xizmatchilari muayyan bilimga ega bo’lgan, arab va fors tilini puxta bilgan
Har bir shaharda shahar boshlig’i – rais ma’muriyati mavjud bo’lgan.
Davlatda islom dinining ta’siri g’oyatda katta bo’lganligidan, oliy diniy
O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari
etishtirish, bog’dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta etishtirish ancha
kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etiladi.
sifatli, tilla rang «zandanachi» deb nom olgan bo’z to’qish (u chetga ham
chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vador qishlog’ida sarg’ish tusli chiroyli
yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Bu erdagi to’qilgan matodan mamlkatning oliy amaldorlari ham kiyim tiktirishda
foydalanganlar.
Shaharlarda ko’plab hunarmandchilik korxonalari, o’nlab karvonsaroylar,
bozor rastalari mavjud bo’lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar maqomiga
ega bo’lish uchun mazkur joyda kamida 32 xil hunar-kasb turlari bo’lishi
kerakligi o’sha davr uchun xos bo’lgan.
Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob,
shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik
markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan.
Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib,
ular etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini
ta’minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa
ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash
shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush
pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda qurol-
yarog’lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek, Farg’ona vodiysi,
Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog’li hududlarida kon-ruda ishlab
chiqarishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’quvchilik va to’qimachilik (gilamlar,
poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar
ham jalb qilingan.
> Mulki sultoniy (davlat tasarrufidagi erlar)
> Mulk erlari (xususiy erlar)
> Mulki xos (oliy martabali ruxoniylar
va sayyidlar tasarrufidagi erlar)
> vaqf erlari (diniy muassasalarga
tegishli)
> jamoa erlari
Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar,
hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto
viloyatlarni ham in’om qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari iqtodorlar deb
atalgan. Iqtodorlar o’ziga in’om etilgan hududlarda yashovchi aholidan
olinadigan soliqlarning bir qismini o’ziga olish evaziga daromad olgan. Aholi
iqtodorga bug’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan.
Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto
vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa
iqtodan umrbod foydalanganlar.
Kam erli yoki ersiz aholi katta er egalaridan erlarni ijaraga olib mehnat
qilganlar. Ular barzikor-qo’shchilar deb atalardi. Barzikor ijaraga olgan erda o’z
urug’i va qo’shi bilan dehqonchilik qilsa hosilning 1/3 - 1/5 hissasini, urug’ va
qo’sh er egasi hisobidan bo’lsa hosilning 1/10 - 1/12 hissasiga ega bo’lgan.
97
Do'stlaringiz bilan baham: