Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Onlayn shaklidagi harid va to’lovni o’tkazish



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/402
Sana12.07.2021
Hajmi4,66 Mb.
#116492
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   402
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyasi

 
Onlayn shaklidagi harid va to’lovni o’tkazish. 
Magazinlarda tovarni harid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi asosida 
amalga oshiriladi. 
1. Haridor Internet orqali Magazinga tegishli bo’lgan web-serverga ulanib, 
tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan harajatlar miqdori haqida 
so’rovnoma yuboradi. 
2. Ushbu so’rovnomaga asosan Magazin Haridorga tovar nomi va xizmat 
haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va kuni ko’rsatilgan 
ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag’ini taqdim etadi. Fuqaroviy-huquqiy 
nuqtai nazardan ushbu hisobvaraq shartnomani tuzish borasidagi taklif deb 
hisoblanadi. 
3. Haridor o`nga taqdim etilgan mazkur hisob varaqni ERI usulida imzolab, 
uni Magazinga qaytirb yuboradi, ya’ni aktseptni bajaradi. Shartnoma Haridor 
o`nga taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kirgan 
bo’lib hisoblanadi. Tizimda Haridor tomonidan imzolangan hisobvaraq chek bo’lib 
hisoblanadi. 
4. Magazin va Haridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek Magazin 
tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo’llanadi. 
5. Bank imzolangan chekni ko’zdan kechiradi, ya’ni: tizimda Magazin va 
Haridorning ro’yxatdan o’tganligi, Magazin va Haridorning ERI tekshiriladi, 
operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazorat qilinadi va 
 
367


chekning nusxasi Bankning ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Tekshiruv natijasida 
kartochka to’lov tizimida tranzaktsiyalarni avtorizatsiyalashga ruxsat berish yoki 
taqiqlash borasida qaror shakllanadi. 
6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to’lovni o’tkazmasligi 
to’g’risida qarorini yo’llaydi, Haridorga esa to’lov amalga oshirilmaganligi 
asoslanadi. 
7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Haridor o’rtasidagi 
shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to’lov summasi 
hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bankning amaldagi tariflari 
bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so’rovnomasi yopiq turdagi bank 
tarmoqlari orqali Haridorning kartochkasi emitenti bo’lmish bank yoki bank-
emitent tomonidan vakolatlangan kartochka to’lov tizimining protsessing 
markaziga yo’llanadi. 
8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko’rsatadi (ya’ni, tovarni sotadi). Bank 
Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag`’larni Magazin hisob raqamiga 
o’tkazadi. 
9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to’lovni o’tkazmaslik 
haqida habar beradi. Haridor harid qilish jarayonini to’la-to’kis nazorat qiladi. 
Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik 
kuchga ega bo’lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi. 
Tizimdagi tranzaktsiyalar bo’yicha ko’chirma 
1. Haridor CyberPlat tizimida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqidagi 
ko’chirmani rasmiy ravishda so’rab oladi, so’ng o’zining so’rovnomasini ERI 
usulida imzolaydi. 
2. Bank Haridorning kodi va ERI ni tekshiradi. 
3. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Haridorga ERI 
yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o’zgartirilgan tekstni o’z ichiga olgan 
so’rovnomani yo’llaydi.  
4. Haridor, xabarni olgach, Bank imzosi va ko’chirmaning aksincha 
o’zgartirilganligini tekshiradi.  
5. Haridor ko’chirmani o’z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. 
Haridorning to’lovlari magazindan o’tganligi  
haqidagi so’rovnoma 
 
1. Haridor CyberPlat tizimidagi o’z kodini ko’rsatgan holda mazkur 
Magazinda amalga oshirilgan to’lovlari haqida ma’lumotlarni  rasmiy ravishda 
so’rab oladi.  
2. Olingan kod asosida Magazin mazkur Haridor to’lovlari haqida axborotni 
taqdim etadi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish