2.WINDOWS 2000 amaliy operatsion dasturining asosiy xususiyatlari va uning
boshqa sistemalardan farqi
WINDOWS 2000 amaliy operatsion dasturini ishlatish uchun
mo`ljallanilgan hisoblash texnikasi jihozlariga quyidagi talablarni asos qilib olish
mumkin.
Markaziy protsessor.
Pentium protsessorining kamida 300 megagertsli yoki undan kattaroq
nushasi ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu xolda WINDOWS 2000
Professional ikkitagacha protsessor bilan ishlay olish imkoniyatini yaratadi,
WINDOWS 2000 Server esa to`rttagacha protsessorni ta’minlab beradi,
WINDOWS 2000 Advanced Server esa sakkiztagacha protsessor bilan ishlay
oladi, WINDOWS 2000 Datacenter Server esa o`n oltitagacha protsessorni
ta’minlab bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |