Fayllar dispetcheri (Provodnik, Explorer) - xilma xil fayllar va papkalar
bilan bog`liq operatsiyalarni bajarishga yordam beradi. Fayllar dispetcherini
ishlatish uchun sichqoncha ko`rsatgichini Ishga tushirish (Pusk) knopkasi ustiga
olib kelinadi, so`ngra sichqoncha o`ng tugmachasini bosib, Kontekst menyusidan
Provodnik buyrug`ini tanlash kerak. Bunda fayllar sistemasining kataloglari
ekranda papkalar ko`rinishida hosil bo`ladilar.
Mening xujjatlarim (Moi dokumentы, My Documents) - yaratilgan
xujjatlarni topmoq uchun Mening xujjatlarim piktogrammasini bosish kerak
bo`ladi. Mavjud xujjat guruhlari programmalari ekranda maxsus simvollar
ko`rinishida xosil bo`ladi.
MS-DOS seansiga o`tish uchun Ishga tushirish (Pusk) tugmachasini
bosib, asosiy menyudan Programmalar (Programmы) podmenyusi tanlanadi.
So`ng shu podmenyudan Stand
`ini tanlash kerak bo`ladi.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |