3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O’zbekiston milliy iqtisodiyotini
rivojlantirish, uning barcha sohalardagi xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash,
eksport salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi o’rnini yaxshilab borish
ko’p jihatdan uning ichki geosiyosiy tuzil-masi – viloyatlar (mintaqalar)
salohiyatidan har tomonlama foydalanishga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov hozirgi davrda mamlakatimiz oldida turgan ustivor
vazifalar qatorida “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan
og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash,
uni diversifikasiya va modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta
jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur”, deb ta’kidlaydi
1
.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak
natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish
quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va
ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi,
bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb
etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga
oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan
hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat
qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz
farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta
murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan
muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.
O’zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanishi ma’lum bir bos-qichni bosib
o’tgan, o’z tarixiga ega bo’lgan sohalardan biri. Sobiq sho’rolar davrida
o’lkamizda qishloq xo’jaligi mashina-lari ishlab chiqaradigan «Tashselmash»,
«O’zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash»
1
Каримов И. А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада
юксалтиришдир - Т.: “Ўзбекистон”, 2010, 18-б.
4
hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar
edi. Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga
ega emas edi.
Sobiq Ittifoqning o’nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh
korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O’zbekistonda yig’ilar edi, xolos. Bu
O’zbekiston mashinasozlik industriyasini rivojlantirishga emas, aksincha uning
iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o’zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli
bo’lib, u 1993 yilning mart oyida «O’zDEU-avto» nomi bilan ro’yxatdan
o’tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish
korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining
boshlanishi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va
avtomobilsozlik keng rivojlanish yo’lida borishni davom etmoqda.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joizdir. Jahon mamlakatlari tarixi
guvoxdik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlargina avtomobil
industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSh, G’arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va
Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh
berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy
baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O’zbekiston esa kuchli
raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar
orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: