A. Programmalashtirish tillarining tasnifi.
Programmalashtirish tillari deganda nimani tushunasiz? Ular
foydalanuvchi uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Programma tillarining qaysi
turlari o`rgangansiz va ularning bir-biridan farqi nimada? Programma tillarini
qanday asosiy guruxlarga bo`lish mumkin va bu nimaga asoslanib amalga
oshiriladi?
Yuqorida keltirilgan savollar va muammolar xaqida biroz fikrlang va
fikrlaringizni boshqalar bilan o`rtoqlashing.
Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud bo`lib, ularga Fortran,
Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskalь, SI, LISP, Beysik va boshqa ko`pgina
tillarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal
programmalash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va
boshqa harakterdagi ko`plab masalalarni yechishga, shuningdek ma’lumotlar
to`plamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va shularga o`xshash
boshqa ko`pgina masalalarni yechishga mo`ljallangandir.
Masalalarni programmalash uchun EHMda programmalash tillari deb
ataluvchi sun’iy tillar qo`llaniladi. Masalani yechishning ishlab chiqilgan algoritmi
shu tillar yordamida bir ma’noli qilib va EHMda qabul qila oladigan formada
tavsiflanadi.
Hozirgi vaqtda programmalash tilini u yoki bu belgisi bo`yicha tavsiflash
mumkin.
Ishlatilish sohasiga ko`ra programmalash tillari universal, ya’ni barcha
sohalarda ham ishlatish mumkin bo`lgan tillar va ma’lum soha yoki muammolarni
yechishga mo`ljallangan tillarga bo`linadi. Universal tillarga yuqori darajadagi
tillardan PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga
Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni yechishga esa Kobol, RPG, LISP,
Prolog kabi tillar misol bo`ladi.
Foydalanuvchilar saviyasiga ko`ra esa yuqori darajali va quyi darajali
tillarga bo`linadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga
mo`ljallangan bo`lib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli bo`ladi. Bunday
tillarga PL/I, ADA, Beysik, Paskalь, Kobol, RPG, Fortran kabilar misol bo`ladi.
Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin bo`lib, bu tildan foydalanuvchi
mashinaning tuzilishi bo`yicha ma’lum darajadagi bilimga ega bo`lishi kerak.
Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish imkonini
berib, u operatsion sistemalar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu
kabi murakkab programma vositalarini yaratishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda programmalash tilini u yoki bu belgisi bo`yicha tasniflash
mumkin. Odatda, programmalash tilining EHMga ko`ra bog`liqlik darajasi
44
bo`yicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga ko`ra
barcha tillar ikkita katta guruxga: mashinaga bog`liq va mashinaga bog`liq
bo`lmagan tillarga bo`linadi.
Programmalash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun
til darajasi tushunchasi qo`llaniladi.
Darajasi 0 bo`lgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul
qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng
yaqindir. Lekin mnemokod mashina tilidan shu bilan farqlanadiki, unda amal
kodlari mos harfli belgilar bilan, operandlarning raqamli adreslari esa harfli yoki
harf-raqamli belgilar bilan almashtirilgan.
Avtokod mnemokodlarning asosiy xususiyatlarini saqlaydi. Ammo unda
mashina komandalarining simvolik analoglari bilan bir qatorda, mashina tilida
to`g`ridan-to`g`ri analogi bo`lmagan mikrokomanda qo`llanilishi mumkin.
Ushbu tillarning mashinaga mo`ljallanganligi ularning asosida hamon
konkret EHM buyruqlar sistemasi yotishini bildiradi. Shu sababli bunday tillardan
foydalanish uchun qo`llanilayotgan EHMning xususiyatlarini bilish zarur. Shu
boisdan bu tillar amalda kamroq qo`llaniladi.
Mashinaga bog`liq bo`lmagan tillar ham ikki guruhga bo`linadi:
protseduraga mo`ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini
tavsiflashga mo`ljallangan. Shuning uchun ular ko`pincha oddiy qilib “algoritmik
tillar” deb ataladi. Lekin, aniq aytganda “algoritmik til” tushunchasi
programmalash tili bilan har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zi algoritmik tillar
ularga qo`shimcha vositalar masalan, axborotni kiritish va chiqarish operatorlari
kiritilgandan keyingina programmalash tiliga aylanadi.
45
Quyidagi rasmda programmalash tillarining tasnifi berilgan.
Programmalash
tillari
0-daraja
mashinaga bog`liq
mashinaga bog`liq
tillar
bo`lmagan
tillar
mashina tillari
mashinaga
mo`ljallangan
tillar
mnemo-
kodlar
1-daraja
2-daraja
avtokodlar
3-daraja
protseduraga
mo`ljallangan
tillar
4-daraja
muammoga
mo`ljallangan
tillar
Protseduraga mo`ljallangan tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini
to`la hisobga oladi va konkret EHMga deyarli bog`liq emas.
Foydalanuvchilarning yana shunday bir toifasi mavjudki, ular o`z sohasida
mutaxassis bo`lgan va o`z vazifalarini yaxshi bilgani holda kichik aniq
muammoga doir masalani yechish uchun EHMdan operativ foydalanishga ehtiyoj
sezadilar. Lekin ular EHMda masalani yechish bosqichlari, usullari bilan tanish
emaslar. Foydalanuvchilarning ushbu toifasiga xususan ishlab chiqarish va
46
boshqarish ma’muriy organ xodimlari, konstruktorlar, texnologlar, iqtisodchilar va
boshqalar kiradi.
Ular uchun masala yechish algoritmini mufassal yozishni talab
qilmaydigan, muammoga mo`ljallangan maxsus tillar ishlab chiqilgan.
Foydalanuvchi faqat masalani ta’riflashi, boshlang`ich ma’lumotlarni berishi,
natijaviy ma’lumotlar formasini ko`rsatishi mumkin. Ushbu axborotlarga ko`ra ish
programmasi avtomatik yuzaga kelaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |