— iqtisodchi ilmiy xodim.
O'zbekiston Prezidentiniiig Konstitutsiyaviy maqomi
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobida O'zbekiston Prezidentining
Konstitutsiyaviy maqomi aniq belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaning 89- moddasida
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi, deb
belgilab qo'yilgan. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
Konstitutsiyaning 93- moddasida O'zbekiston Prezidentining vazifalari, uning
vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |