Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/402
Sana12.07.2021
Hajmi4,66 Mb.
#116492
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   402
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyasi

Modullarni yig`ish 
programmalari 
EXM kurilmalariga 
xizmat kursatuvchi 
programmalar 
Kutubxonaga xizmat 
ko`rsatuvchi 
programmalar 
Programma-
lashtirish tillari 
Translyator 
lar 
Sozlash 
programma-lari 
OSfunktsiyalari-ни
kengaytuvchi APP 
Ilmiy, iqtisodiy va b.k 
APP 
ABS uchun APP 
3.1–rasm 
 
Yuqorida tasvirda ko`rsatilgan translyatorlar amaliy programmalarni 
algoritmik tillardan mashina tiliga o`giruvchi tarjimon programmalardir. Ular ikki 
xil bo`ladi: kompilyatorlar va interpretatorlar. 
Interpretatorlar programmalashtirish tilida yozilgan programmani 
bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o`girib va darhol bajarib 
borsa, kompilyatorlar esa butun programmani birdaniga mashina tiliga o`giradi va 
agarda uning xatosi yoki kamchiligi bo`lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi. 
Bir marta kompilyatsiya qilingan programma boshqa kompilyatsiya 
qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi programmani xosil qiladi. 
 
41


Interpretatorda esa programma har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga 
o`giriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi. 
Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador 
bo`lishi unda qanday programmaviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin 
programmaviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo`lishi 
uning qaysi soxada faoliyat ko`rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o`zingizni iqtisod 
soxasida faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi 
turdagi programmaviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun 
kerak bo`lishini o`ylab topishga harakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni 
boshqarish uchun kerak bo`ladigan programmalar bilan amaliyotda qo`llaniladigan 
programmalar orasida qanday farq bo`lishi mumkin?  
Kompyuterning programmaviy ta’minoti ularning qo`llash samaradorligini 
oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar programmalarini 
tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo`ljallangan programmalar 
sistemasidan iborat. 
Kompyuter programmalar ta’minotining to`plami quyidagi guruhlarga 
ajraladi: 
- sistemaviy programmalar – xilma-xil qo`shimcha ishlarni bajarishga 
imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz 
qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini 
olib qo`yish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni 
boshlang`ich ishga tayyorlash va xakozolar; 
- amaliy programmalar – foydalanuvchilarga zarur bo`lgan ishlarni 
bajarishga imkon beruvchi programmalar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, 
rasmlar chizishga imkon beruvchi programmalar, informatsion massivlar va 
bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi programmalar va hokazolar. 
- programmalashtirish sistemalari yoki instrumental sistemalar – ular 
kompyuter uchun yangi amaliy programmalar yoki foydali ilovalar yozish uchun 
xizmat qiladilar.  
Sistemaviy programmalarga operatsion sistema, drayverlar, qobiq 
programmalar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga 
tushiriladigan programmalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: 
- grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador 
ishlashga imkon beradigan vositalar to`plamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida 
turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va hokazolar; 
- mulьtiprogrammalashtirish – bir vaqtning o`zida bir qancha 
programmalarni ishlatish imkoniyati; 
- programmalararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini 
ishlatish. 
Programma ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa 
masalalarni yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun 
 
42


hisoblash sistemalari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha 
kengaytiradi. 
EHM programma ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: 
- programmalashni 
avtomatlashtirish 
vositalari yordamida masalani 
EHMda yechishga tayyorlash; 

operator bilan EHMning eng qulay ko`rinishlardagi aloqasini tashkil 
qilish; 
-  EHMni nazorat qilish, unga diagnoz qo`yish va yuzaga kelgan 
nuqsonlarning kengayishiga yo`l qo`ymaslik. 
EHMning programma ta’minoti strukturasida programmalashning modulli 
printsipi amalga oshiriladi, bu printsip, odatda funktsional bog`liq bo`lmagan 
programmalar yoki ularning qismlari standart modullar ko`rinishida 
shakllanadigan va sozlanadigan bo`lishini talab qiladi. Bunday struktura yoki 
ularning o`rnini almashtirish, yoxud qo`shimcha modullar kiritish yo`li bilan 
EHMning programma ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish 
imkonini beradi. 
EHM programma ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion 
sistema bo`lib, u turli rejimlarda EHMning eng samarali ishlashini, shuningdek, 
masalani EHMda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini 
ta’minlaydigan programmali vositalar majmuidan iborat. 
Xususiy EHM funktsional maqsadiga bog`liq holda kompleks monitor 
imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli bo`lmagan 
oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar 
bilan boshqarishgacha o`zgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi xususiy 
EHM bilan foydalanuvchi o`rtasida o`zaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar 
taqsimlashni boshqarish va xususiy EHM faoliyatida talab etilgan rejimni 
ta’minlash, sistemali va boshqa programmalarni ishga tushirish va bajarilishini 
nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini 
boshqarishdir. 
Sistemali programmalar va ma’lumotlar guruxiga tashqi tashuvchilarga 
xizmat qiluvchi programmalar, servis programmalar va programmalar kutubxonasi 
kiradi. 
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat ko`rsatadigan programmalar 
tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, 
shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni 
bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va programmalarni qo`llash 
ishlarini yengillashtiradi. Ular o`zlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan 
turli-tumandir, lekin qoidaga ko`ra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari 
va kutubxonalar bo`ladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan 
kiritilayotgan matnlar tahrir programmalari orqali xususiy EHMning operativ yoki 
tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida 
 
43


o`zgartirilishi mumkin. Ko`plab tahrir programmalari mavjud, ular bir biridan 
bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o`zgarishlar qilish uchun 
ishlatiladi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish