5. Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar yaratildi?
7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasini daftaringizga yozib
13. O’zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi haqida so’zlab bering.
14. Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
15. GUUAM tashkiloti to’g’risida nimalarni bilasiz?
16. MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo’lib kirdi?
17. MDH muassislari tomonidan qabul qilingan Almati Deklaratsiyasida nimalar
haqida bayonot berildi?
18. MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
19. MDH faoliyatidagi salbiy va ijobiy tomonlar nimalarda o’z ifodasini topdi?
20. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida davlatlararo munosabatlarning o’rnatilishi haqida
so’zlab bering.
21. O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar haqida so’zlab
bering.
22. Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi haqida
nimalarni bilasiz?
23. Orol muammosini hal qilish yo’lida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
24. O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston bilan tuzilgan abadiy
do’stlik to’g’risidagi shartnomalarning mohiyati nima?
25. Nima sababdan MOIH Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti etib qayta tuzildi?
26. O’zbekistonning Qozig’iston bilan hamkorligi haqida so’zlab bering.
27. O’zbekiston va Turkiya aloqalari haqida so’zlab bering.
28. O’zbekistonda Pokiston sarmoyadorlari bilan qanday qo’shma korxonalar barpo
etilgan?
29. O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat yozing.
30. O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?
31. O’zbekiston bilan Koreya Respublikasi o’rtasida qanday sohalarda hamkorlik
qilinmoqda?
32. O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalar nimalarda o’z
ifodasini topmoqda?
33. O’zbekiston bilan AQSh o’rtasidagi hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?
34. O’zbekistonning Evropa mamlakatlari hamkorlik aloqalari haqida so’zlab bering.
35. Siz yashayotgan viloyat, shahar va tumanda chet el sarmoyalari ishtirokida qanday
qo’shma korxonalar tuzilgan? Ular faoliyatini o’rganing va referat yozing.
389
XOTIMA
Aziz talaba, Siz mazkur darslikni qo’lga olib, uni mutolaa qilib, dono xalqimizning
necha ming yilliklar bilan bo’ylasha oladigan, o’ziga xos betakror tarixi, betimsol osori
atiqalari, yuksak ma’naviy qadriyatlari bilan tanishib chiqdingiz. Shubhasizki, buning
natijasida tarixiy xotirangiz, tasavvur olamingiz yanada boyidi, aqlu zehningiz, shuuringiz
tag’inda charxlandi. Eng muhimi, Siz ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob
bisotlar, tarixiy merosni o’rganish barobarida o’zligingizni tanish, kimlarning qonuniy
vorislari, davomchilari ekanligingizni yana bir bor anglab etishga musharraf bo’ldingiz.
Shu o’rinda muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa
o’zlikni anglash mumkin emas», degan donishmandona so’zlari beixtiyor yodga keladi.
Ha, haqqoniy tarix tom ma’noda bilimlar manbai, ma’naviyat negizi, qolaversa, chinakam
tarbiya maktabidir.
Ne baxtki, milliy mutaqillikka erishganimiz tufayli ona tariximiz to’g’risidagi chin
haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to’sib kelgan g’uborlar, «oq» va «qora» dog’lar
butkul supirib tashlandi. Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi,
ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka daxldor o’lmas
merosi yangidan to’la kuch bilan namoyon bo’ldi.
Qo’lingizdagi ushbu darslik ham milliy istiqlol sharofati bilan tug’ilgan bebaho
imkoniyatdan foydalanib, Vatan tarixiga yangicha tamoyillar nuqtai nazaridan
yondashilib, asrlar silsilasini xolis, haqqoniy va ilmiy asosda o’rganilib yaratilgandir. Siz
uning sahifalarini qunt bilan o’rganib, bu azim yurt bag’rida uzoq davrlar davomida yuz
bergan xilma-xil tarixiy jarayonlarni, voqea, hodisalarni ko’z o’ngingizdan birma-bir
o’tkazdingiz hamda ularning nechog’lik murakkab, ziddiyatli kechganligiga guvoh
bo’ldingiz. Ayni chog’da ne-ne ulug’ tarixiy siymolarimizning o’z kindik qonlari
to’kilgan shu muqaddas yurt uchun, uning erki, ozodligi, hurligi va mustaqilligi uchun
fidoyilik bilan kurashganligiga, o’z ongli hayoti, faoliyatini shu oliyjanob maqsadlarga
baxshida etganligiga amin bo’ldingiz. Boshqa bir o’rinda esa buyuk
bobokalonlarimizning boy ilmiy, madaniy meros yaratib, yurt dovrug’ini dunyoga
ma’lumu mashhur etganligini anglab, o’zingizda faxru iftixor tuyg’usini his qildingiz.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov Amir Temur siymosi haqida to’xtalib «Amir
Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g’ururimiz», deb bejiz aytmaganligining boisi ham
mana shundan.
Xullas, o’z tarixini puxta bilish, undan yaxshi xabardor bo’lish, navqiron
avlodimizning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havodek zarurdir. Negaki,
u Sizni shu muborak Vatanni farzand yanglig’ sevish, uning har bir siqim tuprog’ini
ko’zga to’tiyo etish, ona yurt xizmatiga kamarbasta bo’lish, uning sarhadlarini har qanday
yovuz kuchlardan, g’animlardan himoyalash, kerak bo’lsa aziz jonni ham fido qilishga
chorlaydi. Bunda ulug’ ajdodlarimizning ibrati, jasorati Sizga ruhiy madadkor bo’ladi.
Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o’rganish orqaligina milliy istiqloldek
bebaho ne’matning qadrini yanada teran tushunamiz. Va, u bizning qo’limizga osonlik
bilan kelmaganligiga, unga erishish yo’li og’ir, mashaqqatli kechganligiga, bu borada
mislsiz qurbonlar berilganligiga jonli guvoh bo’lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini
390
avaylab asrash, uni non kabi, jon kabi ulug’lash, bugina emas, uni mustahkamlash va
kuchaytirish borasida doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlik har birimizning jonajon ishimiz,
fuqarolik burchimiz bo’lmog’i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o’g’il-qizlarimiz, buni
hamisha yodingizda tutmog’ingiz kerak bo’ladi.
391