4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

Tayanch iboralar: 

Eron,  Ko’chmanchilar,  Isfaxon,  Sheroz,  Tabriz,  Karmon,  Hamadon, 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti,  Tahmasp  II,  Yevropa    davlatlari,  Bobiylar, 

qo’zg’oloni,yarim  mustamlaka,  1905-yilgi  inqilob,  konstitutsiya,  aksilinqilob, 

Muhammad Alishoh, chet el interventsiya, I-jahon urushi. 

 

                 4.1.Eron  XVII-asr  ikkinchi  yarmi – XVIII-asrda. 

XVII  asrning  ikkinchi  yarmida  Eron  xo’jaligi  tushkunlikga  yuz  tutdi. 

Afg’onlar  va  turklarning  bosqinchilik  yurishlari  Eronning  bir  qator  viloyatlarini 

vayronaga aylantirdi. Eron feodallarining XVIII asr 30-40-yillaridagi bosqinchilik 

urushlari  va  XVIII  asr  ikkinchi  yarmidagi  o’zaro  urushlari  Eronni  yanada 

zaiflashtirdi.  Bularning  barchasi  keyinchalik  Eronga  Yevropa  kapitalistik  savdo 

monopoliyalarining kirib kelishi va mustahkam o’rnashib olishini osonlashtirdi. 

Eronda aholining asosiy qismini feodalga qaram bo’lgan dehqonlar – raiyat 

tashkil  etardi.    Ko’chmanchilar  (ilotlar)  o’troq  dehqonlarga  nisbatan  ancha  erkin 

yashardilar. Ularda patriarxal tartiblar va an’analar saqlanib qolgan bo’lib, xonlar 

hokimyati ma’lum darajada cheklanib qo’yilgan edi. Ko’chmanchilar uncha katta 

bo’lmagan  soliq  to’lardilar,  harbiy  xizmatni  o’tagan  taqdirda  esa  soliqdan  ham 

ozod qilinardilar. 

Ko’rib  o’tilayotgan  davrda  Eronda  har  birida  o’n  mingtagacha  aholi 

yashaydigan  20  ga  yaqin  katta  shaharlar  va  2-5  ming  aholi  yashaydigan  40  ga 

yaqin  kichik  shaharlar  mavjud  edi.  Isfaxon,  Sheroz,  Tabriz,  Karmon,  Hamadon 

kabi yirik shaharlar muhim savdo-hunarmandchilik markazlari edi.  



 

Kichik  shaharlar  qishloqlardan  deyarli  farq  qilmas  edi,  ularning  aholisi 



asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanardi. Ularda hunarmandlarning soni oz edi. 

Shahar aholisi turli xil soliqlarni to’lar va majburiyatlarni bajarar edilar. 

Shoh  Abbos  I  davrida  o’zining  eng  gullagan  davriga  erishgan  Safaviylar 

davlati  uning  vorislari  Safo  (1629-1642)  va  Abbos  II  (1642-1666)  davrida    hali 

ham kuchli bo’lsada lekin shu davrda tushkunlik alomatlari ko’rina boshlagan edi. 

Eron davlatining o’zidagi qo’zg’olonlar va unga qaram bo’lgan xalqlarning milliy-

ozodlik harakatlari Eron davlatini emira boshlamoqda edi. Shoh yerlari feodallarga 

berilishi  orqasida  qisqarib  bormoqda,  feodallarning  ajralib  chiqishga  bo’lgan 

harakatlari kuchayib, amaldorlarning o’zboshimchaligi oshib bormoqda edi. 

Shoh  Sulton  Xusayn  davrida  (1694-1722)  Safaviylar  davlatining 

inqirozi  yanada  kuchaydi.  Zamondoshlari  bu  shohni  aqlsiz  va  irodasiz,  aysh-

ishratga berilgan kishi deb tasvirlaydilar. 

Dehqonlarning  xonavayron  bo’lishi  va  tez-tez  sodir  bo’lib  turgan 

isyonlar  xon  xazinasini  bo’shab  qolishiga  olib  keldi,    hatto  askarlarga  maosh 

to’lashga ham pul yo’q edi. 

