Yurakning limfa tomirlari Yuza va chuqur joylashgan tomirlardan iborat. Yuza
limfa tomirlari epikard ostida, chuqur limfa tomirlari esa endokard ostida
(miokardda) to‘r hosil qilib o‘rnashgan. Har ikkala limfa to‘ri o‘zaro tutashadi.
Epikard ostida joylashgan Yuza limfa tomirlarida ikkita katta (o‘ng va chap) limfa
poyasi hosil bo‘ladi. Chap limfa poyasi Yurakning chap yarmidan limfani to‘plab,
o‘pka arteriyasining orqa tomoniga o‘tadi va aorta ravog‗ining orqasida joylashgan
nodus lymphaticus mediastinalis posterior ga borib quyiladi. O‘ng limfa poyasi
Yurakning o‘ng yarmidan limfa to‘plab sulcus coronarius bo‘ylab harakatlanadi va
aorta ascendens ning oldingi Yuzasidan ko‘tarilib, aorta ravog‗ining old Yuzasida
joylashgan nodus lymphaticus mediastinalis anterior ga borib quyiladi. Ikkita limfa
poyasidan tashqari, epikard ostidagi kletchatkada mayda limfa tugunchalari ham
423
YURAK NERVLARI
Yurakni muskul qavatida joylashgan o‘tkazuvchi sistemadan tashqari, to‘rtta
nerv innervatsiya qiladi. Bu nervlar I.P. Pavlovning yozishicha, Yurak ishini
sekinlashtiradigan, tezlashtiradigan, susaytiradigan va kuchaytiradigan nervlar bo‘lib,
n. vagus va n. sympathicus ning tarkibiga kiradi. Yurakka boradigan simpatik nerv
tolalari bo‘yindagi uchta simpatik tugundan: 1) n. cardiacus cervicalis superior
ganglion cervicale superior dan; 2) n. cardiacus cervicalis medius ganglion cervicale
mediumdan va 3) n. cardiacus inferior ganglion cervicothoracicum dan boshlanadi.
Biroq Yurak nervlarining soni bo‘yin simpatik tugunlarining soniga qarab o‘zgarib
turadi, masalan, bo‘yin simpatik tuguni ikkita bo‘lsa, ikkita, to‘rtta bo‘lsa, to‘rtta
Yurak nervi chiqadi.
N. vagus dan Yurakka quyidagi tolalar boradi: 1) rami cardiaci superiores–n.
vagus ning bo‘yin qismidan va 2) rami cardiaci inferiores – n. laryngeus-recurrens
vagi dan boshlanadi.
Yurakni innervatsiya qilishda ishtirok etadigan hamma nerv tolalari Yuza va
chuqur joylashgan chigallarni hosil qiladi:
a) Yuza joylashgan nerv chigali – plexus cardiacus superficialis aorta
ravog‗ining pastki tomoni bilan a. pulmonalis ning ikki tarmoqqa bo‘lingan qismi
orasida yotadi.
b) chuqur joylashgan nerv chigali – plexus cardiacus profundus aorta ravog‗i
bilan traxeyaning ikki tarmoqqa bo‘lingan qismi orasida joylashadi.
Yurak Yuza va chuqur nerv chigallarining bir qismi miokard bilan epikard
orasiga tarqalsa, ikkinchi qismi Yurak arteriyalarining devori orqali plexus coronarius
dexter et sinister bo‘ylab davom etadi. Miokard bilan epikard orasidagi nerv
chigallari muskul qavatida to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan ganglioz hujayralar va
tugunlarda tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: