VX=
𝑲𝑴∗𝑽𝑺
𝟏𝟎𝟎
bu yerda:
KM – kredit hajmi;
VS – vositachilik harajatlari stavkasi. U umumiy vositachilik harajatlari
summasini to‘lov davriga bo‘lib topiladi.
Bundan tashkari, lizing beruvchi lizing ob’ektini saqlash, uni lizing oluvchiga
yetkazib berish, o‘rnatish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xodimlarni
o‘rgatish va turli maslahatlar berish kabi qo‘shimcha harajatlar kiladi. Ko‘shimcha
harajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
QX = SX + KX + RX + BX
bu yerda:
SX – xizmat safari harajatlari;
KX – ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha harajatlar;
R – reklama harajatlari;
BX – boshqa harajatlar.
Bugungi kun amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan, lizing oluvchi lizing
to‘lovlarini amalga oshirayotganida uning amortizatsiya ajratmalariga, foizlarga,
vositachilik va qo‘shimcha to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatgan holdagi yoyilmasini
ilova qilishi shart. Lizing to‘lovlari kelib tushganidan keyin, bank uning yoyilmasiga
mos ravishda buxgalterlik o‘tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari
lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisobvarag‘ining kreditiga o‘tkazish orqali kreditni
to‘lashga yo‘naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa to‘lovlar bank
daromadiga qo‘shiladi.
Bu yerda shuni qayd etib o‘tish kerakki, lizing to‘lovlari lizing
shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofik, har bir ayrim holatlar bo‘yicha turlicha
hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga imtiyozli davr
belgilanishi, ba’zi hollarda lizing to‘lovini kechiktirib to‘lashga kelishiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to‘lovlari lizing oluvchi tomonidan tomonlar
kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan
jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing to‘lovlarining shakli lizingga olingan
uskunada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishidan kelib tushgan pul
mablag‘laridan amalga oshirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda lizing to‘lovlarini hisoblashda pul mablag‘larining oqimi
(PMO) usulidan ham foydalanib kelinmokda. Koeffitsiyentlar usuliga muvofiq
bo‘lish bilan bir qatorda, tarkibiy qismlar (yuqorida keltirilgan dastlabki usul) usuliga
muvofiq bo‘lgan hamda lizing kompaniyalari o‘zlarining harajatlarini qoplash uchun
lizing to‘lovlaridan tushgan pul mablag‘lari yetarli ekanligini aniqlash uchun albatta
qo‘shimcha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari lozim.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasining lizingni rivojlantirish bo‘yicha iqtisodchisi
Veronika Shtelmax avvalambor, lizing kompaniyasining pul oqimlariga asoslanishni
taklif etadi. Bunda lizing shartnomasining muayyan davrida lizing kompaniyasining
harajatlari va lizing kompaniyasi tomonidan qo‘shib beriladigan komission haqi
hisobga olinadi, xolos. Lizing kompaniyasining lizingga taalluqli bo‘lmagan
faoliyatidan olingan daromadlar va harajatlari hisobga olinmaydi.
Biroq PMO usulining tarkibiy qismlar usulidan farqlari mavjud. Nihoyat kredit
bo‘yicha foizlar kreditlash davri bo‘yicha uning o‘rtacha qismi bo‘yicha emas, balki
ssuda qarzining qoldig‘i bo‘yicha hisoblanishi lozimligi e’tirof etiladi.
V.Shtelmax lizing to‘lovining asosiy tarkibiy qismi deb, bitimni amalga
oshirish uchun olingan bank krediti bo‘yicha to‘lovlarni oladi, moliyalashtirishning
kredit so‘mmasi lizingga beriladigan mol-mulkning qiymatiga teng degan fikrlarni
ilgari surgan. Bu barchamizga ma’lum bo‘lgan kreditni qoplash jadvali, ya’ni asosiy
qarz qismini qoplaydigan to‘lovlar va qoplanmagan qismi bo‘yicha foizlardan iborat
bo‘lgan teng miqdordagi to‘lovlardir. Bunday jadvalni hisoblash uchun qo‘yidagi
formulani qo‘llaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |