bo‘lib, qattiq tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Fibroz qavat seroz xaltasini bir xil
o‘ramay, balki ba‘zi joylarda qalinroq bo‘ladi. Shuning uchun bu parda yaltiroq
adventitsiyasiga davom etsa, oldingi tomonda to‘sh suyagining ichki Yuzasiga
V i s s e r a l v a r a q – lamina visseralis (epicardium) pericardi serosi Yurak
(bo‘lmachalarining juda kichik qismlaridan tashqari) va yirik qon tomirlarning
Yurakka yaqin turgan qismlarini qoplaydi hamda p a r i e t a l v a r a q – lamina
parietalis pericardii serosi ga o‘tib ketadi. Bu varaq seroz xaltani ichki tomondan
mahkam berkitib, Yurak xaltasi bo‘shlig‗i (seroz bo‘shliq – cavitas pericardialis) ni
hosil qiladi. Bu bo‘shliqda Yurakdan tashqari, 20 sm3 gacha seroz suYuqlik ham
bo‘ladi. Yurakning seroz pardasi tuzilishi jihatidan boshqa seroz pardalar (plevra,
qorin parda)dan ba‘zi belgilari bilan farq qiladi: epikard juda Yupqa biriktiruvchi
to‘qimadan tuzilgan; erkin Yuzasi mezoteliy bilan qoplangan va tiniq bo‘ladi.
Shuning uchun epikard qavatidan yog‗ kletchatkasi, qon tomirlar va nervlar ko‘rinib
424
turadi. Chaqaloqlarda yog‗ qavati bo‘lmaganligidan qon tomirlar va nervlar ravshan
ko‘rinadi.
Pericardium asosi past tomonga qaragan konus shaklida bo‘lib, uning pars
sternocostalis, pars diaphragmatica va pars mediastnalis qismlari tafovut qilinadi.
1. Pars diaphragmatica pericardii – diafragma pay markazining o‘rta va oldingi
muskul bo‘lagi Yuzasiga yopishib turadi. Pericardium ning ana shu bo‘lagi orqada
pars mediastinalis ga, oldinda pars sternocostalis ga o‘tib ketadi.
2. Pars sternocostalis chap tomondagi V qovurg‗a tog‗ayi, IV–V qovurg‗a
oraliqlari va to‘sh suyagi pastki qismining orqasida yotadi. Perikardning ana shu joyi
plevra bilan qoplanmay, to‘sh suyagining ichki Yuzasiga va IV–V qovurg‗aaro
kamgaklarga bevosita taqalib turadi («Plevra xaltalarining chegaralari»ga qaralsin).
Perikardning ana shu qismi Ko‗krak jarrohligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, plevra
bo‘shlig‗ini kesib ochmasdan Yurak xaltasi bo‘shlig‗iga kirish yoki ukol qilib, liquor
pericardii suYuqlig‗ini olish mumkin. Pericardium ustki bo‘lagining oldingi qismi
Yoshlarda ayrisimon bez bilan, o‘rta yashar odamlarda esa yog‗ kletchatkasi bilan
yopilib turadi.
3. Pars mediastinalis ikkala Yon va qisman oldingi tomondan pleura
mediastinalis ning pleura pericardiaca bo‘lagiga Yumshoq biriktiruvchi to‘qima
vositasida yopishib turadi. Yurak xaltasining bu qismi boshqa bo‘laklardan
birmuncha katta bo‘lib, orqa tomonda mediastinum posterior (orqa ko‘ks oralig‗i
a‘zolari – qizilo‘ngach va pastga o‘tuvchi aorta)ga tegib turadi. Epikard perikardga
tomirlar orqali o‘tayotganda ularni bir xilda o‘ramaydi. Kavak va o‘pka venalari
seroz parda bilan qisman, aorta va o‘pka arteriyalari esa yaxlit o‘raladi. Natijada
seroz parda (Yuqori va chap tomon-dan) chap o‘pka venasi bilan pastki kavak vena
(o‘ng va past tomondan) o‘rtasida bo‘sh kamgak – sinus obliquus pericardii ni hosil
qiladi.
Ko‘ndalang yoriq shaklidagi bo‘sh kamgak – sinus transversus pericardii esa
aorta va o‘pka poyasi (oldingi tomondan) bilan Yuqori kavak vena hamda
bo‘lmachalar (orqa tomondan) orasida hosil bo‘ladi. Yurak xaltasi Yurakni boshqa
hamma bo‘shliqlardan ajratib turadi va uning normal ishlashi uchun imkoniyat
tug‗diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: