18
Tarixiy jarayonlarni tushuntirib berishda Danilevskiy ilgari surgan nazariyaning
o’rni beqiyos. Biz bu nazriya yordamida nima uchun ba’zi xalqlar qolgan
xalqlardan oldingi o’tib ketganligi va aksincha ba’zilarining qoloq bo’lib
qolganligi sababini tushuntirib berishga yordam beradi. Uning fikrlaridan shu
ma’lum bo’ladiki har bir xalq o’z sivilizatsiyasini yaratish o’z qo’lida. Dunyoda
yagona sivilizatsiya yo’q. Danilevskiy ko’p qutbli dunyo nazariyasini ilgari suradi
va bir sivilizatsiyaning qolgan sivilizatsiyalar ustidan hukmronlik qilishiga qattiq
qarshilik bildiradi. Uning fikricha yakka hukmronlikka intilish bu sivilizatsiyaning
halokatiga olib keladi. “Rossiya va Yevropa” asarida olim yevroasentrizm
g’oyalari qanchalik xato va bir yoqlama ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Yevropa sivilizatsiyasi gullab yashnagan davrda u bilan parallel ravishda boshqa
sivilizatsiyalar ham bo’lgan. Biror sivilizatsiya boshqa sivilizatsiya rivojiga
qarshilik ko’rsatishini Danilevskiy bosqinchilik deb ataydi va Yevropani shu
narsada ayiblaydi. Rossiyaning bosqinchilik siyosatini ko’rib chiqadigan bo’lsak
danilevskiy fikriga ko’ra , rus xalqi asosiy yerlarni bosib olish bilan emas, balki
tabiiy ko’chib joylashish orqali egallagan. Danilevskiy quyidagi fikrlarni
Rossiyaning bosqinchilik siyosatini oqlash maqsadida, aytgan. Bu fikrlar
yordamida
Danilevskiy
Rossiya
Yevropa
singari
bosqinchi
emasligini
isbotlamoqchi
5
. Aslida ham shundaymi, Nahotki O’rta Osiyo, Kavkaz, Sibir yerlari
ruslar fikricha tabiiy ko’chish yo’li bilan egallangan bo’lsa, bu yerdagi xalqlar
ruslarni quchoq ochib kutib olishgan bo’lsa. Albatta bu Danilevskiyning fikri. Rus
armiyasining qanday bosqinchilik siyosatini olib borganligi, katta hududlar nima
evaziga qo’lga kiritilgani ko’pchilikka ma’lum.Danilevskiy firicha har bir millat
o’zining g’oya, maqsadlarini, amalga oshirishi, o’z manfaatlarini himoya qilishi
zarur. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa millat o’z siyosiy mustaqilligiga
erishgan bo’lishi kerak. Biror xalqning mustqilligini boshqa bir davlat tomonidan
yakson qilinishini Danilevskiy qotillik bilan tenglashtiradi va bunga qarshi fikrlar
bildiradi.
6
Uning fikricha mana shu narsa bosqinchilikdir.Barhayot bo’lmagan
5
N.Y.Danilevskiy “Rossiya va Yevropa” 24-bet
6
Qarang 26-bet
19
narsani hayotini to’xtatib bo’lmaydi: tana a’zolari bir-biri bilan bog’lanmagan
tanani jarohatlab bo’lmaydi. Danilevskiy bu fikrlari bilan aytmoqchiki, Rossiya
davlati bosib olgan xalqlar bular uyushmagan, o’z milliy davlatiga ega bo’lmagan,
mustaqillik va ozodlik haqida o’ylashga qodir bo’lmagan xalqlardir, shu sababli
Rossiya davlatining bu ishini bosqinchilik deb atab bo'lmaydi.
7
Danilevskiy bu
bilan O’rta Osiyo xalqlarinin bosib olinishin oqlamoqchi bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: