishdi. Bu narsa uning xayoliga ham kelmagan edi, biroq shaharliklar 

uning uyiga kamroq keladigan bo‘lishganida xonim juda xursand 

bo‘ldi. Bu yerlik xonimchalar uni tentakroq deb hisoblashlarini ham 

yashirmay qo‘y qolaylik, chunki de Renal xonim eriga siyosat qila olmas 

va unga Parij yoki Bezansondan bashang shlyapa xarid qildirishning 

o‘rni kelib qolganda ham imkoniyatni qo‘ldan boy berardi. Unga faqat 

ajoyib bog‘larida sayr qilishiga xalal berishmasa bo‘lgani edi, bundan 

ortig‘ini u iltimos qilmasdi ham.

De Renal xonim quvlik-shumlikni bilmasdi: eri haqida hukm yu-

ritish u yoqda tursin, u bilan kechayotgan hayotining zerikarli bo‘lishi 

mumkinligini u xayoliga ham keltirmasdi. Uning fikricha, – darvoqe, 

bu haqda u uncha bosh qotirib ham o‘tirmasdi, – er-xotin o‘rtasida 

bundan boshqacha nazokatliroq munosabatning o‘zi bo‘lishi mumkin 

emasdi. Xonim janob de Renalni u o‘z o‘g‘illarining kelajagi haqidagi 

rejalarini hikoya qilganida ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Janob de Renal 



22

esa o‘g‘illaridan birini harbiy, ikkinchisini amaldor, uchinchisini esa 

ruhoniy qilib yetishtirish niyatida edi. Umuman, xonim janob de Re-

nalni uylariga qadam ranjida qiladigan barcha erkaklarga qaraganda 

xushchaqchaqroq deb hisoblardi.

Bu  xotin  kishining  o‘z  eri  haqidagi  oqilona  fikri  edi.  Verrer 

shahrining meri amakisidan meros qolgan besh-o‘nta latifa tufayli 

tili o‘tkir va, ayniqsa, odobli odam sifatida obro‘ qozongan edi. 

Keksa kapitan de Renal revolyutsiyaga qadar gersog Orleanskiy 

oliy hazratlarining piyodalar polkida xizmat qilgan bo‘lib, Parijga 

borgan kezlari valiahd shahzodaning uyiga kirib turish imtiyoziga 

ega edi. O‘sha yerda u de Montesson xonim, mashhur de Janlis xonim 

va Pale-Royalning ixtirochisi janob Dyukrelarni ko‘rish sharafiga 

muyassar bo‘lgandi. Ushbu zotlarning bari janob de Renal aytadi-

gan latifalarda doim tilga olinardi. Ammo bora-bora xiyla nozik va 

hozirgi kunda ko‘pchilikning xotirasidan ko‘tarilgan tafsilotlarni 

pardali qilib aytish uning uchun ancha mushkul ish bo‘lib qoldi va 

shu boisdan janob mer gersog Orleanskiy hayotiga taalluqli lati-

falarni alohida tantanali yig‘inlardagina tilga oladigan bo‘ldi. Boz 

ustiga, o‘rtaga pul aralashmagan paytlarda g‘oyat nazokatli kishi 

bo‘lgani tufayli janob de Renal adolatli ravishda Verrerning eng 

katta asilzodasi hisoblanardi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish