Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

IV

Ota va o‘g‘il

E sarâ mia so1pa, se cosi è?



Machiavelli.

3

«Yo‘q, rafiqam chindan ham aqlli, – derdi o‘ziga-o‘zi Verrer meri 

ertasiga ertalab soat oltida keksa Sorelning ustaxonasi tomon tushib 

borar ekan. – Garchi o‘z ustunligimni ko‘rsatib qo‘yish uchun bu haqda 

o‘zim gap ochgan bo‘lsam-da, aytishlariga ko‘ra, lotin tilini suv qilib 

ichib yuborgan bu mullavachcha Sorelni yetimxona direktori, anovi 

tinib-tinchimas Valeno ilib ketishi mumkinligini hatto xayolimga ham 

3

 Aslida o‘zi shunday bo‘lgach, menda nima ayb?.. 



 

     Makiavelli.




23

keltirmagan edim. O‘z bolalarining guverneri haqida-ku, u rosa og‘iz 

ko‘pirtirardi-ya, albatta. Xo‘sh, o‘sha guvernerni yolladim ham deylik, 

nima, uyimda rido kiyib yuradimi?»

Janob de Renal bu xususda bir qarorga kelolmay ikkilanib bo-

rar ekan, shu payt uzoqda Du daryosining sohilida, bozor tomon 

boradigan yo‘lning shundoq ustida terib qo‘yilgan yo‘g‘on xodalarni 

o‘lchayotgan norg‘ul dehqonga ko‘zi tushdi. Yaqinlashib kelayotgan 

merni ko‘rib dehqon, chamasi, uncha xursand bo‘lmadi, chunki 

yo‘g‘on xodalar yo‘lni to‘sib qo‘ygan bo‘lib, ularning bu yerda yotishi 

qonunga xilof edi.

Keksa Sorel, – haligi dehqon o‘shaning xuddi o‘zginasi edi, – o‘g‘li 

Jyulen haqidagi janob de Renalning taklifini eshitib ham g‘oyatda ajab-

landi, ham quvonib ketdi. Biroq u janob merning gaplarini qovog‘ini 

solib, g‘oyat norozi va loqayd bir qiyofada tingladiki, bu yerning 

tog‘larida tug‘ilib-o‘sgan odamlar o‘z quvliklarini shu yo‘sinda yashi-

rar edilar. Ispanlar asorati davrida qul bo‘lgan bu odamlar hanuzgacha 

Misr fallohining ushbu xususiyatini o‘zlarida saqlab kelardilar.

Keksa Sorel avvaliga janob merning hurmatini joyiga qo‘yib, 

o‘zi yoddan biladigan uzundan-uzoq olqish so‘zlari bilan javob 

berdi. U basharasidagi makrli va, hatto, quv ifodani yanada ko‘proq 

tasdiqlovchi bir iljayish bilan hech qanday ma’no anglatmaydigan 

ushbu so‘zlarni ming‘illab aytar ekan, puxta, aqlli keksa dehqon nima 

sababdan shunday muhtaram zot uning tekinxo‘r o‘g‘lini o‘z uyiga 

olmoqchi bo‘layotganini tushunishga harakat qilardi. U Jyulendan 

g‘oyatda norozi edi, janob de Renal esa xuddi ana shu Jyulen uchun 

sira kutilmaganda yiliga uch yuz frank taklif qilmoqda, yemishi va, 

hatto, kiyim-kechagini ham o‘z zimmasiga olmoqda edi. Keksa Sorel 

qandaydir bexosdan qo‘ygan ana shu shartni ham janob de Renal 

darrov qabul qila qoldi.

Mer cholning bu talabidan esankirab qoldi. «Sorel mening mu-

ruvvat ko‘rsatganimni sezmayapti va, chamasi, taklifimdan uncha 

xursand ham emas, holbuki boshi osmonga yetishi kerak edi, – 

derdi u o‘ziga o‘zi, – demak, bir narsa aniq: kimdir unga mendan 

avval shunday taklifni aytgan, xo‘sh, Valenodan bo‘lak kimning ham 

qo‘lidan kelardi bu ish?» Janob de Renal, uzil-kesil bir bitimga kelish 

uchun Sorelning qat’iy va’dasini olaman, deb behuda ovora bo‘ldi; 

keksa mujikning mug‘ambirligi uni g‘oyatda o‘jar qilib qo‘ygandi, 

– u nuqul, o‘g‘lim bilan gaplashib olishim kerak, derdi; badavlat 



24

otaning yonida sariq chaqasi bo‘lmagan o‘g‘li bilan maslahatlash-

ganini viloyatda kim ko‘rib, kim eshitibdi deysiz? Bu xo‘jako‘rsinga 

qilinadigan ish, xolos.

Suvning kuchi bilan ishlovchi taxta tilish ustaxonasi odatda an-

horning bo‘yida quriladigan omborxonadan iborat bo‘ladi. Uning tomi 

to‘rtta yo‘g‘on ustunga o‘rnatilgan stropil ustiga quriladi. Ombor-

xonaning o‘rtasida taxminan ikki-uch quloch balandlikda kattagina 

arra pastdan balandga chiqib-tushib turar, oddiygina mexanizm esa 

xodani asta u tomon siljitardi. Anhorning suvi charxpalakni aylanti-

rar, u esa, o‘z navbatida, arrani ham, xodani siljitadigan mexanizmni 

ham harakatga keltirar va shu yo‘sinda xodalar taxta qilib tilinar edi.

Keksa Sorel ustaxonasiga yaqinlashar ekan, yo‘g‘on tovush bilan 

Jyulenni chaqirdi: hech kim javob bermadi. U faqat zilday boltalar bi-

lan qarag‘ay xodalarni yo‘nib, ularni tilishga tayyorlayotgan pahlavon 

katta o‘g‘illarini ko‘rdi. Xodaga chizilgan qora chiziq bo‘ylab yo‘nishga 

harakat qilishar ekan, ular har bolta urishda palaxsa-palaxsa payra-

halarni ajratishardi. Ular otalari Jyulenni chaqirganini eshitishmadi. 

Chol omborxona tomon yurdi, biroq u yerga kirgach, Jyulenni u 

kuzatib turishi lozim bo‘lgan arra yonidan topa olmadi. U u yoq-

bu yoqqa alanglab, o‘g‘lini ikki-uch quloch yuqoriroqda o‘tirganini 

ko‘rib qoldi. Jyulen stropil ustiga o‘tirib olib, arraning ishlashini 

diqqat bilan kuzatish o‘rniga kitob o‘qimoqda edi. Keksa Sorelning 

eng yomon ko‘rgan narsasi kenja o‘g‘lining ana shu kitob o‘qishi edi: 

u Jyulenning katta o‘g‘illariga o‘xshamay nimjon ekanligi va jismoniy 

mehnatga yaramasligini ehtimol kechirgan ham bo‘lardi-yu, biroq 

uning kitob o‘qishga o‘chligini sira ham hazm qila olmasdi: cholning 

o‘zi savodsiz edi.

U Jyulenni yana ikki-uch marta chaqirib ko‘rdi, biroq o‘g‘li hech 

nimani eshitmadi. Yigitchaning butun diqqat-e’tibori kitobda edi va bu 

hol, chamasi, otasining hayqirig‘ini eshitishga arraning shovqinidan 

ham ko‘proq xalal berayotgandi. Shundan so‘ng qariya, yoshi o‘tib 

qolganiga qaramay, chaqqonlik bilan arra tagida yotgan xoda ustiga, 

undan esa tomni tutib turuvchi ko‘ndalang to‘singa sakrab chiqdi. 

Kuchli zarb Jyulenning qo‘lidan kitobni anhor tomon uchirib yubordi, 

ikkinchi zarb esa Jyulenning boshiga tushdi, yigitcha muvozanatni 

yo‘qotib, pastga quladi. Agar otasi uni chap qo‘li bilan ilib olmaganida 

u besh-olti quloch balandlikdan to‘g‘ri mashinaning richaglari ostiga 

qular va richaglar uni parcha-parcha qilib tashlagan bo‘lar edi.



25

– Voy tekinxo‘r-ey, hali sen arraga qarash o‘rniga la’nati kitobla-

ringni o‘qiydigan bo‘ldingmi! Xo‘p, o‘qiydigan bo‘lsang, ularni kech-

qurun, bekorchilik qilgani anovi kyurening oldiga borganingda o‘qi.

Zarbadan esankirab, qop-qora qonga belangan Jyulen har qalay 

arra yonidagi ko‘rsatilgan joyga yo‘l oldi. Uning ko‘zlari jiqqa yosh edi, 

shu tobda unga kaltak og‘rig‘idan ham o‘zi jonidan aziz ko‘radigan 

kitobidan ayrilib qolgani alam qilmoqda edi.

– Bu yoqqa tush, itvachcha, sen bilan gaplashib olishim kerak.

Mashinaning gumburlashidan Jyulen yana otasining buyrug‘ini 

eshitolmay qoldi. Pastga tushib ulgurgan chol esa yana tepaga chiqib 

o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmay, yong‘oq qoqiladigan uzun tayoqni olib, 

o‘g‘lining yelkasiga tushirdi. Jyulen pastga sakrab tushgan zahoti 

keksa Sorel uni qo‘pollik bilan turta-turta uy tomon haydab ketdi. 

«Xudo bilsin, u meni endi qanday kaltaklarkin», deb o‘ylardi yigitcha. 

Shuni xayolidan o‘tkazar ekan, u hozirgina kitobi uchib tushgan anhor 

tomon o‘kinch bilan qarab qo‘ydi, bu uning eng sevimli kitobi – «Ilohiy 

Yelena memoriali» edi.

U ikki yuzi lovillab, yerdan ko‘zini uzmay borardi. Jyulen o‘rta bo‘yli, 

ko‘rinishidan ancha nimjon, yuz tuzilishi noto‘g‘ri bo‘lsa-da, g‘oyatda 

nozik, qirg‘iyburun, o‘n sakkiz yoki o‘n to‘qqiz yoshlardagi bir yigitcha 

edi. Uning xotirjamlik paytida aql chaqnab turadigan katta-katta qora 

ko‘zlarida hozir kuchli nafrat aks etardi. Yigitchaning qo‘ng‘ir sochlari 

qoshining tepasigacha o‘sib tushganidan peshonasini deyarli yopib 

qo‘ygan bo‘lib, jahli chiqqan kezlari uning yuzi g‘oyatda qahrli ko‘rinardi. 

Bir-biriga o‘xshamaydigan behisob basharalar orasidan kishini hayratga 

soluvchi, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan bunday basharani topish 

amrimahol edi. Uning sambitday nozik qomati kuchli bo‘lmasa-da, 

ammo chaqqon ekanligidan dalolat berib turadi. Jyulen bolaligidanoq 

g‘oyat xayolparast va rangpar bo‘lganidan otasi, bu o‘g‘lim uzoq 

yashamasa kerak, yashagan taqdirda ham oila uchun faqat ortiqcha tash-

vish bo‘ladi, deb o‘ylab yurardi. Uydagilar ning bari uni yomon ko‘rishar, 

u ham, o‘z navbatida, akalari bilan otasidan nafratlanar edi; yakshanba 

kuni shahar maydonida bo‘ladigan o‘yinlarda doim kaltak yerdi u. 

Biroq so‘nggi paytlarda uning chiroyli yuzi ba’zi yosh qizlar - 

ning e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Ammo ko‘pchilik nimjonligi 

uchun undan nafratlanar edi, shu boisdan ham Jyulen polk tabibi, 

keksa qarindoshlari – bir kuni janob merga chinorlar haqida o‘z fikrini 

aytishga jur’at etgan o‘sha cholga chin ko‘ngildan mehr qo‘yib qoldi.



26

Iste’foga chiqqan bu tabib ba’zan keksa Sorelga haq to‘lab, Jyulenni 

kun bo‘yi undan qutqarib olardi-da, yigitchaga lotin tili va tarixdan 

saboq berardi. Tarixdan esa u faqat 1796-yilgi italyan yurishlarinigi-

na bilardi. Bandalikni bajo keltirar ekan, chol bolaga o‘zining Faxriy 

Legion xochi, pensiyasidan qolgan ozgina pul va o‘ttiz-qirq jilddan 

iborat kitoblarini vasiyat qilib qoldirdi. Ana shu kitoblardan eng qim-

matbahosi esa hozirgina janob merning aloqalari tufayli o‘z o‘zanini 

o‘zgartirgan shahar anhorida g‘arq bo‘ldi.

Uy ostonasini hatlab o‘tgan zahoti Jyulen yelkasida otasining 

gurzidek qo‘llarini his etdi: u, otam endi rosa kaltaklasa kerak, deb 

o‘ylab qaltiray boshladi.

– Qani, javob ber, ammo yolg‘on gapira ko‘rma! – deb o‘shqirdi chol 

va zabardast qo‘llari bilan uni, xuddi yosh bola qalayi askarchasini 

burganidek, o‘zi tomon o‘girib oldi. Jyulenning jiqqa yoshga to‘lgan 

katta-katta qora ko‘zlari keksa duradgorning go‘yo uning dilidagi 

barcha sir-asrorini bilib olishga urinayotgandek qattiq tikilib turgan 

kulrang ko‘zlariga duch keldi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish