X
Notavon ko‘ngilga qo‘tir jomashov
But passion most dissembles, yet betrays,
Even by its darkness; as the blackest sky
Foreells the heaviest tempest.
Don Juan, s. 1, st. 73
7
.
Janob de Renal qasrdagi barcha xonalarni aylanib chiqar ekan,
yangitdan somon tiqilgan to‘shaklarni ko‘tarib xizmatkorlar bilan
birga yana bolalar xonasiga kirib keldi. Bu odamning kutilmaganda
paydo bo‘lishi sabr kosasi to‘lib turgan Jyulen uchun so‘nggi tomchi
bo‘ldi.
U rangi oqarib, janob de Renalning yoniga shunday bir shijoat bi-
lan bordiki, janob mer uni ilgari sira ham bunday vajohatda ko‘rma-
gan edi. Janob de Renal to‘xtadi-da, xizmatkorlariga o‘girilib qaradi.
7
Pinhon erur ehtiros, ammo uyib qovog‘in
Ul nori nihonini o‘zi etmakda oshkor.
Xuddi shundoq osmon qora tun bosgan chog‘i
Bo‘rondan berur xabar, bir bo‘ronki, qahrvor.
Bayron. «Don Juan», I bob, 73-band.
71
– Afandim, – dedi Jyulen, – nahotki siz bolalarim har qanday bosh-
qa tarbiyachi bilan ham shunday muvaffaqiyatga erishishi mumkin,
deb o‘ylagan bo‘lsangiz? Agar «yo‘q» desangiz, – davom etdi u javobni
kutib o‘tirmay, – u holda bolalarni o‘z holiga tashlab qo‘yibsan, de-
yishga qanday tilingiz bordi?
Avvaliga qo‘rqib ketgan janob de Renal endi biroz o‘ziga kelib, bu
yaramas bola bekorga bunday do‘q urmayapti, chamasi, birorta odam
unga ko‘p to‘lashni taklif qilgan-u, endi u biznikidan ketmoqchi bo‘lsa
kerak, degan xayolga bordi. G‘azabini bosolmay qolgan Jyulen esa:
– Men sizsiz ham bemalol yashayveraman, afandim, – deya
qo‘shimcha qildi.
– Sizning shu qadar hayajonlanib ketganingizdan g‘oyat af-
suslanyapman, – dedi javoban xiyol duduqlanib janob de Renal.
Xizmatkorlar shu yerda, ulardan o‘n qadamcha narida to‘shaklarni
joy-joyiga yozishmoqda edi.
– Men sizdan boshqa gapni kutyapman, afandim, – deya qichqir-
di battar g‘azablangan Jyulen. – Boya xonimlar oldida meni qanday
haqoratlaganingizni bir eslab ko‘ring-a.
Janob de Renal Jyulenning muddaosini juda yaxshi tushunardi.
Uning dilida qattiq kurash ketmoqda edi.
Shu payt ortiq chidayolmay qolgan Jyulen unga qarab:
– Bu yerdan chiqib, to‘g‘ri qayoqqa borishni juda yaxshi bilaman,
afandim, – deya qichqirdi.
Bu gapni eshitib, janob de Renal Jyulenni darhol janob Valenoning
uyida tasavvur qilib ko‘rdi.
– Xo‘p, yaxshi, taqsir, – deya to‘ng‘illadi u nihoyat go‘yo og‘ir ope-
ratsiyaga rozi bo‘lib jarrohga murojaat qilayotgan odamday. – Ilti-
mosingizni bajarishga roziman. Indindan boshlab – o‘sha kuni xuddi
birinchi sana bo‘ladi – oyiga ellik frankdan maosh olasiz.
Jyulenning xaxolab kulib yuborishiga sal qoldi: u shu qadar hayrat-
ga tushgan ediki, dilidagi g‘azabdan asar ham qolmadi.
«Demak, bu maxluqdan hali kam nafratlangan ekanman, – deya
xayolidan o‘tkazdi u, – bu razilning shundan bo‘lakcha kechirim
so‘rash qo‘lidan ham kelmasa kerak».
Boyadan beri bu mashmashani og‘zilarini ochib tomosha qilib
turgan bolalar janob Jyulenning juda jahli chiqqani, lekin endi u oyiga
ellik frankdan maosh olajagini gapirib berish uchun bog‘da yurgan
onalari tomon yugurishdi.
72
Jyulen g‘oyat zardasi qaynab turgan janob de Renalga qiyo ham
boqmay, odati bo‘yicha, bolalarning ortidan, chiqib ketdi.
«Bu la’nati Valeno meni hozirning o‘zidayoq bir yuz oltmish sakkiz
frankka tushirib turibdi, – derdi o‘ziga-o‘zi mer. – Anovi tashlandiq
bolalarning ta’minoti masalasida unga qattiqroq shama qilib qo‘yish
kerakka o‘xshaydi.
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Jyulen yana uning oldida paydo
bo‘ldi:
– Qilgan gunohlarimga tavba qilmoq uchun pirim – janob Shelan-
ning huzuriga bormog‘im darkor, bir necha soatga ketayotganimdan
sizni xabardor qilib qo‘ymoqchiman.
– Bemalol, azizim Jyulen, – dedi janob de Renal qandaydir soxta bir
kulgi bilan. – Kechgacha bemalol yuravering. Istasangiz, ertaga kuni
bo‘yi kelmasangiz ham mayli, azizim. Bog‘bonga ayting, otni egarlab
bersin, Verrerga piyoda bormaysiz-ku axir.
«Hammasi ravshan. U Valenoga javob bergani ketdi, – deya xayoli-
dan o‘tkazdi janob de Renal. – U menga hech qanday va’da bermadi-ku
axir, hay mayli, bu tirmizakni o‘z holiga qo‘yib berish kerak, biroz
jahlidan tushsin».
Jyulen jadal yurib, tog‘ tomon yo‘l oldi. U yerdagi katta o‘rmonni
kesib o‘tilsa, Verjidan to‘g‘ri Verrerga tushish mumkin edi. Biroq uning
hozir to‘g‘ri janob Shelanning oldiga borish niyati yo‘q edi. Shu tobda
u yana mug‘ambirlik bilan munofiqlik qilishni mutlaqo istamasdi. U
ko‘ngliga kelgan gaplarning poyon-soyoniga yetmog‘i va jo‘sh urayot-
gan his-tuyg‘ulariga erk bermog‘i kerak edi.
«Men jangda g‘alaba qildim, – dedi Jyulen o‘zini hech kim ko‘rmay-
digan o‘rmonga kirgan zahoti, – ha, men g‘alabaga erishdim».
U hozirgina boshidan kechirgan voqealarni o‘ylarkan, huzur qilib,
ko‘ngli joyiga tushdi.
«Demak, endi men oyiga ellik frank maosh olar ekanman-da. Bu
deyman, janob de Renal juda qo‘rqib ketganga o‘xshaydi-ku. Lekin
nimadan qo‘rqdiykin?»
Bir soat burun uning juda g‘azabini qaynatgan bu badavlat va
nufuzli odamning nimadan bunday qo‘rqib ketgani haqida xayol
surib borar ekan, Jyulen asta-sekin qandaydir shirin, rohatbaxsh his-
tuyg‘uga berildi. U bir zum o‘zi oralab ketayotgan manovi o‘rmonning
ajoyib go‘zalligiga mahliyo bo‘lib qoldi. Bir vaqtlar tog‘dan uzilib
tushgan ulkan xarsanglar jarlik tubida ayqash-uyqash bo‘lib yotardi.
73
Zabardast shamshod daraxtlari naq qoyalarning cho‘qqisiga qadar
o‘sgan bo‘lib, ularning osti muzdek salqin edi, holbuki bir necha
qadam naridagi oftobro‘yani quyosh shunchalik yondirardiki, u
yerda turib bo‘lmasdi.
Jyulen ulkan qoyalar soyasida biroz dam oldi-da, so‘ng bor-
gan sari yuqorilab, toqqa ko‘tarila boshladi. Tezda u ko‘zga arang
chalinadigan so‘qmoqqa burildi. Bu yerdan faqat echki boquvchi
cho‘ponlargina yurishguvchi edi. U so‘qmoqdan biroz yurgach,
baland qoyaga tirmashib chiqdi-yu, nihoyat, o‘zini butun dunyo-
dan mutlaqo ajralgan holda his etdi. U balandlikka ko‘tarilganidan
lablariga tabassum yugurdi: bu uning orzusi ushalganini yaqqol
ko‘rsatib turardi. Musaffo tog‘ havosi uning dilini ravshanlashtirib,
hatto qandaydir quvontirib ham yuborgandi. Verrer shahri meri
hamon uning ko‘z o‘ngida, dunyodagi barcha boyonlar va barcha
surbet odamlarning timsoli sifatida gavdalanardi, biroq uning qal-
bida jo‘sh urayotgan nafrat qanchalik kuchli bo‘lmasin, yigit dilida
shaxsan janob de Renalga nisbatan hech qanday g‘araz yo‘q edi. Agar
janob de Renal bilan uchrashmay qo‘ysa, bir hafta o‘tar-o‘tmas uning
o‘zini ham, qasrini ham, itlarini ham, bolalari-yu butun oilasini ham
unutib yuborgan bo‘lardi. «Bilmadim, qay yo‘sinda uni shuncha pulni
qurbon qilishga majbur etdim ekan. Yiliga ellik ekyudan ortiq-a, axir.
Undan bir daqiqa oldin esa dahshatli xavfdan arang qutulgan edim.
Mana senga bir kunda ikki g‘alaba; to‘g‘ri, ikkinchisida mening hech
qanday xizmatim yo‘q, har qalay, bunga qanday erishganimning sa-
babini aniqlab olsam bo‘lardi. Hay mayli, ko‘ngilsiz mulohazalarimni
ertagacha qo‘ya turaylik».
Jyulen avgust oyining jazirama quyoshida misday qizib ketgan
osmonga tikilganicha baland qoya ustida turardi. Qoya ostidagi may-
sazorda so‘zanaklar tinimsiz chirillardi, ular tinganida esa hammayoq
jimjit bo‘lib qolardi. Shu tobda unga pastlikdagi vodiyning uzoq-uzoq
joylarigacha yaqqol ko‘rinib turardi. Jyulenning tepasidagi qoyadan
parvoz qilgan qarchig‘ay goho-goho bir ko‘rinib, ulkan doira yasab
uchmoqda edi. Jyulen beixtiyor bu yirtqich parrandani kuzata bosh-
ladi. Qushning vazmin va qudratli parvozi uni hayratga solardi, yigit
uning qudrati, uning yolg‘izligiga havas qilardi.
Napoleonning taqdiri ana shunday bo‘lgan, ehtimol uning qismati
ham shunday bo‘lar.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |