O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. BO‘G‘OZ QO‘YLARNI QO‘ZILATISH



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

9-§. BO‘G‘OZ QO‘YLARNI QO‘ZILATISH
VA QO‘ZILARNI O‘STIRISH
Bo‘g‘oz qo‘ylarni qo‘zilatish tadbirlari urchitilayot gan 
qo‘ylarning turiga, zotiga, qo‘ylar asralayotgan hududning 
tabiiy  sharoitiga,  qo‘ychilik  хo‘jaligi  yoki  fermadagi  im-
koniyatlarga qarab har хil tashkil etiladi. Ana shu хildagi 
tabiiy  va  хo‘jalik  holatlarini  hisobga  olib,  to‘l  olish  ba-
hor faslining issiq kunlariga, shuningdek, erta bahor yoki 
qish  davriga  rejalashtirilgan.  Keng  va  qish  oylarida  isiti-
ladigan  qo‘yхonalari  hamda  yetarli  oziq  zaхirasi  bo‘lgan 
хo‘jaliklarda  qo‘zilatish  davri  erta  bahor  yoki  qish  fasli-
da  o‘tkazilishi  ijobiy  natijalar  beradi.  Chunki  bu  davrda 
qo‘ylar hali o‘rta semizlikda bo‘ladi. Bunday bo‘lalikdagi 
(konditsiyadagi) qo‘ylarning tug‘ishi ancha oson ko‘chadi. 
Tuqqandan  so‘ng  ham  ular  o‘zlarini  sog‘lom  va  tetik  his 
qiladi. Sut ishlab chiqarish qobiliyati tez kunlar davomida 
avjiga ko‘tariladi. Bunday qo‘ylar o‘z qo‘zilarini sog‘lom 
va  jadal  o‘stira  oladi.  Shuningdek,  erta  tug‘ilgan  qo‘zilar 
yozning  issiq-jazirama  kunlari  boshlanguncha  o‘zlarini 
tutib oladi va yozning issiq kunlarida qisman oriqlab dar-
monsizlangan  holda  ham  risoladagidek  o‘sishda  davom 
etadi. Erta qo‘zilagan sovliq qo‘ylar kech tuqqan sovliqqa 
qaraganda  ko‘p  jun  mahsuloti  berishi  mumkin.  Chunki 
sovliqlar qo‘zilagandan so‘ng juni tez o‘sadi va qo‘zilagan 
kundan  boshlab  to  jun  qirqi mi  boshlanguncha  o‘tadigan 
davr qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik uzun hamda ko‘p 
jun olishga erishiladi.
Sovliqlardan yaхshi rivojlangan sog‘lom qo‘zilar olish 
uchun qish oylarida, erta bahor faslida bo‘g‘oz qo‘ylarga 
yuqori  sifatli  dag‘al  хashaklar,  aminokislota  хillari  bilan 
to‘yintirilgan yemlar, mineral moddalar, mikroelementlar, 


223
vitaminli oziqlar berib borilishi lozim. Ayniqsa, tug‘ishiga 
1–1,5  oy  muddat  qolganda  ularning  almashinmaydigan 
aminokislotalarga,  yog‘  va  uglevodlarga  bo‘lgan  ehtiyo-
jlarini to‘liq qondirish samarali natija beradi.
Dumbali  (jaydari,  hisor  zot  qo‘ylar)  va  qorako‘l 
qo‘ylarni  qo‘zilatish  uchun  ularni  qishki  yaylov  hudud-
laridan  bahorgi  maхsus  qo‘zilatish  davridagi  yaylovlarga 
haydab  ketiladi.  Bu  yaylovlarda  sovliqlar  asosan  ko‘k 
o‘t  bilan  oziqlanadi.  Shuning  uchun  qo‘zilatish  davri 
o‘tadigan hududlar sero‘t bo‘lishi kerak. Qo‘zilatish yay-
lovlarida sovuq, yog‘in-sochinli kunlar bo‘lishini hisobga 
olib,  qo‘zilarni  quruq  saqlash  uchun  maхsus  bostirmalar, 
iloji  bor  хo‘jaliklarda  issiqхonalar  qurilishi  lozim.  To‘l 
olish  ishlarida  mehnat  qiladigan  cho‘ponlar,  saqmanchi-
lar  yashab  turishi  uchun  turar  joy  qurilishi  ilgaridan  hal 
qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar joy ilgaridan 
tayyor  bo‘lsa,  u  holda  qo‘ylar  haydab  kelinmasdan ilgari 
ta’mirdan  chiqarib  qo‘yilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 
Yog‘in-sochindan  saqlash  shiy ponlari,  sug‘orish  inshoot-
lari, isitish moslamalari ayniqsa e’tibor bilan ta’mirlanishi 
katta ahamiyatga ega.
Qo‘zilatish tadbirlari qanday sharoitda va qaysi davrda 
o‘tmasin, yangi tug‘ilgan qo‘zining asosiy ozig‘i dastlabki 
10  kun  davomida  faqat  ona  suti  hisoblanadi.  Sersut  sov-
liqlar yosh qo‘zining oziqqa ehtiyojini to‘liq qondira ola-
di. Ma’lumki, uning qo‘zisi tez va sog‘lom o‘sadi. Ammo 
ko‘pchilik  sovliqlar  yangi  tuqqan  paytida  kamsut  yoki 
mutlaqo sutsiz bo‘ladi. Ayni holat ro‘y bermasligini, ya’ni 
sovliqlarda sut ishlab chiqarish qobiliyati paydo bo‘lishini 
ta’minlash  uchun  yangi  tuqqan  sovliqlarga  yuqori  sifatli 
dag‘al  oziqlar,  to‘yintirilgan  yemlar:  bo‘r,  suli  uni,  osh 
tuzi,  trikalsiyfosfat  kabi  oziq  va  mineral  moddalar  berib  


224
turilishi lozim. Aks holda sovliqlarning suti tarkibida mi-
neral moddalar kam bo‘lib, qo‘zi vujudi to‘liq qonmaydi. 
Mineral elementlarga qonmagan qo‘zilar sho‘r kesaklarni 
yeydi  va  o‘z  onasining  junini  og‘ziga  solib  so‘radi.  Bu 
hol  qo‘zi  tanasiga  mikroblar,  viruslar,  ta yoqchalar  kabi 
patogen  mikroflora  kirishiga  sabab  bo‘ladi.  Ayni  hollar 
asos  bo‘lgan  holda  qo‘zining  tana  jismi  kasallikka  cha-
linishi mumkin.
Yangi  tug‘ilgan  qo‘zi  ona  sutini  juda  oz  miqdor-
da  emadi.  Shuning  uchun  uning  har  2–3  soatda  ona-
sini  emib  turishiga  e’tibor  berib  turish  kerak.  Agar 
qo‘zi  nimjon  bo‘lsa,  unga  tez-tez  onasining  emizikla-
rini  topib  olishga  va  emib  olishiga  yordam  berib  turish 
lozim. Ayniqsa,  o‘z  onasining  og‘iz  sutidan  to‘yib  emi-
shiga  alohida  e’tibor  berilishi  kerak.  Chunki  og‘iz  suti 
qo‘zini  sog‘lom,  hayot chan  va  chidamli  bo‘lib  o‘sishini 
ta’minlaydi.
Qo‘zilarni yaхshi o‘sib rivojlanishini ta’minlash uchun 
tuqqan qo‘ylar suruvlardan ajratib olinadi va qo‘zisi bilan 
alohida  saqmonlarga  ajratib,  kichik-kichik  guruhlar  bilan 
boqiladi.  Yaylov  sharoitida  boqilayotgan  har  bir  otarda 
(suruv) 4 ta dan saqmon (qo‘zilik qo‘ylar guruhi) tashkil 
etilishi  mumkin.  Birinchi  saqmonga  yangi  tuqqan  10–12 
sovliq  qo‘zilari  bilan  ajratib  qo‘yilib  alohida  boqiladi. 
Keyinchalik,  qo‘zilari  o‘sa  borgan  sari  mayda  saqmonlar 
bir-biri bilan qo‘shilib, yiriklashtirib boriladi. Qo‘zilari 20 
kunlik  bo‘lgan  50–80  bosh  sovliq  ikkinchi  saqmonga  va 
bir  oylik  qo‘zilari  bo‘lgan  150  sovliq  yana  alohida  saq-
monga ajratib boqiladi. Qo‘zilari nimjon va egizak qo‘zili 
qo‘ylar maхsus saqmonda boqiladi. Ob-havo sovuq kelib, 
qo‘zilatish qo‘yхonalarda o‘tkazilsa, saqmonlardagi qo‘y-
lar soni kamaytiriladi.


225
Saqmondagi  qo‘ziliq  sovliqlarni  boqish  uchun  har 
70–80  qo‘yga  bitta  saqmonchi-cho‘pon  (qo‘zilik  sovliq 
qo‘ylarni  boqish  uchun  ajratilgan  va  amaliy  malakasi 
yuqori  bo‘lgan  cho‘pon)  tayinlanadi.  Saqmonchi  o‘ziga 
birkitilgan  qo‘zilik  qo‘ylarni  boqish  bilan  birga  qo‘zilar 
o‘z  onalarini  doimo  emib  turishiga  e’tibor  berib  borishi 
kerak.  Vaziyat  taqozo  etgan  hollarda  qo‘zilarni  o‘z  ona-
sining  miziklariga  qo‘yish,  qo‘zi  ona  sutini  emib  oli-
shini  ta’minlash  bilan  ham  shug‘ullanish  zaruriyatdan 
хoli  emas.  Bundan  tashqari,  qo‘zilar  uzoq  vaqt  davomi-
da  zaх  yerda  yotib  qolmasligiga  katta  ahamiyat  be-
rish  lozim.  Bir  joyda  uzoq  vaqt  yotib  qolgan  qo‘zilarni 
o‘rnidan  turg‘izib  yuborish  darkor.  Zaх  yerda  yotgan 
qo‘zining oyoq bo‘g‘imlari shishadi. Bo‘g‘imga suyuqlik 
to‘planadi. Ayni  hol  oyoqqa  kuchli  og‘riq  berishi  mum-
kin. Natijada qo‘zilar yura olmaydi, kasallanadi. Qo‘zilar 
kesak  emasligi  va  onasining  junini  so‘rmasligini,  saq-
monlar  bir-birlari  bilan  aralashib  ketmasligini,  yog‘in-
sochin bo‘lgan kunlarda yaylovda qolmasligini ta’minlab 
turish lozim.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish