AMALIY MASHG„ULOT №33
Ichki va tashki Yonbosh arteriyalar. Oyok arteriyalari. Umumiy Yonbosh
arteriyasi, ichki va tashqi Yonbosh arteriyalari, tarmoqlari. Chanoq devorining va
a‘zolarining qon bilan ta‘minlanishi. Son arteriyasi va uning shohlari. Taqim osti
arteriyasi va uning shoxlari. Orqa katta boldir arteriyasi, oldingi katta boldir arteriyasi
va ularning shohlari va oyoq kafti ostidagi ikkita arterial ravoq.
I ch k i yo n b o sh a r t e r i y a s i (a. iliaca interna) yo‘g‗on va kalta bo‘lib,
umumiy Yonbosh arteriyasidan articulatio sacroiliaca ning damida chiqadi va m.
psoas major ning medial tomonidan kichkina Chanoq bo‘shlig‗iga tushadi. A. iliaca
interna seroz parda bilan qoplangan bo‘lib, old tomonidan siydik yo‘li, orqa
tomonidan v. iliaca interna yo‘naladi.
A. iliaca interna kichik Chanoq bo‘shlig‗ida foramen ischiadicum major ning
tepa chekkasiga borib, old va orqa tarmoqqa bo‘linadi. A. iliaca interna ning orqa
shoxidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Yo n b o sh - b e l a r t e r i y a s i (a. iliolumbalis) m. psoas major ning orqa
tomonidan fossa iliaca ga boradi va bel-Yonbosh muskullariga, orqa miya hamda
qattiq pardaga tarqalib, a. circumflexa ilii profunda (a. iliaca externa tarmog‗i) bilan
tutashadi.
Chanoq bo‘shlig‗ining qon tomirlari.
1 – A.mesenterica inferior; 2 – V.cava inferior; 3 – R.iliacus a.iliolumbalis; 4 – A.iliaca
interna dextra; 5 – M.iliacus; 6 – A.et v.iliacae externae dextrae; 7 – A.circumflexa ilium profunda;
8 – A.epigastrica inferior; 9 – A.vesicalis superior; 10 – A.et v.obturatoriae; 11 – N.obturatorius; 12
– A.vesicalis inferior; 13 – M.obturatorius internus; 14 – A.et. vv.rectales mediae; 15 – M.levator
ani (m.iliococcygeus); 16 – M.sphincter ani externus; 17 – N.pudendus; 18 – A.et v.pudendae
internae; 19 – M.coccygeus; 20 – A.et v.gluteae inferiores; 21 – N.pudendus; 22 – M.piriformis; 23
– A.et v.gluteae superiores; 24 – Ganglia sacralia trunci sympathici; 25 – Aa. sacrales laterales; 26 –
Truncus lumbosacralis; 27 – A.iliolumbalis; 28 – R.spinalis; 29 – A.et v.iliacae communes dextrae;
30 – Discus intervertebralis; 31 – Canalis vertebralis; 32 – Aorta abdominalis.
452
2. D u m g‗ a z a n i n g y o n a r t e r i y a s i (a. sacralis lateralis) dumg‗aza
chigali nervlarini, mm. levator ani et piriformis larni qon bilan ta‘minlaydi.
3. D u m b a n i n g u s t k i a r t e r i y a s i (a. glutea superior) a. iliaca interna
ning davomi bo‘lib, Chanoq bo‘shlig‗idan foramen suprapiriforme orqali n. gluteus
superior bilan chiqadi va dumba muskullariga tarqaladi.
4. Y o p q i ch a r t e r i y a (a. obturatoria) canalis obturatorius orqali sonning
medial tomoniga borib adduktor muskullar va m. obturatorius externus ga tarqaladi.
5. D u m g‗ a z a n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. glutea inferior) foramen
infrapiriorme orqali a. pudenda interna va n. ischiadicus bilan birga chiqadi, dumba
muskullari bo‘ylab tarqalib, quymich nerviga shoxchalar beradi va aa. glutea
superior, obturatoria et circumflexa femoris medialis lar bilan anastomozlashadi.
A. iliaca interna ning old yoki visseral arteriyalari quyidagi arteriya
tarmoqlaridan iborat.
1. K i n d i k a r t e r i y a s i (a. umbilicalis) embrional rivojlanish davrida a.
iliaca interna ning old tarmog‗idan chiqib, kichik Chanoqning Yonbosh devori
bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi, keyin qorin bo‘shlig‗ining oldingi devoriga (qorin
bo‘shlig‗iga) qaragan Yuzadan kindikka boradi. Bola tug‗ilib, kindigi kesilgandan
so‘ng arteriyaning teshigi asta-sekin yopilib, lig. umbilicale mediale ga aylanadi.
Lekin bu boylamning boshlang‗ich qismi arteriya holatini saqlab qoladi va aa.
vesicales superiores (qovuqning Yuqori arteriyalari)ni beradi. Bular qovuqning
Yuqori bo‘limiga borib tarqaladi va a. vesicalis inferior bilan anastomozlashadi.
2. S i y d i k y o‘ l i t a r m o q l a r i (rami ureterici) ba‘zan a. umbilicalis dan
boshlanib, ureter ni qon bilan ta‘minlaydi.
453
3. Q o v u q n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. vesicalis inferior) qovuq tubi
urug‗ pufakchalari va prostata bezini qon bilan ta‘minlaydi, siydik yo‘lining pastki
qismiga rami ureterici ni beradi va a. vesicalis superior bilan anastomozlashadi.
4. U r u g‗ y o‘ l i a r t e r i y a s i (a. ductus deferentis) (erkaklarda bo‘ladi)
kindik yoki qovuq arteriyalarining biridan boshlanib, ductus deferens va testis ga
borib tarqaladi.
5. A. u t e r i n a b a ch a d o n a r t e r i y a s i (ayollarda bo‘ladi) aksari a. iliaca
internae dan (ba‘zan kindik arteriyasidan) boshlanib, lig. uteri varaqlari orasidan o‘tib
bachadonga boradi va quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) a. vaginalis (qin arteriyasi)
qinga borib tarqaladi; b) ramus tubarius – bachadon nayi shoxchasi bachadon nayini
qon bilan ta‘minlaydi; d) ramus ovaricus – tuxumdon tarmoqchasi tuxumdonga
boradi; e) bachadonga boradigan shoxcha bachadonda tarqaladi. Bu arteriya tuqqan
ayollarning bachadonida spiralsimon burmalar hosil qilib joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |