To'rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil —
bu demokratiyaga sodiqlikdir.
Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e'lon qilinadi hamda insonparvar
demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy
demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e'tirof etilgan qoidalarning
ustunligi tan olingan. O'zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo'yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |