Pifagor (eramizdan 590 yil ilgari yashagan) mashhur faylasuf-matematik
bo’lib, tirik narsalarning hammasi urug’dan paydo bo’ladi degan fikrni olg’a surgan.
Alkmeon Krotonskiy o’zining fan sohasidagi ko’zatishlariga asoslanib, birinchi
bo’lib, miya aqlning fikrlash markazi ekanligini aytdi. Keyinchalik atoqli yunon
olimi Anaksagar miyani kesib o’rgandi.
Gippokrat (eramizdan 460-377 yil ilgari yashagan) vrach o’z ko’zatishlari va
tekshirishlari asosida yozgan 72 ta asaridan 2000 yil mobaynida foydalanib keldi.
Uning «Qadimgi meditsina to’g’risida», «Havo, suv va boshqa zaminlar to’g’risida»,
«Suyaklarning sinishi to’g’risida» kabi asarlari shular jumlasidan. Bundan tashqari,
yurak va qon tomirlarning tuzilishini o’z asarlarida bayon etdi. Gippokrat yurakda
muskul qavati borligini bilgan. Gippokrat murdani yorib o’rganish din tomonidan
butunlay taqiklangan bir davrda bosh suyaklardan ba’zi birlarini (ayniqsa, tepa
qismidagi suyaklarini) o’rganib, bosh suyaklari ichining ilma-teshik ekanini va bu
suyaklar bir-biri bilan choklar yordamida birlashganini aniqlagan. Gippokrat
organizmdagi muskullarning alohida-alohida ekanligini inkor qilib, gavdani faqat
muskul qismiga ajratdi. Nervlarni. paylarda farq qila olmadi, arteriyada, havo yuradi
deb faraz qildi. Qon tomirlar esa paylar orqali tarqaladi, shu tomirdagi qonning bir
qismi ter bo’lib, gavdaning sirtiga chiqadi, qolgan qismi esa organizmning
rivojlanishi uchun sarf bo’ladi deydi. Aristotel nervlar bilan paylarnish boshqa-
boshqa ekanini aniqladi, ba’zi arteriyalarning aortadan boshlanipshni bildi va
organizm qon, yog’, tog’ay, suyak to’qimalaridan iborat deb yozdi.
Aristotelning fikricha, nervlarning ichi kavak bo’lib (rogo) bosh miyada hosil
bo’ladigan hayot ruhi esa yurakning chap qismida qon bilan havodan hosil bo’lib,
aorta va uning tarmoqlari orqali organizmga tarqaladi. U yurakni uch bo’limga-
kameradan iborat deb hisobladi, qon aylanish sistemasini aniq bila olmadi, noto’g’ri
tushundi.
Gerofil bosh miyaning tuzilishini, uning qorinchalarini, pardalarini, tomir
chigallarini, vena bo’shliqlarini va nervlarini tekshirgan qon tomirlarini paylardan,
arteriyani venadan ajratgan va juda mayda qon tomirlar borligini aniqlagan. Bundan
tashqari, o’n ikki barmoq ichak, prostata bezi, ichak charvilaridagi limfa tomirlar,
ko’zdagi shishasimon tana, qon tomirlar, tursimon pardalar va o’pka venalarini kashf
etgan.
Galenning anatomiya sohasidagi xizmati katta uning suyaklar, klassifikatsiyasi
va boylamlari haqidagi ma’lumotlari hozirga qadar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
U bir qancha muskullarni uzi tekshirgan va ularning qisqarishlarini nervlarga va bosh
miyaga aloqadorligini aniqlagan.
Galen bosh miyaning bo’limlarini, uning venasini hamda orqa miyaning
tuzilishini aniqlagan. U 12 juft bosh miya nervlaridan 7 juftini bayon etdi. Bular
ko’ruv nervi, ko’zni harakatlantiruvchi nerv, uch shoxli nerv, tanglay nervi, eshitish
nervi, yuz nervi va adashgan (til osti nervi) nervlardir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
7
Do'stlaringiz bilan baham: |