1701 yilda eski soliqlar oshirildi va yangilari joriy qilindi hamda oldingi uch yil 

uchun  soliqlar  undirib  olish  buyurildi.  Bu  tadbirlar  halq  ommasini  yanada 

qashshoqlashishiga olib keldi, lekin xazinaga tushayotgan mablag’ ko’paymadi. 

           Safaviylarning  ijtimoiy  tayanchi  ham  yo’qola  bordi, ularni  qabilalarning 

harbiy  feodal  qatlami  ham  qo’llab-quvvatlashdan  chetlana  boshladi,  qabila 

xonlari  esa  markaziy  hokimiyat  zaiflashganidan  foydalanib,  qabilaga  qarashli 

erlarni o’z mulkiga aylantirishga intilardilar. 

Ichki  va  tashqi  savdoning  qisqarib  ketishidan  zarar  ko’rgan  savdogarlar 

ham  Safaviylarga  muxolifatda  edilar.  Armaniston  va  Gruziyaning  xristian 

ruhoniylari  ham,  Ozarbayjon,  Dog’iston  va  Afg’onistonning  sunniy  ruhoniylari 

ham  xristianlarga  va  shia  bo’lmagan  musulmonlarga  nisbatan  dushmanlik 

siyosatini  o’tkazib  kelayotgan  shoh  hokimiyatiga  muxolifatda  edilar.  Yangi  soliq 

qonunchiligi natijasida masjidlarning daromadlari kamayib ketganligi sababli shia  

ruhoniylarining o’zlari ham shoh siyosatidan norozi edilar. 

Safaviylarga  qarshi  qo’zg’olonlar  kuchaydi.  1709  yilda  Qandahor 

gilzoiylarining    kalantar  (shahar  boshlig’i)  Mir  Vays  boshchiligidagi  qo’zg’oloni 

boshlandi.  Ular  shahardagi  eronliklar  garnizonini  qirib  tashlab,  hokimni  o’ldirib, 

viloyatni egalladilar. Sulton Husaynning  qo’zg’olonni bostirishga bo’lgan urinishi 

natijasiz tugadi. Qandaxor Safaviylar davlatidan ajralib chiqdi. 




 

 



Hokimiyat  tepasiga  kelgan  afg’on  feodallarining  yuqori  qatlami 

bosqinchilik urushlarini boshlab yubordi. Mir Vaysning o’g’li Mir Mahmud afg’on 

otliqlariga bosh bo’lib, 1722 yil yanvarda Kermanni egalladi. Keyin Yazd shahrini 

qo’lga  kiritolmagach,  Safaviylar  poytaxti  Isfaxonga  yurish  qilib,  uni qamal  qildi. 

Qamal  bir necha  oy  davom  etdi va  oktabrda  Isfaxon  taslim  bo’ldi.  Mir  Mahmud 

Isfaxonga g’olib sifatida kirib keldi va o’zini Eron shohi deb e’lon qildi. Shundan 

keyin Kashon, Qum va boshqa shaharlar unga taslim bo’ldi. 

Shoh  Sulton  Husayn  ag’darib  tashlandi,  uning  o’g’li  Tahmasp  Eronning 

Kaspiy bo’yidagi erlariga qochib ketdi, uni bu yerda qonuniy shoh deb tan oldilar. 

Turklar  1723  yil  bahorida  Gruziyaga  hujum  qilib  Tbilisini  egallagach,  Tahmasp 

yordam  so’rab  rus  podshosi  Pyotr  I  ga  murojaat  qildi.  1723  yildagi  Petrburg 

traktatiga  binoan  Tahmasp  II  Rossiya  tomonidan  ilgari  bosib  olingan  Darband  va 

Bokuni, shuningdek G’ilyon, Mozandaron va Arstrobodni Rossiyaga berishga rozi 

bo’ldi.  Rossiya  hukumati  o’z  navbatida  Tahmaspga  uning  dushmanlariga  qarshi 

kurashda yordam berish majburiyatini oldi. Rus qo’shinlari Reshtni egallab oldilar, 

lekin shohga va’da qilingan yordamni bermadilar. 1724 yilda Turkiya 1723 yildagi 

rus-eron  bitimini  tan  oldi.  Rossiya  ham  o’z  navbatida  Turkiyaning  Armaniston, 

Janubiy  Ozarbayjon  va  Kurdiston  ustidan  hukmronligini  tan  oldi.  Turklar  1725 

yilda  mahalliy  aholining  qarshiligini  bartaraf  etib,  Qazvin,  Ardabel,  Hamadon  va 

boshqa shaharlarni egalladilar. 

