,,Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish
asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash,
respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq
belgilab qo'yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo'ladi".
I. A. Karimov. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. 16-bet.
O'zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakllantirishda xalqaro
tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. ,,Parlament"
fransuzcha ,,parler" — gapirmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, rasmiy so'zlashish joyi
ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo'yicha belgilangan sondagi
deputatlardan iborat bo'lib, hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida
belgilangan yoshga to'lgan fuqarolardan saylanadi.
Parlament tarixi asrlar bilan o'lchanadi. Parlamentarizm g'oyasi milodning birinchi
ming yillik bo'sag'asida Rimda, Angliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida
vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko'tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot
bosqichlaridan o'tgan. Parlament Angliyada 1215-yilda qabul qilingan ,,Erkinlikning Buyuk
Xartiyasi" dan boshlanadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida
ta'sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi.
Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Finlyandiya va
Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O'zbekis tonda Oliy Majlis va hokazo.
O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun
chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekiston
demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borib, birdaniga Oliy
Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat
organi sifatida faoliyat ko'rsatdi.
Mustaqil O'zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo'lib
qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O'zbekistonning
mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga
qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo'lidan bordi va uni
qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor
1990- yil 24-mart kuni O'zbekiston Prezidentini sayladi, Mustaqillik deklaratsiyasini,
O'zbekistonning davlat raustaqilligi asoslari to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonunni va
boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash
200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi.
O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida
demokratik
tamoyillarga
asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning
76- moddasida: ,,O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi
bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", — deb belgilab qo'yilgan.
Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasida bir palatali parlament — Oliy
Majlisni shakllantirishgakirishildi.
Parlamentni shakllanti rishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari
1993 yil 28-dekabrda bo'lib o'tgan - Respubhka Oliy Kengashmmg XIV
sessiyasida ,,O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida", 1994- yil 22-
sentabrda bo'lib o'tgan XVI sessiyada ,,O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida"
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish
zaruriyati kun tartibiga qo'yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir
qator qonun va me'yoriy hujjatlar harnon amalda bo'lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan
yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo'yilgan maqsadlarni
amalga oshirishga monelik qilardi.
Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta'sirdan xoli, xalqning o'ziga xos tarixiy,
axloqiy-ma'naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish,
taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo'lidan borish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga huquqiy asos bo'ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada
rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. Oliy Majlis oliy
davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy
saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250
nafar deputatdan iborat bo'lishi belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va ,,O'zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi to'g'risida" gi Qonunga muvofiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
-
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish,
unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
-
O'zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda
ularga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
-
O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy
yo'nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul
qilish;
-
ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo'li bilan
tartibga solish, O'zbekiston Respublikasining chegaralarini
o'zgartirish;
-
boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo'li bilan tartibga solish;
-
davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish,
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish;
-
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi mini
va vakolatlarini belgilash;
-
xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash)
va denonsatsiya (barvaqt to'xtatish) qilish;
-
Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash,
Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
-
vakolati tugashi munosabati bilan O'zbekiston Respubli kasi
Prezidenti saylov kunini tayinlash;
-
Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo'jalik sudlarini saylash;
-
Vazirlar Mahkamasi a'zolarini, Bosh prokuror va uning
o'rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to'g'risidagi
Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Saylov kunigacha 25 yoshga to'lgan O'zbekiston Respubli kasining fuqarolari
parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va
moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
turi bo'yicha hech qanday cheklashlarga yo'l qo'yilmaydi. Shu bilan birga, ,,oliy Majlisga
saylovlar to'g'risida"gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha
o'tgan 5 yil mobaynida O'zbekiston hududida yashamagan, harbiy txtisosli, diniy xizmatchi
fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro'yxatiga olinmaydilar.
Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu
narsa belgilab qo'yilganki, hukumat a'zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor
shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o'rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat
organlarining mansabdor shaxslari (viloyat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno)
Oliy Majlis deputati bo'la olmaydilar.
O'zbekiston Respublikusi Oliy Majlisiga saylovlar
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengasnimng 1994-yil sentabrda bo lib otgan XVI
sessiyasi 1994-yil 25- dekabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga
saylovlar o'tkazishga qaror qildi.
1994- yil 14—15- noyabrda Toshkentda Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi okrug
saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo'lib o'tdi. Seminarda respublikada
saylov tizimini isloh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar kengashda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining O'zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O'zbekistondagi
Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Hark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi
Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o'z
fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana —
saylovlar oldidan O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo'lida oldinga bosilgan
qadambo'ldi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o'tkazish uchun Respublika bo'yicha 250 okrug
va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro'e'tibor
va hurmat qozongan, partiyasiz bo'lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar
qo'yishda ko'ppartiyaviylik va muqobillik ta'minlandi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga ,,Xalq demokratik partiyasi"
dan, ,,Vatan taraqqiyoti" partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan, jami 700
nomzod ro'yxatga olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun
kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Ovoz berishda ro'yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya'ni 10
million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar
qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish yo'li bilan o'tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarii ovoz ololmagan saylov
okruglarida 1995-yil 8-va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo'ldi.
Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro
tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Shuningdek, ,,Reyter",
,,Interfaks" agentliklari, ,,Bi-Bi-Si" radiokompaniyasi, ,,Ostankino" telekompaniyasi va
boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi.
Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy
Majlisga 250 deputat saylandi. Shu tariqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga
bo'lgan saylov lar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo'l bilan parlamentni
shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo'ldi.
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respubhkasi Oliy Majlisinig birinchi sessiyasi
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
1995- yil 23-24- fevral kunlari Birinchi chaqiriq O'zbekiston Resbubkasi Oliy
Majljsini birinchi Sessiyasi bo'lib o tdi. Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi ning Raisi va to'rt kishidan iborat Rais o'rinbosarlari saylandi. E. H. Xalilov Oliy
Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva, A. Q. Qosimov, Qoraqalpog'iston
Respublikasi vakili — Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o'rin-
bosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab
chiqishning asosiy yo'nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta
qo'mitasi tashkil etildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |