Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — O'zbekiston Res publikasi tashqi
siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo'yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17-
moddasida: ,,O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir.
Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan
tahdid qilmaslik, chegara-larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e'tirof
etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deb belgilab qo'yilgan.
Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta'minlash maqsadida
boshqa davlatlar bilan ittifoq va do'stona aloqalar o'rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |