Nikolay Danilevskiyning hayoti va ijodi.
Nikolay Yakovlevich Danilevskiy 28-noyabrda 1822-yilda Orlov guberniyasida
general oilasida dunyoga keldi. Uning otasi 1812-yilda Moskva universitetidagi
o’qishini tashlab harakatdagi armiya safiga borib qo’shiladi. 1813-yilda
Leypsigdagi “xalqlar urushi” nomini olgan jangda yaralanadi. Danilevskiyning ota-
onasi farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun qo’llaridan kelgan barcha harakatni
amalga oshiradilar. Xususiy maktabda ta’lim olgandan so’ng, mashhur Sarskosel
litseyiga (Царскосельскийлицей) qabul qilinadi. Undan so’ng esa Danilevskiy
Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetiga erkin tinglovchi sifatida
qabul qilinadi. 1849-yilda Danilevskiy botanika kafedrasida Orlov Florasi bo’yicha
magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi. O’sha yili Yula guberniyasida ilmiy
tadqiqot bilan shug’ullanayotganida xibsga olinadi va Peterburgga jo’natiladi.
Petrashev ishi bo’yicha tergov qilinadi va 3 oy qamoqda o’tirgandan so’ng,
ayibsizligi isbotlanib ozodlikka chiqariladi.Shundan so’ng uniPeterbirgdan
Vologdaga jo’natishadi. U yerda oddiy idora ishlari bilan shug’illanadi. Shunday
sharoitda ham ilm payida bo’ladi va bu yerda “Vologda guberniyasi iqlimi” nomli
ilmi asar yozadi. Va bu asar Rus geografiya jamiyati tomonidan taqdirlanadi. 1853-
yilda Danilevskiy Volga va Kaspiy dengizida baliqchilikni tadqiq etish uchun
professor Bera boshchiligidagi ekspeditsiyaga jo’natiladi. Ekspeditsiya boshlig’i
Karl Ber Danilevskiy iqtidorini qadriga yetib, eng qiyin vazifalarni unga
topshiradi. Bu ekspeditsiyada to’plagan tajribasi bekor ketmadi va oradan besh yil
o’tgach Danilevskiyning o’zi Oq dengiz va Shimoliy Muz okenidagi baliq
zahirasini tadqiq qilish uchun ekspeditsiya rahbari etib tayinlanadi. Qaytib
kelgandan so’ng xizmatlari uchun geografiya jamiyatining oltin medali bilan
taqdirlanadi. Undan so’ng, Azov dengizi, Qora dengizga ham ekspeditsiyalr
uyshtiradi. Jami Danilevskiy 9 ta ekspeditsiyada qatnashadi.
3
Keyinchalik u
tomonidan baliqchilik haqidagi qonunning ba’zi qismlari ishlab chiqiladi va bu
qonunlar XX asr oxirigacha amal qildi.
3
Страхов Н.Н. Жизнь и труды Н.Я. Данилевского.// Данилевский Н.Я. Россия и Европа. СПб., 1995.
11
1864-yilda Danilevskiy Qrimning janubiy qirg’og’i Mshatkaga ko’chib o’tadi. Bu
yerdan uncha qimmat bo’lmagan katta bog’I bor uyni sotib oladi. Bu uyda Straxov,
boshqa
slavyanafilistlar
yeg’ilib
turishar
edi.
Ular
orasida
mashhur
slavyanafilistlardan I.S.Aksakov ham bore di.
24-aprel 1877-yilda Aleksandr II Rossiyaning Turkiyaga qarshi urishga kirgani
haqida manifestni imzoladi. Danilevskiy bu hodisalarni ijobiy kutib oladi. Bu
urush orqasidan Slavyan xalqlarining Turkiya hukmronligidan ozod bo’lishini
ko’zlagan edi. Urush Rossiya foydasiga 3-mart 1878-yilda San-Stefano
shartnomasini imzolanishi bilan tugaydi. Bu tinchlik shartnomasi Bolgar, Rumin,
Serb va Chernagoriya xalqlariga ozodlik olib keldi. Lekin tez orada hammaasi yo’q
bo’ldi. Yevropaning Buyuk davlatlari bu voqeani yaxshi kutib olmadilar. Dizraeli
hukumati Rossiyani tiyib qo’yish uchun Marmar dengizga desant tushirdi va
Qrimga ham ingliz desantlari kirib keldi. Danilevskiy Qrimni biroz muddatga tark
etishiga to’g’ri keldi. Shundan so’ng Berlin kongressida San-Stefano shartnomasi
ko’rib chiqildi.. Rossiyaning tashqi siyosatdagi omadsizligi Danilevskiyning
qalbini , uning ruhiyatini qiyin ahvolga solib qo’ydi.Tushkunlik kayfiyatidan
qutulish uchun Danilevskiy vaqtni ilm , ish bilan o’tqazadi.
4
Ayni shu yillarda u
o’zining ikki to’mlik asari “Darvinizm” ni yozib tugatadi. Bu asrda Charlz
Darvinning turlarning tabiiy tanlanishi nazriyasini qattiq tanqid ostiga oladi,
Darvinning evolutsion nazriyasini rad etadi. O’z asarida bunga bir talay isbotlar
keltiradi. Yurak xastaligidan navbatdagi ekspeditsiya paytida Danilevskiy
Tibilisida 1885-yil 7-noyabrda vafot etadi. Danilevskiy o’zining 20 yil umrini
o’tqazgan yer Mshatkaga dafn qilinadi.
Uning asosiy asari dastlab “Zarya” jurnalida chop etilgan “Rossiya va Yevropa”
asaridir. Danilevskiyning keying katta ijodiy ishi bu “Darvninzm” asaridir. Bu asar
1885-yilda chop etilgan va 2 ta katta tomdan iborat. Bu asarda Danilevskiy
Darvinning nazariyasini asossizligini isbotlashga harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |