Bo’yin chigali. Bo’yin bo’limi dastlabki to’rtta orqa miya nervining oldingi
tarmoqlaridan hosil bo’ladi. Bo’yin chigalining sezuvchi nervlari to’sh-o’mrov-
so’rgichsimon
o’siq
muskullarining
uzunasi
bo’yicha
o’rtasida
elpig’ich shaklida yoyilib ketadi: ularga ensaning kichik nervi, quloqning katta nervi,
bo’yinning ko’ndalang nervi, diafragma nervi aralash nervlaridan iborat. Bo’yin
chigalining harakatlantiruvchi nervlari bo’yinning chuqur muskullariga va til osti
suyagidan
pastroqdagi
yuza
muskullariga boradi. Elka chigali ko’krak orqa miya nervlarining oldingi
tarmoqlaridan vujudga kelib, qo’ltiq bo’shlig’iga kiradi. Elka chigalining yuqori
bo’limidan
bir
qancha
kalta
nervlar
chiqadi.
Bular
orqaning
yuza muskullarini, elka kamarining ko’pchilik muskullarini va kurakning qo’l
tegishli muskullarini innervatsiya qiladi. Elka chigalining asosiy qicmi qo’ltiq,
chuqurchasida qo’ltiq arteriyasining yonida shu arteriyatsi uch tomondan o’rab
turadi. Elka chigalining asosiy qismi uchta tutamga; medial, lateral va orqadagi
tutamlarga bo’linadi. Medial tutamdan quyidagi nervlar chiqadi: elka terisining
medial, tirsak nervi va o’rta nervi chiqadi. Elka chigalining lateral tutamidan, o’rta
nervining lateral ildizidan tashqari, muskul-teri nervi ham chiqadi. Bu nerv elkada
elkaning ikki boshli muskul bilan elka yusqo’li orasida yotadi, bilak terisining lateral
nervi shaklida bilakka chiqadi. Orqadagi tutamda ikkita nerv-bilak va ko’ltik nervlari
boshlanadi.
Ko’krak orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlari 12 juft qovurg’a muskullar
orasida qovurg’a egatda yotadi. Bel chigalida 12 ko’krak va 1, 2, 3, 4-bel orqa miya
nervlarini oldingi tarmog’i kiradi. Bel chigalipi mayda nervlari: yonbosh qorin osti
nervi, enbosh-chov nervi, jinsiy organlar, son nervi. Bu nervlar qorin Devorini pastki
bo’liminilg va tashqi jinsiy organlar terisini, moyakni ko’taruvchi muskulini
innervatsiya qiladi qorinning serbar muskullariga harakatlantiruvchi tolalar beradi,
belning kvadrat muskulini, yonbosh-bel muskulini, tashqi va ichki berkituvchi
muskullarini innervatsiya qiladi.
Dumg’aza chigali eng yirik chigal bo’lib, beldagi 4--orqa miya nervi bilan 5-
orqa miya nervi 1, 2, 3 va 4-dumg’aza orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan
vujudga keladi. Dutugg’aza chigali kichik chanoqning lateral yuzasida yotadi,
noksimon muskul ustidagi va ostidagi teshiklar orqali kichik chanoqdan, dumba
sohasiga kiradi. Dumba sogasida dumbaning katta muskuli ostida dumg’aza
chigalining, kalta nervlar (dumbaning yuqori va pastki nervlari bilan uyatli nerv)
dumba muskullarini, oraliq muskullarini, oraliq va pastki jinsiy organlar terisini
innervatsiya qiladi. Dumg’aza chigalining uzun nervlariga sonning orqadagi teri iervi
bilan qo’ymych nervi kiradi. Katta.boldir nervi hamda boldir-taqim kanalidan katta
boldir arteriyasi va shu nomli venalar bilan birga o’tadi. Katta boldir nervi kanaldan
chiqqach, medial to’piqni aylanib o’tib, oyoq, kaftiga chiqadi va shu joyda oxirgi
tarmoqadrga: oyoq kaftining medial nervi bilan oyoq kaftining lateral nerviga
bo’linadi.
Kichik boldirning yuza va chuqur nervlaridan chiqqan oxirgi tarmoqlar
boldirdai oyoq, panjasining dorsal tomoniga tushadi. Qo’ymich nervi va uning
tarmoqlari son muskullarining orqadagi gruppasini, boldirning va oyoq panjasining
barcha muskullarini boldirning medial yuzasidan va oyoq medial chekkadan boshqa
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
56
hamma terisini innervatsiya qiladi. Dum chigali oxirgi chigal bo’lib, 5-dumg’aza orqa
miya nervi bilan dum nervining oldingi tarmog’idan hosil bo’ladi, va nozik orqa-dum
nervlari chiqadi, orqa torisini va dum sohasini innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |