TAQIM ARTERIYASI
Son arteriyasi canalis adductorius dan taqim osti chuqurchasiga chiqishi bilan a.
poplitea deb ataladi. Taqim arteriyasi kalta, yo‘g‗on arteriya bo‘lib, uning orqa va
lateral tomonida v. poplitea, n.ischiadicus yoki uning
n.tibialis tarmog‗i ketma-ket
joylashgan. Taqim arteriyasi fossa poplitea ning boshlanish qismida son suyagiga
taqalib yotadi, ustidan esa faqat m.semimembranosus ning distal qismigina yopib
turadi. Arteriyaning qolgan pastki qismi m.popliteus ning ustidan yo‘naladi va
m.gastrocnemius bilan m.soleus larning boshlanish qismlarini o‘rab turadi. A.poplitea
ana shu yerda, ya‘ni canalis cruropopliteus ning boshlanish qismida aa.tibialis
anterior et posterior ga bo‘linadi.
Taqim arteriyasi quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
1. T i z z a n i n g u s t k i - ch e t k i a r t e r i y a s i (a.genus superior lateralis)
a.poplitea dan son suyagining condylus lateralis tepaligi oldida chiqib, m.biceps
ostidan tizza qopqog‗i sohasiga boradi va rete articulare genus ni hosil qilishda
qatnashadi.
2. T i z z a n i n g u s t k i - i ch k i a r t e r i y a s i (a.genus superior medialis)
a.poplitea dan condylus medialis femoralis ning ro‘parasida boshlanadi,
m.semimembranosus bilan m.adductor magnus ostidan o‘ta turib ularga tolalar beradi
va tizzaga borib rete articulare genus ga qo‘shiladi.
3. T i z z a n i n g p a s t k i - ch e t k i a r t e r i y a s i (a.genus inferior lateralis)
taqim osti arteriyasidan condylus lateralis tibiae tepasida chiqib, caput laterale
m.gastrocnemius ostidan (bu yerda muskulga tarmoqchalar beradi) tizzaga boradi va
rete articulare genus ga qo‘shiladi.
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
458
4. T i z z a n i n g p a s t k i - i ch k i a r t e r i y a s i (a.genus inferior medialis)
a.poplitea dan condylus medialis tibiae ning Yuqori chegarasida boshlanib, bir oz
pastga tushadi, caput mediale m.gastrocnemius ostidan o‘ta turib, unga tola beradi va
tizza sohasidagi rete articulare genus ni hosil qilishda qatnashadi. Tizza arteriyasi
tizza Bo‗g‗imini qon bilan ta‘minlashda va Yonlama qon aylanishida muhim
ahamiyatga ega.
5. T i z z a n i n g o‘ r t a (t o q) a r t e r i y a s i (a.genus media) capsula
articularis ni teshib o‘tib, Bo‗g‗im bo‘shlig‗iga o‘tadi va lig.cruciata larga tarqaladi.
1 – a. poplitea; 2-genus superior lateralis; 3-a.genus superior medialis; 4-a.genus inferior
lateralis; 5- a.genus inferior medialis; 6 -a.genus media; 7 - a.tibialis anterior; 8 - a.recurrens tibialis
posterior; 9 - a.tibialis anterior.
Do'stlaringiz bilan baham: |