Bu  vaqtda  Erondagi  afg’on  feodallarining  turli  guruhlari  o’rtasida  kurash 

borardi va bu kurash  1725  yilda  Mir  Vaysning qarindoshi  Ashrafning  Eron  shohi 

deb e’lon qilinishi bilan yakunlandi. Ashraf o’z ajdodlariga nisbatan ancha ustalik 

bilan  siyosat  olib  bordi.  U  Eron  zodagonlarini  o’z  tarafiga  torta  oldi,  mamlakat 

xo’jaligini  va  savdoni  jonlantirish  uchun  ancha  ishlar  qildi.  Ashraf  1726  yilda 

turklarga  qarshi  chiqdi,  ba’zi  bir  g’alabalarga  erishgan  bo’lsa  ham  Ozarbayjon, 

Kurdiston,  Xuziston  va  Markaziy  Eronning  bir  qismi  ustidan  Turkiya 



 

hukmronligini  o’rnatilganligini  tasdiqlovchi  1727  yilgi  shartnomani  tan  olishga 



majbur bo’ldi. 

Afg’on xonlarining Erondagi 7 yillik hukmronligi aholini talash, shafqatsiz 

jazolash bilan birga bordi. Eron dehqonlari va shahar kambag’allari afg’on va turk 

bosqinchilariga qarshi kurashni to’xtatmadilar. 

XVIII asr  20-yillarining ikkinchi yarmida halq kurashi ayniqsa keskin tus 

oldi. Eron xalqining qattiq kurashi natijasida afg’on bosqinchilari qo’shini Qoshon, 

Qum, Qazvin, Tehron, Yazd shaharlarini tashlab, Isfaxonga qarab qochdilar. 

Ozodlik  harakati  natijasida  qizil  bosh  qabilasining  qirqli  urug’idan  Nodir 

oldingi  o’ringa  chiqdi.  Nodir  XVIII  asrning  20-yillari  boshida  Xurosonda 

bosqinchi to’da boshlig’i sifatida turli feodallarning harbiy xizmatida bo’lgan edi. 

U  1725  yilda  Tahmasp  II  xizmatiga  kirib,  shoh  yordamida  Xurosonlik  qudratli 

feodal Malik Mahmud Qiyoniyni engib, uning poytaxti Mashhadni egalladi. Nodir 

tez  orada  turkman  va  bir  qator  Xuroson  qabilalarini  ham  o’ziga  bo’ysundirdi. 

Astrobod  va  Mozandaronga  qarshi  olib  borilgan  urushlar  natijasida  u  Eronning 

barcha shimoli-Sharqiy viloyatlarini o’z qo’li ostida birlashtirdi. 

Uning  g’alabalaridan  tashvishga  tushgan  Ashraf  o’zining  asosiy  harbiy 

kuchlari  bilan  Xurosonga  yurish  qildi,  lekin  1729  yil  sentyabrda  Mehmondo’st 

daryosi bo’yida mag’lubiyatga uchradi. Ikkinchi marta esa Nodirdan noyabr oyida 

engildi. Afg’onlar Isfaxonni tashlab chiqib, chekinishga majbur bo’ldilar.  

Nodir  afg’onlarni  Erondan  quvib  chiqargach  turklarga  qarshi  1730  yilda 

urush boshlab, Xamadon, Kermonshox va Ozarbayjon shaharlarini egalladi. Lekin 

shoh Tahmasp II bilan bo’lgan jangda engilib, bu joylarni qo’ldan boy berdi. Nodir 

Xurosondagi afg’onlar qo’zg’olonini bostirgach, Taxmasp II ni taxtdan tushirdi va  

taxtga uning bir yashar o’g’lini o’tqazib, o’zi uning regenti bo’ldi. 

Nodir  1732-1733  yillarda  turklar  bosib  olgan  barcha  hududlarni  ulardan 

tortib  oldi.  1732  yildagi  Eron-Rossiya  shartnomasiga  ko’ra  Astrobod,  G’ilyon, 

Mozandaron,  1735  yilda  Boku  va  Darbant  ham  Eronga  qaytarib  berildi.  1736  yil 

boshiga  kelib  Nodir  ilgari  Safaviylar  davlati  tarkibiga  kirgan  barcha  hududlar 

ustidan o’z hokimyatini o’rnatdi. 

1736  yilda  Nodir  Tahmaspni  taxtdan  tushirib,    Eron  shohi  tojini  kiydi. 

Nodirshoh  qudratli  feodallarning  ta’sirini  cheklab  qo’yish  siyosatini  olib  bordi. 

Viloyat  noiblariga  beriladigan  yer  mulklarni  bekor  qilib,  ularga  maosh  belgiladi. 

Bir  qator  feodallarning,  shuningdek  diniy  va  xayriya  tashkilotlari  hini  musodara 

qilish hisobiga davlat hini kengaytirib bordi. 

Nodirshoh  hukmronligi  davri  (1736-1747  yy.)  to’xtovsiz  urushlar  bilan 

o’tdi. 1737 yilda Qandahor qo’lga kiritildi va bu shahar Eron qo’shini tomonidan 

talanib, vayron qilindi. 



 

Nodirshoh  1738  yilda  Xaybar  tog’  yo’lini  qo’riqlayotgan  mo’g’ul  shohi 



Muhammadning qo’shinini tor-mor etib, Peshavor va Panjob hududlarini egalladi. 

1739  yilda  esa  Dehlini  bosib  oldi.  Bu  yerda  u  aholini  talab  va  qirib,  juda  katta 

boylik  bilan  –  700  mln.  rupiylik  qimmatbaho  toshlar  va  boshqa  o’ljalar  bilan  

Hindistondan  chiqib  ketdi.  Mo’g’ul  shohi  bilan  1739  yilda  tuzilgan  shartnomaga 

muvofiq  Hinddan  g’arbdagi  nerlar  Nodirshohga  tegishli  bo’ldi,  Lahor  hukmdori 

esa unga har yili 2 mln. rupiy o’lpon to’laydigan bo’ldi. 

Nodirshoh 1740 yilda O’rta Osiyoga yurish qilib, Buxoro va Xiva xonligini 

bosib  oldi.  Xiva  xoni  Elbarsxon  unga  qattiq  qarshilik  ko’rsatgani  uchun  qatl 

qilindi. Bu ikki davlat Eron  vassaliga aylandi. 

1741-1743  yillarda  Nodirshoh  Dog’istonga  yurish  qildi,  lekin  mahalliy 

qabilalarning qarshiligini sindira olmay, chekinishga majbur bo’ldi. 

Nodirshohning  bosqinchilik  urushlari  natijasida  ulkan  feodal  imperiya 

tashkil  topdi.  Uning  tarkibiga  Erondan  tashqari  Armaniston,  Gruziya,  Dog’iston, 

Ozarbayjon,  Buxoro  va  Xiva  xonliklarining  bir  qismi,  Afg’oniston,  Belujiston 

kirardi.  

Nodirshoh  yer  munosabatlarida  va  ma’muriy  siyosatda  hokimyatni 

markazlashtirishga  va  davlatning  rolini  oshirishga  harakat  qildi.  Uning  davrida 

qizilbosh  feodallarining  yerlarini,  shuningdek  qisman  vaqf  yerlarini  musodara 

qilish  hisobiga  davlat  yerlarining  hissasi  ko’payib  bordi.  Bunday  siyosat 

Nodirshohning xalq ichidagi obro’sini oshishiga yordam berishi kerak edi. Lekin 

vaziyat  boshqacha  bo’lib  chiqdi.  Keksayib  qolgan  shoh  hammadan 

shubhalanadigan  va  juda  maydachi  bo’lib  qoldi.  Uning  shafqatsizligi  hukmron 

doiralar ichida ham, aholi o’rtasida ham norozilikni kuchaytirdi. Keyingi yillardagi 

harbiy  muvaffaqiyatsizliklar  natijasida  Nodirshoh  soliqlarni  keskin  oshirdi. 

Nodirshoh olib borgan ko’p sonli urushlar mamlakat xazinasini bo’shatib qo’ygan 

edi. Soliq to’lashga qurbi etmagan aholi qul qilib sotilardi. 

Nodirshoh  zulmiga  qarshi  xalq  qo’zg’olonlari  davom  etardi. 

Qo’zg’olonchilar  bir  necha  marta  shoh  qo’shinlarini  mag’lubiyatga  uchratdilar, 

lekin baribir kuchlar teng emas edi. 

1746  yilda  Seistonda  yirik  qo’zg’olon  boshlandi.  Qo’zg’olonni  bostirish 

uchun  u  yerga  yuborilgan  Nodirshohning  qarindoshi  Aliqulixon  ham 

qo’zg’olonchilar  tomoniga  o’tib  ketdi.  Qo’zg’olonni  bostirish  uchun 

Nodirshohning  o’zi  Seistonga  yo’l  oldi.  U  Xurosonga  etib  kelgach  Xabushonda 

ham  kurdlar  qo’zg’oloni  boshlanganligidan  xabar  topdi.  Nodirshoh  Xabushon 

yaqinidagi  lagerda  turgan  vaqtida      afg’on  harbiy  zodagonlarining  fitnasidan 

xabardor  bo’ldi.  U  o’zida  xizmat  qilayotgan  afg’on  va  o’zbek  yollanma  qo’shini 

yordamida  bu  afg’on  xonlarini  qirib  tashlamoqchi  bo’ldi.  Lekin  fitnachilar  undan 

oldinroq harakat qildilar. Ular kechasi shoh chodiriga bostirib kirib, uni o’ldirdilar 




 

va uning boshini qarindoshi Aliqulixonga yubordilar. Afg’on otliqlari guruhi Eron 



shohi qo’shiniga qarshi jang boshladi. Lekin shoh qo’shini son jihatdan ustun edi. 

Shuning uchun ham Ahmadxon va boshqa afg’on harbiy boshliqlari shoh xazinasi 

va  artilleriyasining  bir  qismini  olib,  Qandahorga  ketdilar.  Bu  yerda  1747  yilda 

mustaqil afg’on davlati tashkil topdi.   

Nodirshoh  o’ldirilgach  Eron  chuqur  siyosiy  inqirozni  boshdan  kechirdi, 

mamlakatda  o’zaro  urushlar  avj  olib  ketdi.  Eron  davlati  bir  qancha  mustaqil 

mulklarga  ajralib  ketdi.  Xurosonda  Nodirshohning  nabirasi  Shohrux  hukmronlik 

qilardi. Shimoliy  Ozarbayjon, Armaniston  xonliklari, shuningdek  Gruziya  amalda 

mustaqil  bo’lib  qoldilar.  Shimoliy  Eronning  bir  qismini  Hojarlar  qabilasi 

boshliqlari,  Janubni  esa  zendlar  qabilasi  boshliqlari  bosib  oldilar.  Sharqiy  Eron 

yana afg’onlar qo’l ostiga tushib qoldi. 

Mamlakat  tushkun  ahvolda  bo’lib,  ekin    maydonlari  qisqarib  ketdi, 

ocharchilik, kasallik tufayli aholining katta qismi qirilib ketdi. 

1758 yilda zendlik Karimxon  Hojarlar va ozarbayjonliklar ustidan g’alaba 

qozonib,  Eronning  katta  qismini  o’z  qo’li  ostida  birlashtirdi  va  deyarli  20  yilcha 

mamlakatni 

muvaffaqiyat 

bilan 


boshqardi. 

mahalliy 



feodallarning 

o’zboshimchaligini  cheklashga,  shaharlar  va  hunarmandchilikni  qayta  tiklashga, 

soliqlarni tartibga solishga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Rossiya 

bilan ham savdo-diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi. 

Karimxon  1779  yilda  vafot  etgach  Eron  yana  inqiroz  ko’chasiga  kirdi. 

Xonlar  o’rtasida  hokimyat  uchun  kurash  kuchaydi.  Ana  shunday  sharoitda 

Karimxon  tomondan  qamoqqa  tashlangan  Hojarlar  qabilasi  boshlig’i  Og’a 

Muhammadxon  qamoqdan  qochib  chiqishga  muvaffaq  bo’ladi  va  qattiq 

kurashlardan  keyin  1796  yilda  o’zini  Eronning  yangi  shohi  deb  e’lon  qiladi.  Bu 

bilan  Eronda  Hojarlar  sulolasining  hukmronligi  boshlandi.  Shoh  mamlakat 

poytaxtini Tehron shahriga ko’chirdi. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish