Oraliq miya. Oxirgi miya bilan o’rta miya oralig’ida joylashgan ikki yon
tomondagi katta yarim sharlarga qo’shilib ketgan. Uning tarkibiga ko’ruv do’mbog’i
do’mboq osti sohasi, do’mboq usti sohasi kiradi. Oraliq miya bo’shlig’i 3-qorinchani
tashkil etadi. Ko’ruv do’mbog’ini lateral yuzasi yarim sharlar bilan qo’shilib ketadi.
Medial yuzasi do’mboq osti sohasi bo’lib davom etadi. Ko’ruv do’mbog’ini 3 ta
asosiy yadrolari: lateral yadrolarda katta yarim sharlar po’stlogiga boradigan hamma
sezuvchi yo’llar shu qismda almashadi, ya’ni oxirgi nyoytronga po’stloq usti sohasida
ustki miya ortigiga uzatiladi. Do’mboq osti sohasida eshituv va nerv reflekslarni
markazlari hisoblagan yadrolar yotadi. Gipotalamus po’stloq osti sohasida
joylashgan. Qo’lrang do’mboqda modda almashinuvi va, issiqlik almashinuvini
boshqaradigan markazlar bor. So’rg’ichsimon tanalarda po’stloq ostidagi xidlov
markazlari joylashgan. Oraliq miya po’stloq ostidagi oliy vegetativ markaz bo’lib, u
modda almashinuvini va barcha ichki organlar faoliyatini boshqaradi. Uchinchi
qorincha oraliq miya bo’shlig’i bo’lyb, toq bo’shliq hisoblanadi.
Oxirgi miya. O’ng va chap yarim sharlarning O’rtasida tirqishi ichkarisida oq
modda plastinkali qadaqsimon tana yotadi. Qadoqsimon tanani tubida gumbaz bor.
Gumbaz ustunlari va oyoqchalarini hosil qiladi. Qadoqsimon tana bilan oldingi qismi
bilan gumbaz o’rtasida miya to’qimasining yupqa vertikal plastinkasi bor, unga tiniq
to’sik, deyiladi. Katta miya yarim sharlari qo’lrang modda bilan oq moddadan iborat.
Katta miya yarim sharlarida qo’lrang modda ham tashqarida, xam ichkarida yotadi.
Ko’lrang moddaning tashqi qavati bosh miya po’stlog’ini hosil qiladi, yarim
sharlar ichkarisidagi kulrang modda to’plamlari asos tugunlarini tashkil etadi.
Bosh miya po’stlog’ining qalinligi turli bo’limlarda turlichadir (1,3—4,5 mm), Bosh
miya po’stlog’ining butun sirtini egatlar kesib o’tgan, Shu egatlar orasida turli
shakldagi katta—kichik—pushtalar joylashadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida
uchta yuza: medial, qabariq va nastki yuzalar tafovut qilinadi. Kalla suyagiga mos
ravishda qabariq dorsal— lateral yuza katta—kichikligi har xildir. Lekin doimiy
bo’ladigan bir nechta egatlar bor. Bular yarim sharni bo’laklarini tashkil etadi. Har
bir yarim sharda 5 ta bo’lak bor: peshona, ensa, tepa, chakka bo’lagi, yashirin
bo’lak—yon egat egatchalarini ichkarisida joylashgan. Bunda peshona bilan tepa
orasida chegara markaziy egat bo’lsa, tepa bo’lagi bilan ensa orasida tepa—ensa
egatadir, Peshona qismini dorsal lateral yuzasini oddingi pushtasida markaziy oldi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
59
egati va peshona bo’lagipi o’rta pastki peshona pushta tepa egat xam markaziy
egatining orqasida unga parallel joylashgan. Tepa 3 ta pushtaga: orqa markaziy
pushta, ustki tepa pushta va ostki tepa pushtaga bo’linadi. Bosh miya katga yarim
sharlarining kattaroq qismi Plashch hosil qiladi, kichikroq qismi esa xidlov miyasiga
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |